Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi


Download 316.11 Kb.
bet6/9
Sana25.01.2023
Hajmi316.11 Kb.
#1119939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Parametrlar.
OOP (Obyektga yo’naltirilgan dasturlash) asoslari.
Sinflar (klasslar) va ob`ektlar. O’zgaruvchilar. Operatorlar. Dasturning bajarilishi jarayonida qiymatlari o‘zgaradigan kattaliklar o‘zgaruvchilar deb yuritiladi. O‘zgaruvchilar – o‘z nomiga va qiymatiga ega bo‘lgan dasturlash tilining asosiy elementi hisoblanadi. O‘zgaruvchining nomi belgi va raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, dastur kodining boshqa o‘zgaruvchilaridan farq qilishi kerak. Dastur tuzuvchi qo‘yilgan masala mazmunidan kelib chiqqan xolda ularga nom berishi maqsadga muvofiq. VBda o‘zgaruvchilarga nom berishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
1. O‘zgaruvchining birinchi belgisi albatta lotin yoki kiril alifbosining harfidan iborat bo‘lishi kerak.
2. Qolgan belgilari harf va raqamlardan tashkil qilinishi mumkin. Bunda katta va kichik harflar bir biridan farqlanadi.
3. “_” belgisidan foydalanish mumkin.
4. Nom uzunligidagi belgilar soni 255 tadan ortib ketmasligi talab qilinadi.
5. VBda 50 dan ortiq xizmatchi so‘zlar bo‘lganligi uchun ulardan nom sifatida foydalanish taqiqlanadi.
O‘zgaruvchi kattaliklar barcha dasturlash tillarida asosiy rol o‘ynaydi. Ular axborotni saqlash uchun zarur. O‘zgaruvchilarni e’lon qilish
Dim o‘zgaruvchi nomi As Tip
satri orqali amalga oshiriladi. O‘zgaruvchi nomi - ixtiyoriy harflar, tip – berilgan kattaliklarning tipi bilan aniqlanadi. Agar o‘zgaruvchi butun sonlardan iborat bo‘lsa tipi Integer yoki Long; satr bo‘lsa String bo‘ladi. Tipini aniqlay olmasangiz Variant deb yozish mumkin.
Misol keltiramiz:
Dim qw As Integer (qw=0) ;
Dim A As String (A="Ex dangasa")
Dastur tuzamiz. VB (Standart EXE) ga kirib, formaga 4 ta buyruq tugmalari va 1 ta matn maydoni qo‘ying, 1-tugmaning Caption hususiyatiga "Son", 2-tugmasiga "Satr", 3-siga "Variant satri", 4-siga "Variant-son" yozuvini kiritamiz. Ushbu kodlarni kiritamiz:
Bu va bundan keyingi dasturlar (dastur kodlari)da izohlar kursuv harflar orqali yoziladi, ularni kompyuterga kiritish shart emas! Dasturdagi asosiy operatorlar bu o‘zlashtirish operatorlari hisoblanadi. Lekin shunday operatorlar mavjudki, ulardan yanada murakkab masalalarni yechishda foydalaniladi. Umumiy xolda bu operatorlarni boshqaruvchi operatorlar deb ataladi. Bu boshqaruvchi operatorlar ichida tanlash yoki tekshirish operatorlari ham mavjud. Bu operatorlar ma’lum bir shartarga asoslangan holda dasturning bir qismini boshqaradi. Tanlash operatorining ikkita asosiy tipi mavjud bo‘lib, ular If va Select Case lardir.
If operatori.
Dasturlash jarayonida ba’zi operatorlar tekshirilayotgan shart «rost» bo‘lsagina bajarilishi lozim. «Rost» (True) shartini qayta ishlash uchun If operatorining ikki xil ko‘rinishi mavjud:
1. Bir qatordan iborat shart
2. Ko‘p operatorlarni bajarilishini ta’minlovchi shart.
Agar shart «rost» bo‘lsa, dastur buyruqlari bajariladi, aks holda (shart bajarilmasa), buyruqlar bajarilmaydi.

Download 316.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling