Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Peroli plotterlar (Pen Plotters)


Download 262.3 Kb.
bet15/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Peroli plotterlar (Pen Plotters) - vektorli tipdagi qurilma bo’lib, tasvirlar maxsus pero yordamida qog’ozga tushiriladi. Perolari sifatida plastik sterjinlar (flomasterlar), bir marta yoki ko’p marta ishlatiluvchi shariklar (sharikli ruchkalar), qalamli grifellar, maxsus bo’rchalar ishlatilishi mumkin.
Qog’oz turiga ko’ra rulonli va planshetli plotterlar ga bo’linadi.
Bunday plotterlar CalComp (eng birinchi plotterni yaratgan), HP, Summagrafics, Mitoh
kabi firma va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Purkagichli plotterlar (Ink-Jet plotters) - tasvirlarni mayda naychalar yordamida bo’yoqni Qog’ozga purkash usuli bilan (bo’yoqli printerlardek) hosil qiladi. Bunday usullar bilan chizilgan tasvirlar o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi.
Monoxrom va rangli turlari mavjud.
Zamonaviy purkagichli plotterlarga HP 220, Summagrafics Summa Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxrom), CalComp TechJet Color, HP 650C, Encad Nova Jet3 (hammasi rangli) plotterlari misol bo’la oladi.
Elektrostatik plotterlar (Elektrostatic plotters) - chizuvchi moslama yordamida maxsus elektrostatik qog’ozga bo’yoqlarni surkash asosida hosil qiluvchi rangli plotterlar.
Termografik plotterlar (Dizect Imaging plotters) - tasvirlarni issiqlik ta’sirida qorayuvchi maxsus qog’ozga chiqaruvchi plotterlardir. Bunda maxsus miniatyurli qizdirg’ichlar ishlatiladi. Monoxromli plotterlarning eng oddiyi va sifatlisi bo’lib (o’tkazish qobiliyati 800 dpi, chizish tezligi 50 mm./sek) juda keng tarqalgandir.
Bunday plotterlarga CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OCE G9050-S plotterlari misol bo’la oladi.

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling