Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish


Download 262.3 Kb.
bet10/21
Sana08.02.2023
Hajmi262.3 Kb.
#1177650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu Texni (1)

Modemlarning standartlari. Modemlarni xarakterlovchi yana bir parametri ularning standartlaridir. Bu standartlar modemning qutisi ustida "V" harfi orqali yoziladi.
Hozirgi paytda keng tarqalgan modem standartlari 2.1- jadvalda keltirilgan


MODEMLARNING STANDARTLARI


2.1-jadval

Modem standarti



Xususiyatlari

V.90

Ma’lumotni uzatish tezligi 56000 b/s.

V.34

Ma’lumotni uzatish tezligi – 28800 b/s;




Fakslarni uzatish tezligi – 14400 b/s.

V.34 plus

Ma’lumotni uzatish tezligi – 33600 b/s.

V.42/MNP 2-4

AloQa kanalidan shovQin natijasida yo’Qolgan ma’lumotlarni
nazorat Qiladi va aniQlaydi.

V.42 bis/MNPS

Ma’lumotlarni avval Qisib, so’ngra uzatadi. Bu uning uzatish
tezligini oshiradi.

V.class1/class2

Faks ma’lumotlarini katta tezlikda uzatadi.

V/Group III

Faks Qurilmalarining istalgan turi bilan ishlay oladi.



Printerlar


Printerlar (printers) - kompyuterdagi ma’lumotlarni Qog’ozga bosib chiqarishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Tor va keng o’lchamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor o’lchamli printerlar ma’lumotlarni faQat A4 formatli (210 x 297 mm.) Qog’ozga bosib chiqarsa, keng
o’lchamli printerlar ma’lumotlarni A3 formatli (297 400 mm.) hamda A4 formatli
qog’ozlarga bosib chiqarishga mo’ljallangan.
Hozirgi paytda zamonaviy printerlar asosan Agfa, Apple, Canon, Compaq, Digital, Epson, Fijitsu, HP(Hewlett - Packard), IBM, Kodak, Microtek, Olivetti, Panasonic, Samsung, Seiko, TI, Toshiba va kabi jahonning yetakchi firmalari tomonidan ishlab chiqilmoQda. Ayniqsa, Epson, Canon, Xerox va HP firmasining mahsulotlari keng tarqalgan.
Tasvirlarni Qog’ozga bosib chiQarish usuliga ko’ra printerlar matrisali, bo’yoqli (purkovchi), lazerli, impuls-pufakchali, nur-diodli, termoprinterlar va fotoprinterlar kabi turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalganlari matrisali, bo’yoqli, lazerli hamda fotoprinterlardir.
Matritsali printerlar (Matrix printers). Bunday printerlarda tasvirlar matritsa ko’rinishida joylashgan metall sterjenlarning bo’yovchi tasma orQali qog’ozga urilishidan hosil bo’ladi. Sterjenlarining soni 9, 12, 24, va 48 (ya’ni 9 pin, 12 pin, 24 pin, 48 pin) bo’lgan printerlar ishlab chiqilmoqda. Bosmaga chiqarish tezligi 60-10 soniya/varaq;
Buyoqli printerlar (Ink-jet printers). Bunday printerlarda tasvirlar maxsus buyoq mikrozarrachalarini naychalar orqali qog’ozga purkash (sepish) yo’li bilan hosil qilinadi. Zamonaviy printerlarda mikrozarrachalarning zichligi 1 dyuym (25,4 mm.) masofada 600 nuqtagacha (600 dpi) boradi. Bosmaga chiqarish tezligi 100 – 15 soniya/varaq;

Download 262.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling