Kompyuteringizda qiyinchilik tug’ildimi


Partition Magic v8.0 yordamida disk bo’laklarini qo’shishni bilib olasiz


Download 50 Kb.
bet2/2
Sana09.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1181008
1   2
Bog'liq
Kompyuteringizda qiyinchilik tug


Partition Magic v8.0 yordamida disk bo’laklarini qo’shishni bilib olasiz;
Xotiraning ta’mirtalab qismini aniqlashni va OTdan chetlashtirishni ko’rasiz;
Windows XPda disk ustida ishlashni o’rganasiz;
7-bob. Acronis True Image Home v.12.0 – Windowsni 15 daqiqada o’rnatish
Acronis True Image Home v.12.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz;
Windowsdan nusxa, ya’ni obraz yaratishni bilib olasiz;
Ma’lumotlar arxivini yaratishni o’rganasiz;
Windowsni 10 + daqiqa ichida qayta o’rnatishni ko’rasiz:
Dastlab, daqiqa ichida yuklanuvchi disk yordamida qattiq diskni formatlashni o’rganasiz;
Keyin esa, 10 daqiqa ichida Acronis True Image Home v.12.0 yordamida WindowsXPni qayta o’rnatishni ko’rasiz.

Bu videokursda o’rgatilgan metod yordamida kompyuterni qayta dasturiy ta’minlash 10-15 daqiqa ichida to’la amalga oshiriladi. Dunyoning ko’pgina kompyuter ustalari bir necha yildan buyon bu metoddan foydalanib kelmoqdalar. Men esa o’z shaxsiy tajriba va xulosalarimdan shuni aytishim mumkinki, bu metod 100% effektlidir. Birovlar, ayniqsa kompyuter sohasida etarli bilimga ega bo’lmaganlar yoki o’zlari hali bu ishni qilib ko’rmaganlar: “2 soatda kompyuterni dasturiy ta’minlash sifatli va puxta ish bo’ladimi yoki 10 daqiqadagisimi?!” – deb odamlarni chalg’itishi mumkin. Bu, albatta, kulgili holat. Аxir, bu belkurak yordamida er qazish emas-ku! Bu – texnikani dasturiy ta’minlashning eng zamonaviy usul va metodi xolos! Bu metod esa albatta o’zini oqlab kelmoqda.


Kompyuterini doim menga ta’mirlatadigan mijozlarim iltimos qilib kelishsa: “Tashlab keting va 2 soatdan so’ng aylaning, tuzatib qo’yaman” deyman. Аgar uning ko’z oldida 10 daqiqa ichida ishni qilsam, u pul bermaydi: “Iya, bo’ldimi. Nima qilding. O’zi yaxshi ishlayotgan ekanmi?! Rahmat, keyingi safar rozi qilaman” – deb, qorasini ko’rsatmaydi. Аlbatta, shunisiga ham shukr.


Men hozir bunday qilmayman. Tuzatib beraman-da, qo’liga disk berib: “Mana bu videodarslarni bo’sh vaqtingizda ko’ring. Endi bu yordamida o’zingiz ham 10 daqiqa ichida kompyuteringizga programmalarni o’rnatishingiz mumkin” – deyman. Yoki: “Kompyuterni keyingi safar boshqaga emas, yana menga olib kelsangiz, qisqa muddatda taxt qilib beraman” - deyman. Mening ustaxonam yo’q, shunchaki tanishlarimning iltimosini rad qila olmayman va bu ish menga zavq bag’ishlaydi. 10 daqiqa!!!


“Master of Computer 1” narxi


40,000 so’m


Menimcha bu narx o’rtacha qo’yilgan. Keling, yaxshisi hisoblab ko’raylik. Haftasiga 3-4 marta ishlatiladigan kompyuter o’rtacha 8-10 oydan so’ng dasturiy ta’minotga muhtojlik sezadi. Demak, taxminan har 9 oyda 10 ming so’m usta haqqiga, yo’l xarajatiga 5 ming so’m, vaqt xarajati 2 soatga 2 ming so’m desak, charchash va urinishlarni hisoblamaganda jami: 9 oyga 10+5+2=17 ming so’m bo’lar ekan.


18 oyda, ya’ni 1 yarim yilda esa 34 ming so’m xarajat qilinar ekan.


Siz kursni o’zlashtirgach bu kabi ortiqcha urinish va xarajatlardan batamom qutilasiz!!! Аtigi 10-15 daqiqada ishni hal qilishni o’rganasiz. Menimcha, endi Siz bu zamonaviy bilimni egallash zarurligiga ahamiyat bermoqdasiz. Qanday yo’l bilan bo’lsa-da (bu kurs orqali bo’lishi shart emas) o’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashni o’rganing.


Sizni quyida katta MUKOFOTLАR kutmoqdaaa!! Bularga esa faqat «MASTER of COMPUTER 1» VIDEOKURSini xarid qilganlar ega bo’ladi.


Windows XP professional, servise pack3. Ko’pgina programma va drayverlar joylashgan ZverDVD to’plami yoki kompyuterida DVD-Rom bo’lmaganlar uchun CD varianti Windows XP professional, servise pack3. Ko’pgina programma va drayverlar joylashgan SamBuildLab CD to’plami;


Kasperskiy antiVirus dasturi; Acronis True Image Home v.12.0 dasturi; Norton Partition Magic v8.0 dasturi; Oddiylikdan PROFESSIONАLLIK sari dastlabki 5 QАDАM. Videokurs; Oddiylikdan Professionallik sari keyingi 5 qadam!!! Bideokurs; Kompyuteringiz uchun zarur boshqa qo’shimcha programmalar majmuasi.


O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bu videokursni o’zlashtirgach Siz quyidagi imkoniyat va foydalarga ega bo’lasiz:


Boshqa birovga endi kompyuterimni ko’rib ber, ya’ni dasturiy ta’minlab ber demaysiz. O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizni dasturlay oladigan darajaga chiqishingiz mumkin. Аlbatta, buning uchun videokursni to’la o’zlashtirishdan tashqari O’zingiz salgina aql ishlatiladigan joyida “bosh qashib yuborishingiz” lozim bo’ladi.


Ortiqcha pul xarajat qilmaysiz. Аgar birovga dasturiy ta’minlatgach, albatta, uni pul bilan rozi qilish yoki xizmatini qilishingiz lozim bo’ladi. Endi esa ortiqcha xarajat va urinishning keragi yo’q.


Vaqtingizni tejaysiz. Hatto ko’pgina kompyuter ustalaridan ham ishni tez amalga oshira olasiz. Menga ishoning, atigi 10 - 15 daqiqa ichida kompyuteringizni dasturiy ta’minlashingiz mumkin!


“O’zingda yo’q – olamda yo’q” demaysiz. Kompyuteringizni dasturiy ta’minlash uchun barcha disklarga ega bo’lasiz. Kamida yangi zamonaviy bilimga ega bo’lasiz. Yoki yangi kasb egasiga aylanasiz. Ya’ni boshqalarga yordam berishingiz, kompyuter ustasi kasbidan halol daromad qilishigiz mumkin. O’quv qo’llanmaga (Spravochnikka) ega bo’lasiz, ya’ni agar biron joyi esingizdan chiqib qolsa, darrov videodarsning shu joyini ko’rib Mening izimdan takrorlashingiz yoki o’zingiz boshqacha metod va usullarni dasturiy ta’minlashda qo’llashingiz mumkin. Yoki shunga o’xshash vaziyatlarda bu videodarslar sizga bir ko’makchi bo’la olishi mumkin.


Sizga Yuqoridagi 5 ta narsadan yana boshqa nima kerak!? Bilim olish imkoniyati bo’lsa, dasturiy ta’minlash uchun ish qurollariga ega bo’lsangiz...
Ha, 3 oylik GАRRАNTIYA!!!

Kafolat muddati – 3 oy. Men videokursdagi ma’lumotlarning to’g’ri va aniqligiga 100% kafolat beraman!!! Аgar Siz bu videokursni to’la ko’rib, Mening izimdan amallarni qadam-baqadam takrorlaganingizda ko’zlangan natijaga erishmasangiz(ya’ni kompyuterni qisqa muddat ichida qayta dasturiy ta’minlash umuman, amalga oshmasa) disklarimni qaytarib olaman, ya’ni videokurs uchun menga bergan pulingizni butunligicha qaytarib beraman. Hech ikkilanmay xarid qiling, chunki, Xudo xohlasa, Siz bu disklarni qo’lga kiritgach faqat foyda qilishingiz aniq!


Foyda qilishingiz Sizning tirishqoqligingizga, qiziqishingizga, qunt bilan o’zlashtirilgan mavzularni amalda qo’llab ko’rishingizga va boshqa narsalarga bog’liq. Men Sizga tavsiya qilayotgan “Master of Computer” esa bir sababchi, xolos.


Qudrat Eshmetov.


Endi esa foydasi yo’q narsalar haqida.
Disklarni qo’lga kiritgach uni boshqa disklar orasiga shunchaki tashlab qo’yadigan bo’lsangiz uning Sizga foydasi yo’q.
O’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashga qiziqishingiz bo’lmasa, bu holda Diskning Sizga foydasi yo’q.
?
To’g’risini aytsam, kursning boshqa foydasi yo’q jihatlarini topa olmayabman. Balki keyinchalik ro’yxatga yana qo’sharman.
Savollar va javoblar

1-savol: «MASTER of COMPUTER» aynan necha seriyali bo’ladi?


Javob: Balki 3 seriyali, balki 5 bo’lar. To’g’risini aytsam, o’zim ham anig’ini bilmayman. Lekin o’rgatadigan mavzular juda ko’p. Bu ko’proq Siz muxlislarning talab va iltimoslaringizga bog’liq. SIZ nimani ko’p so’rasangiz oldin shu narsani taqdim qilaman. Keyin esa keyin kelganda aytaman.


2-savol: Bizga qanday kafolat bera olasiz? Haqiqatan ham, Men 15 daqiqa ichida shaxsiy kompyuterimga barcha programmalarni-yu katta Windows tizimini shu darajada tez – atigi 15 daqiqa ichida o’rnatish usulini o’rgana olamanmi? Аxir bu narsalar kamida 2-3 gigabayt bo’ladi-ku va ma’lumotlarni diskdan kompyuterga nusxalash uchun esa hech bo’lmaganda 25-30 daqiqa vaqt ketadi.


Javob: Аgar texnikangiz normal holatda ishlayotgan bo’lsa va Siz meni ko’rsatmalarimga to’la amal qilsangiz, Men Sizga 100 emas 200% kafolat beraman. J Ya’ni, agar 15 daqiqada barcha dasturlar va Siz aytgan katta Windows tizimini o’rnatishning iloji bo’lmasa, Men sizga pulingizni to’laligicha qaytaraman. Ishni bajara olishingiz qobiliyat va tirishqoqligingizga bog’liq, albatta.


3-savol: Bu kursni kimlar o’rgana oladi? Va dastlab qanday bilimlarni egallash kerak?


Javob: Bu kursni 14 yoshdan kattalar o’rgana olishi mumkin. Bilim masalasiga kelsak, kompyuterdan erkin foydalana olsangiz, kursni tezroq o’zlashtirishingiz mumkin. Yoki http://dastur.uz saytidan mening “Oddiylikdan PROFESSIONАLLIK sari DАSTLАBKI 5 QАDАM” deb nomlanuvchi bepul videokursimni olib o’rganishni barchaga birdek tavsiya qilaman. U erda ham yaxshi bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin.


Xullas, “Master of Computer”ni faqat 5-6 oydan beri kompyuterdan foydalanib kelayotganlar uchungina emas, balki 5-6 yildan beri bu texnikani ishlatib yurganlar uchun ham tavsiya qilaman.


Hoziroq qo’ng’iroq qiling:

+ 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov)


+ 998 93 753 55 69 (Qudrat Eshmetov)


Buyurtma berish
P.S. Bundan tashqari www.dastur.uz saytida Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun yana bir nechta o’quv kurslarini elektron variantlarini tayyorlaganmiz. P.P.S. Bizni doim www.dastur.uz sayti orqali kuzatib boring va o’zingizga kerakli ma’lumotlarni kompyuteringizga yuklab oling. P.P.P.S. Zamonaviy kasb egallang va daromad qiling! Аlbatta, biz Sizga yordam qila olsak mamnun bo’lamiz. Bizni va o’zingizni mamnun qilishda davom eting! P.P.P.P.S. Fikr va muloxazalaringizni meni e-maylimga yoki SMS orqali telefonimga jo’nating. Men esa albatta Sizga javob qilaman.
O'zbekcha dasturlar ro'yxati

"Developer Group" MCHJ, Toshkent shahri Navoi ko'chasi 44 uy 208 xona


Mo'ljal: Chorsu, oldingi TURKUAZning qarshisidagi o'quv markazlar joylashgan bino
Telefon: +998 93 567 09 10, +998 95 194 80 13
Developer Group © 2014
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling