Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Download 262.3 Kb.
bet18/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Kompyuterlar to’ri kartasi. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus karta bo’lib, joriy kompyuterga boshqa kompyuterlarni yoki lokal kompyuter to’rlarini ulashga xizmat qiladi. Ko’pgina bunday kartalar bir-nechta vazifalarni ham bajarishi mumkin. Masalan, Intel kompaniyasining Safic Faxtion 400 modemi kompyuterga ichki modem o’rnatishga xizmat qilishidan tashqari, shu kompyuterga ko’plab skanerlarni ulashga ham imkon beradi.
Modem kartasi. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus karta bo’lib, joriy kompyuterga tashqi modemni ulashga xizmat qiladi.
Web - TV va VGA-NTSC kartalari. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus kartalar bo’lib, raqamli televizordan monitor sifatida foydalanishga (Web-TV) va aksincha monitorda televideniye ko’rsatuvlarini tomosha qilishga (VGA-NTSC) xizmat qiluvchi qurilmalardir.
Uzluksiz ta’minlash bloki (UPS - Uninterrupted Power Supply) - akkumulyator vazifasini bajaruvchi qurilma bo’lib, bir tomondan elektr tarmog’iga va ikkinchi tomondan ta’minlash blokiga ulanadi. Undan elektr toki o’ta boshlaganda uning maxsus elementlari zaryadlanib boradi. Vazifasi - elektr toki uzilib qolgan taqdirda kompyuterni 15 daqiqadan 60 daqiqagacha (turlariga ko’ra) elektr energiyasi bilan ta’minlab turishdir. Buning uchun, tarmoqdagi elektr toki uzilib qolgan zahoti qurilma avtomatik ravishda ishga tushadi (ya’ni, kompyuterni o’zida yig’ilgan elektr quvvati bilan ta’minlay boshlaydi) va uning maxsus indikatori yonib hamda signal berib bu haqda foydalanuvchini ogohlantiradi.
Bu qurilma ko’pincha BIP (Bespereboynыy istochnik pitaniya) deb ham ataladi.
Antielektrostatiklar. Har qanday kompyuterning elektron mikrosxemalariga statik elektr zaryadlari halokatli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bunday qurilmalarga qo’l bilan teginish ta’qiqlanadi (chunki, odam tanasi statik elektr zaryadlarining manbaidir). Agar shunday mikrosxemalarga qo’l bilan teginish zarurati tug’ilsa (masalan, kompyuterni tamirlash jarayonida) statik elektr zaryadini kamaytirish uchun antielektrostatiklar deb ataluvchi quyidagi qurilmalardan foydalaniladi:
Antistatik bilaguzuklar. Bilakka taqiladigan maxsus bilaguzuk bo’lib, simining bir uchi yerga ulanadi. Natijada tanadagi ortiqcha statik elektr zaryadlari shu o’tkazgich orqali yerga o’tadi.
Antistatik gilamchalar. Maxsus antistatik materialdan yasalgan gilamcha bo’lib, qo’l yoki oyoq ostiga to’shaluvchi turlari ishlab chiqilgan. Simlari yerga ulangan bo’lib, tanadagi ortiqcha zaryadlarni yerga o’tkazishga xizmat qiladi.
Hozirda zamonaviy antielektrostatiklar asosan Radio Shack kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Web-kameralar. Kompyuterga tashqi tomondan ulanuvchi qurilma bo’lib, tevarak- atrofni uzluksiz ravishda tasvirga tushirib shu tasvirlarni uzluksiz ravishda kompyuter xotirasiga yozishga yoki modem orqarli kerakli mazillarga uzatib turishga xizmat qiladi. Asosan, videokonferensiyalarni hamda masofaviy ta’lim berish tizimini tashkil qilishda foydalaniladi.

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling