Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Download 262.3 Kb.
bet19/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Multiproyektorlar. Kompyuterlardagi, CD-ROM va DVD disklaridagi, televizor ekranidagi, videomagnitofonlardagi, hamda raqamli foto va vidnokameralar, Web – kameralar tomonidan uzatilayotgan ma’lumotlarni devorga osiladigan maxsus ekranda kattalashtirib aks ettirishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Bunday qurilmalarga SANYO PLV-30, SANYO PLC-SU20, Hitachi CP-S220 multiproyektorlari misol bo’ladi.
Ularning og’irliklari 2,5 kg. gacha bo’lib, tasvirlarni diogonallarining o’lchamlari 0,75 metrdan, 17 metrgacha bo’lgan ekranlarda aks ettirishi mumkin.
Audiokolonkalar. Audiokartalar tomonidan uzatilayotgan ovozli ma’lumotlarni ijro ettiruvchi qurilmalar bo’lib, ikkinchi nomi – ovoz kolonkalardir. Ular aktiv va passiv kolonkalarga bo’linadi. Aktiv kolonkalarda ovozning balandligi va tiniqligi rostlovchi (ovozni ko’taruvchi va pasaytuvchi) murvatlar orqali boshqariladi. Passiv kolonkalarda esa bunday murvatlar bo’lmaydi, ularda ovozni eshittirish balandligi va tiniqligi ular ulangan audiokartaning imkoniyatlari darajasida bo’ladi.
Bunday kolonkalarga Genius G-06, Genius G-10, Genius Sabwoofer, Microlab M-800
kabi qurilmalar misol bo’la oladi.
Mikrofonlar. Ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar bo’lib, aktiv va passiv mikrofonlarga bo’linadi. Bunday qurilmalarga stolga qo’yiladigan Werbatim mikrofonlari misol bo’ladi.
Naushniklar. Quloqqa o’rnatiladigan mini-kolonkalardir. Bunday qurilmalarga Werbatim 41645, AIWA va keyingi yillarda ishlab chiqilayotgan mikrofonli naushniklar misol bo’ladi.
Raqamli videokameralar. Tevarak atrofni tasvirga olib, olingan tasvirlarni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Olingan tasvirlarni so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin.
Bunday qurilmalarga Canon DM-MV400 videokamerasi misol bo’ladi.

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling