Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Modemlar (MODulyator-DEModulyatorlar


Download 262.3 Kb.
bet9/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Modemlar (MODulyator-DEModulyatorlar - modems). Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarni modemlarsiz tasavvur qilish qiyin. FaQat ana shu qurilmalargina kompyuterga tashqi axborot tizimlari bilan bog’lanish va ular bilan muloqot qilish imkonini beradi. Ilgari kompyuterlarga modemlardan tashqari, faks ma’lumotlarini qabul qilish va uzatish uchun alohida faks-modemlar ham ulanar edi. Lekin, hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy modemlarning 99 foizi o’zida faks-modemlar xizmatini ham mujassamlashtirgandir. Bunday modemlarga Motorola; Rockwell; Robotics; 3Com va boshqa firmalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.
Modemlar o’zlarining turlari va standartlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Modemlarning turlari. Zamonaviy kompyuterlarda quyidagi turdagi (markadagi) modemlar keng qo’llanilmoqda:
ISDN (Integrated Servies Digital Network - integrirlashgan xizmatning raQamli aloQa to’ri) modemi. 3Com firmasi mahsuloti bo’lib, 64000 bit/soniya (b/s) tezlikda aloqa uzatishi (qabul qilishi) mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan raqamli aloqa kanallari talab qilinadi. Birdaniga ikkita aloqa kanalida ishlashi mumkin (birinchisidan ma’lumot qabul Qilsa, ikkinchisidan ma’lumotlarni uzatadi). Bu esa, bitta kanal orqali mijoz bilan gaplashgan holda, ikkinchi kanal orqali kompyuterga Internet dan ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Kabelli modemlar. Maxsus kabellar (masalan, koaksil kabellar) orQali 10 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni qabul qilish va 2 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi.
DSL (Digital Subscriber Line - raqamli abonent kanali). Mavjud telefon kanallari orqali ma’lumotlar almashishga mo’ljallangan. Signallarni raqamlarga aylantirib uzatish natijasida informasiya uzatish tezligi 128 Kb/s dan 1,5 Mb/s gacha boradi.
Sun’iy yo’ldoshli modemlar - DSS (Digital Satellite System - raqamli sun’iy yo’ldoshli sistema). Bunday modemlar faQat ma’lumotlarni qabul qilishi mumkin. 56K modemiga Qaraganda 4 marta tezroq ishlaydi.

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling