Kompyuterga tobelik va salomatlik


Download 18.04 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi18.04 Kb.
#1368287
  1   2
Bog'liq
5-dars


5-Mavzu: “Kompyuterga tobelik va salomatlik”.



Maqsad

Zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida axborot berish orqali ularning oldini olish.

Vazifalar

  • Kompyuter va mobil telefonlarni maqsadli ishlatishga yo‘naltirish.

Umumiy vaqt

2 soat

Usullar

Taqdimot, kichik ma’ruza, aqliy hujum, munozara, rolli o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, psixologik mashq va o‘yinlar.

Zarur materiallar

Flipchart, rangli markerlar.

Dori va zahar – mohiyati bir, biroq barchasi uning miqdoriga bog‘liq.
Parasels
Mashg‘ulotning borishi. Kirish.
Videorolik namoyishi: Zararli odatlar, kompyuterga tobelikning zararli oqibatlari va salomatlikka ta’siri

Kompyuterlar bugungi kun kishisining hayotiga muntazam kirib bormoqda. Bugungi kunda insonni ishda, maktabda, uyda, mashinada doimiy holda kompyuter bilan o‘zaro ta’sir holatida ko‘rish odat tusiga kirib qoldi. Kompyuter nafaqat kattalarning, balki bolalarning ham hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Kattalarning aksariyati bolaning uyda kompyuter oldida o‘tirgani yaxshi, bu bilan bola kompyuterga erkin holda va muntazam ravishda kirishi mumkin bo‘ladi deb hisoblashadi.


Psixologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuter o‘yinlarini o‘ynaydigan 10-15% kishilar ularga tobe bo‘lib qolishar ekan. Tobelik asosida esa rohatlanishga nisbatan ehtiyoj yotadi. Mazkur tobelik har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin, biroq u o‘smirlarda o‘ta ta’sirli bo‘ladi.
“Kompyuterga tobelik” tushunchasi 1990 yilda paydo bo‘ldi. Mutaxassislar tobelikning bunday turini o‘ziga xos “emosional narkomaniya”ga taalluqli deb hisoblashadi. Kompyuterga tobelik og‘ishgan xulq-atvor turlaridan biri hisoblanadi va u o‘zining emosional ruhiy kayfiyatini o‘zgartirish usuli yordamida kundalik tashvishlardan qochishga intilish holati bilan fe’l-atvorlanadi. Bunday paytlarda insonning psixikasi tormozlanadi, individual shaxsiy rivojlanishi to‘xtaydi.
Bugungi kunda kompyuterga tobelik paydo bo‘lishining ikkita asosiy psixologik mexanizmi farqlanadi: voqelikdan uzoqlashish va o‘zganing rolini qabul qilish ehtiyoji. Ular odatda bir vaqtning o‘zida ishlaydilar, biroq tobelikning shakllanishiga ta’sir kuchi bo‘yicha biri ikkinchisidan oldinlab ketishi mumkin. Ikkala mexanizm ham salbiy hayotiy kechinmalarni kompensasiya qilish jarayoniga asoslanadi, ya’ni agar inson o‘z hayotidan to‘liq mamnun bo‘lsa, hal qilinmas psixologik muammolari mavjud bo‘lmasa va o‘z hayotini baxtli hamda samarali deb hisoblasa, mazkur mexanizmlarning ta’siri kuzatilmaydi.
Kompyuter kasalligi – bu sekin-asta shakllanadigan kasallikdir. Agar virtual olamga kirib qolgan kishini 2 soat yoki undan ko‘proq muddatga kompyuterdan uzoqlashtirilsa, u ichmasa turolmaydigan alkogolikka o‘xshab o‘zida abstinent sindromni his etadi. Kompyuterga tobelik bilan igromaniyaning ildizlari bir xil. Har qanday kishining miyasida rohatlanish markazi mavjud. Laboratoriya sharoitida o‘rganilayotgan hayvonlarda mazkur markaz muntazam qo‘zg‘atib turilsa, ular olamdagi barcha narsizi unutar ekan. Laboratoriya sharoitida o‘rganilayotgan hayvonlar rohatni tanlagan holda ovqat iste’mol qilishdan voz kechishi natijasida ochlikdan o‘lib ham qolishadi.
- taqlid, do‘stlariga taqlid qilib, hayotdan yuz o‘girishi.
Kompyuterga tobelikning asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz:

  • ishdan yoki kompyuterdan uzoqlashadigan bo‘lsa, tajovuzkorona kayfiyat paydo bo‘ladi, iltimoslarga e’tibor ham bermaydi;

  • agar kompyuter oldida odatdagidan kamroq o‘tiradigan bo‘lsa, o‘zini ezilgan his etadi;

ishda yoki o‘qishda muammolar paydo bo‘ladi;

Download 18.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling