Kompyuterli matematik tizimlar fanidan bajargan mustaqil ish mavzu


Download 108.66 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi108.66 Kb.
#1142197
1   2   3   4   5
Bog'liq
Subxonov U

Matematik modellar matematik model tizmini abstrakt tilda formal tavsiflashdan iborat. Masalan, xususan tizimni ishlashini matematik ifodalar yordamida modelni yaratish uchun ixtiyoriy matematik vositalar - algebrik, differensial va integral xisoblash, to‘plamlar nazariyasi, algoritmlar nazariyasi va boshqalar ishlatilishi mumkin. Mohiyati bo‘yicha xamma matematika ob’ekt va jarayonlarni modellarini yaratish va tadqiq etish uchun yaratilgan.
Modellashtirish maqsadi - o`rginalning xarakterli tomonlari modellarni jixatlarini va ularni tadqiq etish usullarini aniqlaydi. Masalan: matematik modellarni deterministik va extimollik (staxastik) sinflarga ajratish mumkin. Birinchisi modelni xarakteristikasi va parametrlari orasidagi o‘zaro mos kelishlikni aniqlasa, ikkinchisi bu kattaliklarni statistik qiymatlari orasidagi moslikni aniqlaydi. U yoki bu turdagi modelni tanlash tasodifiy faktorlarni xisobga olish zarurligi darajasiga asoslangan. Matematik modellarni tadqiq etish usullari qo‘yidagi turlarga bulinadi; analitik, sonli, imitatsion.
Analitik model  deb tizimni shunday formal tavsiflashga aytiladiki, ma’lum matematik apparatdan foydalanilgan holda tenglama echimini yaqqol ko‘rinishda olish imkonini beradi.
Sonli model  shunday turdagi bog‘lanish bilan xarakterlanadiki, aniq boshlang‘ich sharoitlar va modelni miqdoriy parametrlari uchun faqat xususiy echimlarini topish imkonini beradi.
Imitatsion model - bu tashqi va ichki ta’sirlar ostidagi tizmlarni yozish majmuasi va tashqi ta’sirlar, tizimning ishlash algoritmlari yoki tizimni xolatlarini o‘zgarish qoidasidan iborat. Bu algoritm va qoidalar mavjud bo‘lgan analitik va sonli echimlarni 
aniqlashni imkonini bermaydi, ammo tizimni ishlash jarayonini imitatsiya qilish (kuchirish) va qiziqtirayotgan xarakteristikalarni (ko‘rsatkichlarni) o‘lchash yoki aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion modellar analitik va sonli modellardan farqliroq keng sinfdagi ob’ekt va jarayonlar uchun yaratilishi mumkin. Imitatsion modellardan foydalanish uchun odatda imitatsion modellarni tasvirlash (yozish) vositalari universal yoki maxsus algoritmik tillar hizmat qiladi. Imitatsion modellar ko‘proq darajada xisoblash tizimlarini pog‘onada tadqiq etishga mo‘ljallangan.

Download 108.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling