"kompyuter tashkil etilishi"


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/50
Sana25.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1654843
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
Kompyuter tashkil etilishi

80386 protsessorlari   
80386 protsessori (386) oldingi yaratilgan kompyuterlarga nisbatan 
unumdorligi g‘oyat yo‘qoriligi uchun kompyuterlar olamida haqiqiy shov- 
shuvga sabab bo‘ldi. Bu 32-razryadli protsessorining yaratuvchilari 


76
maksimal unumdorlikka va ko‘p masalali operatsion tizimlar bilan ishlash 
imkoniyatiga erishishni ko‘zlagan edilar .
Intel 386 protsessorini 1985 yili chiqardi,uning asosidagi tizimlar esa, 
masalan, Compaq Deskpro 386 va boshqalar 1986 yili oxirida 1987 yil 
boshida paydo bo‘la boshladi. Keyinroq IBM 80 rusumdagi PS/2 sinfidagi
kompyuterni chiqardi. 386 protsessori 1991 yilgacha birinchilikni ushlab 
turdi, so‘ng uni mukammalroq bo‘lgan va kundan-kunga arzonlashayotgan 
486 va Pentium protsessorlari siqib chiqara boshladi. Biroq u qimmat 
bo‘lmagan va o‘zining vaqti uchun yo‘qori unumdorli bo‘lgan portativ 
kompyuterlarda keng qo‘llanilar edi.
386 (3.26-rasm) protsessori real rejimda, 8086 va 8088 
protsessorlarining buyruqlarini taktning kam miqdorida bajara olar 
edi.Taktlarning o‘rtacha miqdori 286 niki singari 4,5 ga teng. Shunday qilib, 
386 va 286 protsessorli kompyuterlarning takt chastotalari teng bo‘lganda,
“toza ” unumdorligi ham teng bo‘ladi. Kompyuterlarni 286 protsessorning 
bazasida ishlab chiqaruvchi ko‘p firmalar ularning takt chastotasi 16 va 20 
MGts ga teng bo‘lgan tizimlarining tezligi, 386 protsessorli, huddi shunday
kompyuterlarning tezligiga tengligini tasdiqlar edilar.Va ular xaq edilar! 386 
protsessorning real unumdorligi, qo‘shimcha dasturiy imkoniyatlarni kiritish 
va 
MMU 
(MemoryManagement 
Unit) 
xotira 
dispetcherini 
mukammallashtirish hisobiga erishildi.
386 protsessori himoyalangan rejimga va real rejimga kompyuterni 
oldindan qayta yuklamasdan o‘ta oladi. Bundan tashqari,real rejimda bir-
biridan himoyalangan birdaniga bir nechta rejimlar bajariladigan virtuyal 
rejimlar (virtual real mode) bajarilishi ko‘zda tutilgan.
386 protsessorining himoyalangan rejimi 286 protsessorining 
himoyalangan rejimi bilan to‘la moslashuvchan. Uni ko‘p hollarda tabiy 
(native mode) deb ataladi,chunki ikki protsessor ham OS/2 va Windows 
NT operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Yangi MMU xotira 


77
dispetcherining ishlab chiqilishi, himoyalangan rejimda xotirani 
manzillashning qo‘shimcha imkoniyatlarini tug‘dirdi.Chunki, yangi MMU
286 protsessorining huddi shunday tuguni bazasida ishlab chiqilgan, 386
protsessorining buyruqlar tizimi 286 bilan to‘liq moslashuvchan edi. 386
protsessoridagi yangicha usul, 8086 protsessorining ishiga taqlid qiladigan, 
virtual rejim o‘rnatilishidir.
Biroq bunda DOS va boshqa operatsion tizimlarning bir nechta 
shinalari,o‘zining himoyalangan xotira qismlaridan foydalanib, bir vaqtda 
ishlay oladi.
Bir qismdagi dasturning ishlamay qolishi yoki osilib qolishi tizimning 
alohida bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishdan chiqqan nusxani qayta 
yuklash mumkin .386 protsessorning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular 
samaradorligi bilan, iste’mol qiladigan quvvati va boshqa parametrlari bilan 
bir-biridan farq qiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling