Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Shtrix-skanerlar (Trait-scanners)


Download 262.3 Kb.
bet13/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Shtrix-skanerlar (Trait-scanners) - qo’l skanerlarining bir turi bo’lib, mahsulotlarning qutilaridagi yoki etiketkalaridagi shtrix-kodlarni o’qib, kompyuterga kiritishga va ularni maxsus dastur yordamida dekodlashga (ya’ni matnli ma’lumotlarga aylantirishga) xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday skanerlar kredit kartochkalari va smartkartalardagi kodlarni ham o’qish imkonini ham beradi.
Zamonaviy skanerlar, asosan Canon, HP va Microtek kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.


Ko’pfunksiyali qurilma (MFU MnogoFunksionalnoye Ustroystvo)

Keyingi yillarda. turli qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan bir-nechta qurilmalarning funksiyalarini birdaniga bajaradigan universal qurilmalarni ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Smartfonlar, kommunikatorlar, raqamli video-fotokameralar va


flesh-pleyerlar kabi qurilmalar shular jumlasidandir. Shunday universal qurilmalar qatoriga ko’pfunksiyali qurilmalarni ham kiritish mumkin.
Ko’pfunksiyali qurilmalar – printer va skanerning funksiyalarini o’zida mujassamlagan qurilmalar bo’lib, bulardan tashqari ular ma’lumotlarni turli xotiralash qurilmalardan (flesh- karta, flesh-brelok va h.k.) kiritishga xizmat qiluvchi maxsus portlar bilan ham jihozlangandirlar. Bunday qurilmalar kompyutersiz ham xotiralash qurilmalaridagi ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri bosmaga chiqarish hamda skaner orqali kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri shunday xotiralash qurilmalariga yozish imkoniyatini ham beradi.


Mobil (olinuvchi) qattiq disk diskovodlari

Bunday diskovodlar Zip yoki Mobile Rack diskovodlar deb atalib, kompyuterning ichida emas, balki maxsus korpus ichiga joylashgan alohida qurilmadir yoki boshqacha qilib aytganda, qo’lga olib ko’tarib yuriluvchi qattiq disklardir. Sig’imlari 20 Gigobaytgacha boradi. Ular kompyuterdagi ma’lumotlardan nusxa olishga, so’ngra bu ma’lumotlarni boshqa kompyuterning xotirasiga yozishga xizmat qiladi. Buning uchun ularning kabeli kompyuterning USB yoki parallel portlaridan biriga ulanadi.




Magnitooptik diskovodlar

Bunday diskovodlar - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyuymlik magnitooptik disklardan o’qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni xuddi shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmadir. Magnit disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi.


Hozirgi paytda quyidagi disklar bilan ishlovchi diskovodlar keng tarqalgan:

  • 3,5" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 128Mb dan 1,3 Gb gacha);

  • 5,25" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 650Mb dan 5,2 Gb gacha);

  • 5,25" lik faqat o’qishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 600Mb dan 5,2 Gb gacha);



Strimerlar



Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling