Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Download 262.3 Kb.
bet11/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Lazerli printerlar (Laser printers). Bunday printerlarda tasvirlar lazer yordamida elektromagnitlangan barabanning maxsus bo’yoq zarrachalarini o’ziga tortib olib, so’ngra bu zarrachalarni qog’ozga bosish orQali hosil qilinadi (ya’ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). Bo’yoq zarrachalarining zichligi 1 dyuym masofada 300 dan 600 gacha boradi (300 – 600 dpi). Bosmaga chiqarish tezligi 15 – 5 soniya/varaq;
Impuls-pufakchali printerlar. Bunday printerlarning ishlash usuli buyoqli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda naychalar orqali buyoq zarrachalari emas, balki buyoqli mikropufakchalar purkaladi. Bu pufakchalar qog’ozga urilgach yoriladi va ularning ichidagi buyoqlar qog’ozga chaplanadi;
Nur-diodli (LED) printerlar. Bunday printarlarning ishlash usuli lazerli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda lazer nuri o’rniga diodli mikrolampalarning nurlari ishlatiladi;
Termoprinterlar. Bunday printerlarning ishlash usuli matrisali printerlarga o’xshaydi. Faqat, bularda tasvirlar matrisa shaklida joylashtirilgan hamda qizdirilgan sterjenlarning qog’ozga urilib uning sathida qoldiradigan izlari orqali hosil qilinadi.
Fotoprinterlar. Kompyuterdagi yoki xotiralash qurilmalaridagi fototasvirlarni maxsus fotoqog’ozlarga bosib chiqaruvchi buyoqli printerlardir.

Bulardan tashqari, katta hajmdagi matnli ma’lumotlarni (masalan, telefon kanali orqali uzatilgan ma’lumotlarni) zudlik bilan bosmaga chiqarish maqsadida maxsus matrisali va lazerli (masalan, HP LfserJet 4Si, HP LaserJet 4V) printerlar ham, fotosuratlarni bosib chiqarishga mo’ljallangan maxsus fotoprinterlar ham ishlab chiqarilmoqda.


Keyingi yillarda, turli g’ayri tabiiy printerlar ham yaratilmoqda. Axborot vositalarida hatto, kompyuterdagi tasvirlarni turli rangdagi kremlar orqali tortlarning yuzasiga chizuvchi maxsus printerlar ham ishlab chiqarilgani to’g’risida ma’lumotlar ham tarqaldi.



Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling