"kompyuter tashkil etilishi"


Quyida protsessor ishlab chiqaruvchilarning asosiylarini keltirib o‘tamiz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/50
Sana25.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1654843
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Kompyuter tashkil etilishi

Quyida protsessor ishlab chiqaruvchilarning asosiylarini keltirib o‘tamiz.  
Bugungi kunda Intel, AMD va IBM kompaniyalari protsessorlari keng 
tarqalgan. Ulardan Intel yetakchi sanaladi (dunyodagi jami protsessorlarning 
tahminan 80 foizi).
Intel quyidagi nomlar ostida protsessorlar ishlab chiqaradi: 8086, i286, i386, 
i486, Pentium, Pentium II, Pentium III, Pentium 4, Celeron (Pentium ning 
soddalashtirilgan varianti), Core 2 Quad, Core i7, Xeon (serverlar uchun 
protsessorlar seriyasi), Itanium, Atom (qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalar 
uchun protsessor) va boshqalar.
AMD protsessorlari x86 (80386 va 80486, K6 va K7 oilasi — Athlon, 
Duron, Sempron) hamda x86-64 (Athlon 64, Athlon 64 X2, Phenom, 
Opteron va boshqalar)dan iborat. IBM protsessorlari (POWER6, POWER7, 
Xenon, PowerPC) superkompyuterlarda, yettinchi avlod videoo‘yinlari, 
qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalarda qo‘llaniladi.
Protsessorlarning asosiy parametrlari.
Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p 
hollarda turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman,
protsessorlarning tezligi va, hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot 
olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning tezligi, odatda, megagerslarda 
o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi.
U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan,
kvars kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. 
Elektr kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va 


67
o‘lchami orqali aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil 
bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi.
Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar 
chastotasida ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik 
megagerslarda, ya’ni sekundiga million siklda o‘lchanadi. 1-rasmda 
sinusoydali signalning grafigi ko‘rsatilgan
3-rasm.Takt chastotasi tushunchasining grafik tasviri
Mantiqiy qurilma sifatida protsessor uchun vaqt o‘lchamining eng kichik 
birligi takt chastotasining davri yoki oddiygina takt bo‘ladi. Har bir 
operatsiyaga minimum bitta takt sarf qilinadi. Masalan, Pentium II 
protsessori xotira bilan ma’lumot almashishi uchun uch takt va bir nechta 
kutish sikli kerak bo‘ladi (Kutish sikli, bu hech narsa sodir bo‘lmaydigan 
takt; u protsessor tezligi quyi bo‘lgan kompyuterning boshqa tugunlaridan 
oldin “yugurib ketmasligi uchun ” zarurdir).
Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 
8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt 
chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta 
operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida, 486 da esa 2 taktgacha kamayadi.
Pentium protsessorida ikkita parallel konveyer va boshqa turli 
usullardan qo‘llanish, o‘rta statistik buyruqning bajarilish vaqtini 1 taktgacha 
qisqartirish umkonini tug‘dirdi. Pentium Pro, Pentium II/III, Celeron va 
Xeon, shuningdek Athlon/Duron protsessorlarida bir taktda eng kami bilan 
uchta buyruq bajariladi. Buyruqlarning bajarilishi zarur bo‘lgan, taktlarning 


68
turli miqdori, kompyuterlarning samaradorligini ularning takt chastotasiga ( 
ya’ni sekundiga taktlarning soni) asoslanib taqqoslashni mushkullashtiradi. 
Nima uchun bir xil takt chastotasida protsessorlardan bittasi boshqasidan 
tezroq ishlaydi? Sababi, uning unumdorligi 486 protsessori bilan 
taqqoslaganda yo‘qori tezlikka ega, chunki buyruqni bajarish uchun unga 
386 ga qaraganda o‘rtacha ikki marta kam takt talab qilinadi. Pentium 
protsessori uchun esa 486 ga qaraganda ikki marta kam bo‘lgan takt zarur 
bo‘ladi .Shunday qilib, 133 MGts (AMD 5x86-133 tipdagi) takt chastotali 
486 protsessori, 75 MGts takt chastotali Pentiumga qaraganda sekinroq 
ishlaydi! Pentium bir turdagi chastotada 486ga qaraganda ikki marta ko‘p 
buyruqni bajaradi. Pentium II va Pentium III lar Pentium protsessoridan 
ular ishlayotgan chastotada taxminan 50% tezroq ishlaydi, chunki aynan shu 
miqdordagi sikl davomida ular ko‘proq buyruqlarni bajaradi.
Protsessorlarning nisbiy samaradorligini taqqoslay turib, 1 000 MGts 
takt chastotasida ishlovchi Pentium III protsessorining unumdorligi, nazariy, 
1 500 MGts chastotada ishlovchi Pentium protsessorining unumdorligiga 
teng, u esa o‘z navbatida 3 000 MGts takt chastotasida ishlovchi 486 
protsessorining unumdorligiga, u esa 6 000 MGts chastotada ishlovchi 386 
yoki 286 protsessorlarining, yoki 12000 MGts takt chastotasida ishlovchi 
8088 protsessorining unumdorligiga teng ekanligiga ishonch hosil 
qilamiz.Agar 8088 protsessorli dastlabki PC 4,77 MGts ga teng bo‘lgan takt 
chastotasida ishlaganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, hozirgi kompyuterlar 
ular bilan taqqoslaganda 1,5 mingdan tezroq ishlaydi. Shuning uchun, 
kompyuterlarning samaradorligini takt chastotasiga asoslanib taqqoslash 
mumkin emas; tizimning unumdorligiga boshqa faktorlar ham ta’sir 
ko‘rsatishini e’tiborga olish zarurdir. Protsessorning takt chastotasi va

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling