"kompyuter tashkil etilishi"
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tashkil etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruqlarning bajarilish vaqtini kamaytirish. 486
- Ba’zi rusumlarda Ichiga qurilgan (sinxron)soprotsessor
(b) 80486 protsessorlari
80486 (yoki 486) protsessolarining yaratilishi kompyuterlar tezligining ortishida keyingi bosqich bo‘ldi. 486 protsessorida 386 ga qaraganda samaradorlikning ikki marta ortishiga,kiritilgan qator yangiliklar sabab bo‘ldi. Buyruqlarning bajarilish vaqtini kamaytirish. 486 protsessorida o‘rtacha bitta buyruq 2 taktda, 386 da esa 4,5 taktda bajariladi. birinchi bosqichli ichki qurilgan kesh –xotira. Ichki qurilgan kesh –xotira 90–95% tushish koeffistientini ta’minlaydi. Qo‘shimcha keshdan foydalanish esa, bu koeffitsientni yanada orttiradi. Xotiraning qisqartirilgan sikllari (burst mode). Standart 32-razryadli xotira almashuvi 2taktda ro‘y beradi. Standart 32-razryadli xotira almashuvidan so‘ng,har biriga 2 taktning o‘rniga 1 taktdan ketirib 3 martagacha xotira almashishini amalga oshirish mumkin. Natijada ma’lumotlarning 16 ketma –ket bayti 8 baytning o‘rniga 5 taktda uzatiladi. 78 8 yoki 16-razryadli xotira almashishida yutuq bundan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi rusumlarda Ichiga qurilgan (sinxron)soprotsessor. Soprotsessor asosiy protsessor ishlaydigan takt chastotasida ishlaydi,shuning uchun matematik operatsiyalarni bajarishga kam sikl sarf qiladi. Ichki soprotsessorning samaradorligi tashqi bilan taqqoslaganda 2-3 marta yo‘qori. 486 prorsessorining tezligi 386 ga qarganda ikki marta katta, ya’ni 20 MGts dagi 486SХ protsessorning samaradorligi 40 MGts dagi 386 DX protsessorinikiga teng. Quyi chastotali 486 protsessori yo‘qori tezlikka ega bo‘lishi bilan birga, yana bir ustunligi mavjud: uni unumdorligi yanada yo‘qori bo‘lgan DX2 yoki DX4 lar bilan almashtirish mumkin. Bundan 486 protsessori nima uchun 386 ni siqib chiqarganligini tushunarlidir. Tezligi yo‘qori bo‘lgan Pentium protsesori chiqishi bilan, Intel firmasi 486 sinfiga tegishli bo‘lgan protsessorlar narxini tushira boshladi. 486 protsessorining ko‘plab modifikatsiyalari ishlab chiqildi. Bularga soprotsessorli, soprotsessorsiz, 16 dan 120 MGtsgacha takt chastotali, energiya ta‘minotini pasaytiruvchi qurilmali, 3,3 V kuchlanishli protsessor (energiya ta’minotini yanada kamaytirar edi) va boshqalar kirar edi. 1989 yili birinchi 486DX mikrosxema ishlab chiqilgan vaqt oralig‘ida , bunday protsessorlarning butun sinfi yaratildi. Ular bir-biriga juda o/xshash bo‘lib , turli tezlik va chiqishlar ajratmasiga ega edi. Ularni tuzilmali bajarilishi va takt chastotasi bilan farq qiluvchi, quyidagi bir necha guruhlarga ajratish mumkin: ➢ 486SХ soprotsessorsiz; ➢ 486DХ soprotsessorli; ➢ 486DХ2 ukkulangan tezlikdagi (OverDrive) va soprotsessorli; ➢ 486DX4 uchlangan tezlikdagi va soprotsessorli; Maksimal chastotali protsessor kichik chastotalarda ham ishlay oladi.Masalan, 100 MGts takt chastotali 486DX4 protsessori ishchi chastotasi 25 MGts li tizimli plata tarkibida 75 MGts da ishlay oladi. 79 DX2/OverDrive protsessorlarida ichki amallar, tizimli plataning ishchi chastotasidan ikki marta ortiq bo‘lgan chastota bilan bajariladi. DХ4 protsessorida esa bu koeffitsient 2, 2,5 yoki 3 ga teng bo‘lishi mumkin. 486 protsessori tezligi yo‘qligi bilangina emas, chiqishlar ajratmasi bilan ham farq qiladi. Ularning DХ, DХ2 va SХ turlari bir hil 168 korpuslarda, OverDrive mikrosxemalari yoki 168 kontaktli, yoki 169 kontaktli modifikatsiyalangan variantda chiqarilmoqda. Shu vaqtgacha alohida mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab chiqarilayotgan kesh-nazoratchi, kesh-xotira va soprotsessor kabi qurilmalari protsessorning tarkibiga kiritilishi, 486 protsessorining yo‘qori unumdorligiga sabab bo‘ldi.Yana bir hususiyati uni sodda qayta ishlash mumkinligidir.Ko‘p hollarda yangi protsessorni o‘rnatish orqali kompyuterning unumdorligini ikki marta orttirish mumkin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling