Kompyuter xotirasining tashkil qilinishi


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1356537
  1   2   3   4
Bog'liq
Xotira


8 - Ma’ruza
Kompyuter xotirasining tashkil qilinishi. Kompyuter xotirasining tashkil qilinishi. Xotirani boshqarishning eng oddiy usullari. Sahifali, segmentli va segment- sahifali usullar.
Xotira ierarxiyasini boshqaradigan operatsion tizimning qismi xotira menejeri (MMU-memory management unit) deb ataladi.
Xotira menejeri va xotirani taqsimlash sxemalarining to‘rtta turi mavjud: bir foydalanuvchili tizimlar, belgilangan qismlar, dinamik qismlar va ko‘chiriladigan dinamik qismlar. Hozirgi kundagi zamonaviy operatsion tizimlarda virtual xotira tushunchasi mavjud.
Xotira – bu ko‘p dasturli operatsion tizim tomonidan ehtiyotkorlik bilan aniq boshqarishni talab qiladigan muhim resursdir.
OT uchun ishlov berishda qancha xotira mavjudligi va u qanday optimallashtirilganligi muhimdir.
Kompyuterning xotira qurilmasi ikki xil turga: asosiy (bosh xotira, tezkor xotira, fizik xotira) va ikkilamchi (doimiy xotira, ichki xotira) xotiraga bo‘linadi.
  • bo‘sh va band xotirani kuzatish;
  • jarayonlarga xotirani taqsimlash va jarayonlar tugaganda xotirani bo‘shatish;
  • asosiy xotira yetarli bo‘lmaganda jarayon kodlari va ma’lumotlarini operativ xotiradan diskka ko‘chirish, va bo‘sh joy paydo bo‘lganda ularni RAM ga qaytarish;
  • fizik xotiraning ma’lum bir sohasiga dastur manzillarini o‘rnatish;
  • xotirani himoya qilish - taqsimlangan xotiraga ma’lumotlarni yozishni yoki u yerdan o‘qishni taqiqlash;
  • xotirani defragmentlash.

Multidasturli tizimda xotirani boshqarish uchun OT funksiyalari quyidagilardan iborat:
Foydalanuvchi tomonidan dasturni algoritmik tilda yoki assemblerda yozishda belgilanadi.
Belgili nomlar
Virtual manzillar
Fizik manzillar
Translyator
O‘zgaruvchilar va buyruqlar joylashgan yoki joylashishi kerak bo‘lgan fizik xotira yacheykalari raqamlariga mos keladi.
Dasturni mashina tiliga o’tkazuvchi translyator tomonidan yaratiladi. Dastur tezkor xotiraning qayeriga yuklanishi umuman ma’lum emas, chunki translyator odatda o‘zgaruvchilar va buyruqlarga shartli virtual manzillarni tayinlaydi, odatda dasturning boshlang‘ich manzili nol manzili bo‘ladi.
O‘zgaruvchilar va buyruqlarni aniqlash uchun dastur hayot siklining turli bosqichida belgili nomlar, virtual va fizik manzillar ishlatiladi
Barcha jarayonlar uchun mumkin bo‘lgan virtual maydon manzillari diapazoni bir xil. Masalan, 32-razryadli virtual manzillardan foydalanganda, bu oraliq 0000000016 va FFFFFFFF16 chegaralari bilan belgilanadi. Dastur tomonidan yaratilgan barcha virtual manzillarning to‘plami virtual manzil maydoni deb nomlanadi. Ushbu virtual manzillarga mos keladigan barcha fizik manzillarning to‘plami fizik manzillar maydoni deb nomlanadi. Virtualdan fizik manzilgacha ish vaqtini xaritalash, qurilma vositasi bo‘lgan xotirani boshqarish bloki (MMU- memory management unit) tomonidan amalga oshiriladi.
Virtual manzil maydoni umimiy (tizimli) qismi
8000 0000 – FFFF FFFF
Virtual manzil maydoni individual (foydalanuvchi, 2 Gbaytli) qismi
0000 0000 – 7FFF FFFF

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling