Kompyuter va uning axborot ta’minoti


Raqobat va iqtisodiyot dinamikasi


Download 1.35 Mb.
bet38/41
Sana16.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1273203
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Kompyuter va uning axborot ta’minoti

Raqobat va iqtisodiyot dinamikasi.Tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot davrida yangicha texnologiyani hayotga tadbiq etish, yangi turdagi mahsulot va xizmat yaratishga e’tibor qaratish muhim omil sanaladi. Mazkur omilning korxona va tashkilotning har bir ishchisi sharoitiga to‘g‘ri kelishi holati bilan uzviy bog‘liqligi mavjud.
Bular quyidagilardir:

    • ishchining qobiliyat darajasi;

    • mehnatga layoqatli aholining tadbirkorlikda ishtirok etish miqdori;

    • harakatdagi mablag‘ hajmi.

Elektron tijorat tizimining joriy etilishi va takomillashib borishi o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchi, uni yetkazib beruvchi va iste’molchi va xaridorga (buyurtmachiga) yangi imkoniyatlar yaratadi:
Elektron tijoratning rivojlanish omillari
Boshlang‘ich iqtisodiy o‘sish, yuqori texnikaviy yangilikka intilish xaridorning katta ehtiyoji bilan bevosita bog‘liq. Elektron tijoratni yuzaga kelishi va boshlang‘ich talab va ehtiyojni qondirilishi bilan bir vaqtda ilk noxush holatlar yuzaga kela boshladi. Bunga asosiy sababi, xizmat ko‘rsatish sifatining mos kelmasligi hamda infrastruktura tizimining past darajadaligi bilan bog‘liq.
O‘zaro hisob–kitob va mahsulotni yetkazib berish infrastrukturasi hanuz yetarli darajada taraqqiy etmagan. Savdo ishtirokchilari samarali to‘lov tizimini yaratishga e’tibor qaratib, mahsulot yetkazib beruvchiga rivojlangan omborxona va transport tizimini taklif etdi. Yaratilayotgan har qanday imkoniyat va sharoit savdo ishtirokchilari bo‘lmish mahsulot ishlab chiqrauvchi va xaridor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishi, mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida raqobatni yuzaga keltiradi.


ELEKTRON HUKUMAT TIZIMIDA ISHLASH IMKONIYATLARI VA ASOSIY VAZIFALARI
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.
Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi.
Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - « Electronic Government » so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta’lluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.
Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling