Kompyuter va uning axborot ta’minoti
Download 1.35 Mb.
|
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Telekommunikatsion aloqa vositalari
- Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari.
Kommunikatsion jarayoni – bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayonining asosiy vazifasi – almashish predmet i bo‘lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kan al (axborotni uzatish vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan hamohang ishlashi, axbo rot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak. Axborot almashinuv jarayonida har ikki tomon (jo‘natuvchi va qabul qiluvc hi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga topshiriq bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Axborot almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga topshiriqni qanday tushungani haqida xabar berishi, rahbar esa undan nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning o‘zi qanday qo‘yilis hi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim ahamiyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisoblanadi. Shuning uchun kommunikatsiya jarayoniga juda katta e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda eng muhim komm unikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tilishi kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Xalqaro amaliyot iqtisodni kompyuterlar yordamida boshqarishni afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha axborotlar tez tayyorlanadi va tarqatiladi.
Kommunikatsiya – signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisoblanishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yuboruvchi)signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foydalanadi. 2. Telekommunikatsion aloqa vositalari Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uzatishda kabel simlari aloqa vositalaridan foydalanadi. Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uning tarkibiy qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Insonlar o‘zaro yuzma-yuz gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzatadilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir ozdan so‘ng esa qabul qiluvchi bo‘lishi ham mumkin. Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, yoki ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommunikatsiyaning oddiy ko‘rinishidir. Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar – bu biz qo‘llaydigan so‘zlar, biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali chiqishi uchun esa ikkala tomon ham yuboruvchi va qabul qiluvchi signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. 82- rasm. Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling