Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Lazerli plotterlar (Laser plotters)


Download 262.3 Kb.
bet16/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Lazerli plotterlar (Laser plotters) - tasvirlarni yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan baraban yordamida hosil qiluvchi plotterlardir. Ya’ni lazer nuri bilan zaryadlangan qatlam quruq tonerni (bo’yoq kukunini) o’ziga tortadi va so’ngra uni baraban ostidan o’tayotgan qog’ozga ko’chiradi. Keyin esa, bu qog’oz maxsus Qizdirgich ta’sirida qizitilib, tonerlar yaxlitlanadi va qotiriladi. Bunday plotterlarning afzalligi- o’tkazish qobiliyatining yuqoriligi (800dpi), tezkorligi (50 mm./sek.), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligidadir.
Ularga CalComp Solus 4-A0, OCE 9555, JDI 4000E kabi plotterlar misol bo’la oladi.
YuQorida keltirilgan plotterlarning barchasi rulonli (o’ram shaklidagi) va planshetli (stol ustiga qo’yiluvchi tekis) hamda turli formatli (A0 dan to A7 gacha formatli) qog’ozlar bilan ishlay oladi, maxsus xotiraga ega (64 Mb gacha).
Asosan HP, Canon va Xerox firmalari tomonidan ishlab chiqilib, loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi tizimlarda qo’llaniladi.


Digitayzerlar




Digitayzerlar (digitizer) - tasvir va chizmalarni o’qib, so’ngra ularni mashina kodlariga aylantirib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ikkinchi nomi grafik planshetlar. Ular ikki qismdan, ya’ni asosi bo’lgan planshetdan va shu asos sathi bo’ylab siljuvchi pero yoki kursordan iboratdir. Pero yoki kursor tugmachasi bosilgan holda planshet bo’ylab siljitilganda, uning holati koordinatalari ketma-ket qayd qilinib kompyuterga uzatilib boriladi. Digitayzerlardan planshetga o’rnatilgan Qog’ozga foydalanuvchi chizayotgan rasmni ham parallel ravishda kompyuterga kiritish mumkin. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar ingichka
o’tkazgichlardan tashkil topgan to’r yordamida qayd qilinadi va signallarga aylantirilib kompyuterga kiritiladi.
Digitayzerlar ikki turga elektrostatik va elektromagnit digitayzerlarga bo’linadi.

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling