"kompyuter tashkil etilishi"
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tashkil etilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-10-Amaliy ish Mavzu: Zamonaviy Protsessorlar va ularning ishlash prinspi. Ishdan maqsad
- Nazariy qism Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar.
Nazorat savollari.
62 1. Shaxsiy kompyuterlarning qanday portlari mavjud. 2. Zamonaviy kiritish va chiqarish portlarining vazifalari qanday. 3. ATA va SATA va M2 slotlarning bir biridan farqi nimada. 63 9-10-Amaliy ish Mavzu: Zamonaviy Protsessorlar va ularning ishlash prinspi. Ishdan maqsad: Protsessorlar va ularning turlarini o‘rganish, ularning turlari bir biridan farqi ichki tuzilishi vazifalari va texnik imkoniyatlarini o‘rganish. Nazariy qism Mikroprosessorlar haqida asosiy tushunchalar. Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma; berilgan va adreslar shinasi; registrlar; buyruqlar hisoblagichi; Kesh; haqida ma’lumotlarni taxlil qilish. Mikroprosessor tarixi va uning turlarini o‘rganish. Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi, Hisoblash sistemasida bir necha parallel prosessorlar. ko‘p prosessorli haqidagi ma’lumotlar. Mikroprosessor turlari, Intel, Intel Celeron, VIA, NVIDIA, Elbrus, Philips, Hitachi, Sun, AMD Athlon kabi mikroprotsessorlar haqida ma’lumotlarni o‘rganish. Kichkinagina hajmga ega bo‘lsa-da (5x5 sm.), aytish mumkinki, u eng asosiy «yuk»ni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tanishib chiqamiz – markaziy protsessor bilan. Xo‘sh, protsessorning o‘zi nima? Avvalo shuni aytib o‘tamizki, nafaqat kompyuterlar, balki deyarli barcha elektron qurilmalar: telefonlar, zamonaviy konditsionerlardan tortib kir yuvish mashinalarigacha 64 protsessor qurilmasiga ega. Protsessor sanab o‘tilgan elektron qurilmalarning, xususan, kompyuterning «miyasi» hisoblanadi. Protsessor shunday qurilmaki, u kompyuterdagi dastur kodlarini «o‘qiydi», kompyuterning asosiy funksiyalarini aniqlab beradi va axborotlarni qayta ishlaydi. Protsessor elektron mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadi. U yaxlit bitta qismli yoki bo‘lak–bo‘lak qismlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. «Protsessor» atamasi ba'zan «mikroprotsessor» deb ham ataladi. Protsessorlar tarkibiga ko‘ra tranzistorlardan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan protsessorlar o‘z ichiga millionlab tranzistorlarni o‘z ichiga oladi. Bu tranzistorlardan elektron mantiq qurilmalari va yuqori texnologiyali boshqa elektron qurilmalar hosil qilinadi. Shaxsiy kompyuterning ichida turli xil vazifalarni bajaradigan ko‘pgina protsessorlar mavjud. Har bir qurilma – xoh videokarta bo‘lsin, tizim shinasi bo‘lsin yoki boshqasi bo‘lsin, ularning har biri o‘zining protsessoriga ega. Protsessorlar o‘zi joylashgan qurilmaning ishlashini, unga kelayotgan va u uzatayotgan axborotlarning ketma-ketligini, kelayotgan buyruqlarni nazorat qiladi. Shuningdek barcha arifmetik va mantiqiy amallarni, ya'ni hisoblashlarni amaga oshiradi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling