"kompyuter tashkil etilishi"


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/50
Sana25.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1654843
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
Kompyuter tashkil etilishi

(b) 80486 protsessorlari   
80486 (yoki 486) protsessolarining yaratilishi kompyuterlar 
tezligining ortishida keyingi bosqich bo‘ldi. 486 protsessorida 386 ga 
qaraganda samaradorlikning ikki marta ortishiga,kiritilgan qator yangiliklar 
sabab bo‘ldi.
Buyruqlarning bajarilish vaqtini kamaytirish. 486 protsessorida o‘rtacha 
bitta buyruq 2 taktda, 386 da esa 4,5 taktda bajariladi. birinchi bosqichli 
ichki qurilgan kesh –xotira. 
Ichki qurilgan kesh –xotira 90–95% tushish koeffistientini ta’minlaydi.
Qo‘shimcha keshdan foydalanish esa, bu koeffitsientni yanada orttiradi.
Xotiraning qisqartirilgan sikllari (burst mode). Standart 32-razryadli 
xotira almashuvi 2taktda ro‘y beradi. Standart 32-razryadli xotira 
almashuvidan so‘ng,har biriga 2 taktning o‘rniga 1 taktdan ketirib
martagacha xotira almashishini amalga oshirish mumkin. Natijada 
ma’lumotlarning 16 ketma –ket bayti 8 baytning o‘rniga 5 taktda uzatiladi. 


78
8 yoki 16-razryadli xotira almashishida yutuq bundan ham kattaroq bo‘lishi 
mumkin.
Ba’zi rusumlarda Ichiga qurilgan (sinxron)soprotsessor.
Soprotsessor asosiy protsessor ishlaydigan takt chastotasida 
ishlaydi,shuning uchun matematik operatsiyalarni bajarishga kam sikl sarf 
qiladi. Ichki soprotsessorning samaradorligi tashqi bilan taqqoslaganda 2-3 
marta yo‘qori. 486 prorsessorining tezligi 386 ga qarganda ikki marta katta, 
ya’ni 20 MGts dagi 486SХ protsessorning samaradorligi 40 MGts dagi 386 
DX protsessorinikiga teng. Quyi chastotali 486 protsessori yo‘qori tezlikka 
ega bo‘lishi bilan birga, yana bir ustunligi mavjud: uni unumdorligi yanada 
yo‘qori bo‘lgan DX2 yoki DX4 lar bilan almashtirish mumkin. Bundan 486 
protsessori nima uchun 386 ni siqib chiqarganligini tushunarlidir. Tezligi 
yo‘qori bo‘lgan Pentium protsesori chiqishi bilan, Intel firmasi 486 sinfiga 
tegishli bo‘lgan protsessorlar narxini tushira boshladi. 486 protsessorining 
ko‘plab modifikatsiyalari ishlab chiqildi. Bularga soprotsessorli, 
soprotsessorsiz, 16 dan 120 MGtsgacha takt chastotali, energiya ta‘minotini 
pasaytiruvchi qurilmali, 3,3 V kuchlanishli protsessor (energiya ta’minotini 
yanada kamaytirar edi) va boshqalar kirar edi. 1989 yili birinchi 486DX 
mikrosxema ishlab chiqilgan vaqt oralig‘ida , bunday protsessorlarning 
butun sinfi yaratildi. Ular bir-biriga juda o/xshash bo‘lib , turli tezlik va 
chiqishlar ajratmasiga ega edi. Ularni tuzilmali bajarilishi va takt chastotasi 
bilan farq qiluvchi, quyidagi bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
➢ 486SХ soprotsessorsiz;
➢ 486DХ soprotsessorli;
➢ 486DХ2 ukkulangan tezlikdagi (OverDrive) va soprotsessorli;
➢ 486DX4 uchlangan tezlikdagi va soprotsessorli;
Maksimal chastotali protsessor kichik chastotalarda ham ishlay 
oladi.Masalan, 100 MGts takt chastotali 486DX4 protsessori ishchi 
chastotasi 25 MGts li tizimli plata tarkibida 75 MGts da ishlay oladi. 


79
DX2/OverDrive protsessorlarida ichki amallar, tizimli plataning ishchi 
chastotasidan ikki marta ortiq bo‘lgan chastota bilan bajariladi. DХ4 
protsessorida esa bu koeffitsient 2, 2,5 yoki 3 ga teng bo‘lishi mumkin. 486 
protsessori tezligi yo‘qligi bilangina emas, chiqishlar ajratmasi bilan ham 
farq qiladi. Ularning DХ, DХ2 va SХ turlari bir hil 168 korpuslarda, 
OverDrive mikrosxemalari yoki 168 kontaktli, yoki 169 kontaktli 
modifikatsiyalangan variantda chiqarilmoqda.
Shu vaqtgacha alohida mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab 
chiqarilayotgan kesh-nazoratchi, kesh-xotira va soprotsessor kabi 
qurilmalari protsessorning tarkibiga kiritilishi, 486 protsessorining yo‘qori 
unumdorligiga sabab bo‘ldi.Yana bir hususiyati uni sodda qayta ishlash 
mumkinligidir.Ko‘p hollarda yangi protsessorni o‘rnatish orqali 
kompyuterning unumdorligini ikki marta orttirish mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling