Kompyuter va uning axborot ta’minoti


Download 1.35 Mb.
bet41/41
Sana16.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1273203
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Kompyuter va uning axborot ta’minoti

Ekspert tizimlar - bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash tizimlaridir.
ETlarga maslahat berish, analiz qilish, konsulptasiya berish, diagnoz qo’yishdek nozik masalalar yuklatilgan.
ETlarni sanoat korxonalarida qo’llash ish unumini va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
Bilimlarni to’plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng katta yutui hisoblanadi. Insonlardan farq qilib, ETlar har qanday axborotlarga nisbatan oboyektiv bo’lishadi, bu esa o’tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko’p bilimlarni talab qilib ishlanayotgan masalalarda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.
ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu eng avvalo foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab ko’yilishini bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psihologik tartibda, yaoni bilimlar bazasini yaratishda ekspert “mashina meni o’rnimni egallashi mumkin” degan asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo’lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo’rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga ega emasdir, bu esa ularni bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko’rsatadi. Oxirgi vaqtlarda o’z- o’zini o’qitib, bilim olish imkoniyatiga ega bo’lgan tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
ET lar bilimlar bazasi (tizimning faktlarni o’zida saqlovchi bo’limi), chiqish osttizimsi (masalani yechish uchun qo’llaniladigan qoidalar), tushuntirish, bilim olish osttizimsi va dialogik prosessordan iborat.

Bu tizimda maqsadga erishish uchun qoidalar, faktlar, chiqarish mexanizmi va ixchamlashlardan foydalaniladi. Bir qarashda, butun narsalarni o’z ichiga oluvchi sunoiy intellekt tizimini yaratish mumkinga o’xshaydi. Bu, aslida mumkin emas. Umuman, masalalarni yechish uchun, cheksiz fakt va qoidalar kerak bo’ladi. Agar, shunday tizim yaratilgan taqdirda ham uni bilimlar bilan to’ldirishga uzoq vaqt talab etilgan bo’lar edi. Lekin, shu paytgacha mana shunday informasiyalarni o’zaro saqlovchi E’Mlar mavjud emas, shuning uchun, vaqtincha masalani muhim muammoli qismini ko’rish bilan chegaralanamiz.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling