"kompyuter tashkil etilishi"


takt chastotasini markorlash  Tizimli plataning chastotalari


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/50
Sana25.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1654843
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
Kompyuter tashkil etilishi

takt chastotasini markorlash  Tizimli plataning chastotalari  
486DX2dan boshlab deyarli barcha zamonaviy protsessorlar, tizimli 
plataning takt chastotasining biror ko‘paytuvchisi bilan yig‘indisiga teng. 


69
Masalan, Celeron 600 protsessori tizimli plataning takt chastotasidan(66 
MGts) to‘qqiz marta katta bo‘lgan takt chastotasida ishlaydi, Pentium III 
1000 tizimli plataning takt chastotasidan etti yarim baravar katta bo‘lgan 
chastotada ishlaydi (133 MGts). Tizimli platalarning ko‘pchiligi 66 MGts 
takt chastotasida ishlaydi; aynan shunday chastotani 1998 yilgacha Intelning 
barcha protsessorlari qo‘llar edi va yaqinda shu firma 100 MGtsga 
mo‘ljallangan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyini va protsessorlarini 
ishlab chiqdi.
Cyrix firmasining ba’zi protsessorlari 75 MGts da ishlash uchun 
nazarda tutilgan va Pentium uchun mo‘ljallangan ko‘plab tizimli platalar 
ham shu chastotada ishlay oladi Odatda tizimli plataning takt chastotasini 
va ko‘paytuvchsini ulovchi yordamida yoki boshqa tizimli platani 
konfiguratsiyalash protseduralari orqali aniqlash mumkin (masalan, BIOS 
parametrlarini o‘natish dasturidagi mos qiymatlarni tanlash yordamida ).
1999 yil oxirlarida 133 MGtsga mo‘ljallangan tizimli platalar paydo 
bo‘la boshladi. Bu platalar Pentium III protsessorining barcha zamonaviy 
rusumlarini qo‘llar edi. Shu davrda AMD firmasi Athlon protsesorini, 
shuningdek protsessor va North Bridge mikrosxemalari majmuining bir 
qismi bilan ma’lumot uzatishning ikkilangan koeffitsientiga ega bo‘lgan 
(ya’ni 200 MGts chastotali), 100 MGtsni qo‘llaydigan tizimli platalarni 
chiqardi.
Zamonaviy kompyuterlarda, odatda tizimli platada joylashuvchi, 
o‘zgaruvchan chastota generatoridan foydalaniladi; u tizimli plata va 
protsesor uchun tayanch chastotasini vujudga keltiradi. Pentium protsessori 
tizimli platalarining aksariyatida takt chastotasining, uch yoki to‘rt 
qiymatidan bittasini o‘rnatish mumkin. Bugunga kelib, berilgan tizimli 
plataning takt chastotasiga bog‘liq holda, turli chastotalarda ishlovchi 
protsessorlarning ko‘plab talqinlari chiqarilmoqda. Masalan, aksariyat 


70
Pentium protsessorlarining tezligi tizimli plataning tezligidan bir necha 
marta oshib ketadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling