Kompyuterning dasturiy ta'minotiInformatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi


Download 428.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana24.09.2023
Hajmi428.01 Kb.
#1687294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuterning dasturiy taminoti

Mobil operatsion tizimlar 
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning qiziqishini turli 
xil operatsion tizimlarda ishlaydigan 
smartfonlar
jalb 
qilmoqda: Windows Phone, Boda, 
iOS
shular 
jumlasidandir. Ulardan eng mashhurlari iOS 
va 
Android
boʻlib turibdi. 
IOS 
— bu Amerikaning Apple kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan Linux yadrosiga 
asoslangan mobil operatsion tizimdir. U dastlab 
2007-yilda iPhone va iPod Touch uchun chiqarilgan. 
Hozirda u barcha Apple qurilmalariga oʻrnatilgan. 
Mobil Safari brauzeri, vizual ovozli pochta, virtual 
klaviatura kabi yangiliklar iOSʼni smartfonlar uchun 
eng mashhur tizimlardan biriga aylantirdi. 
Android eng dinamik rivojlanayotgan tizim boʻlib, 
smartfonlar (dastlab kommunikatorlar uchun) uchun 
ishlab chiqilgan. Bu sensorli ekranga qaratilgan 
statsionar shaxsiy kompyuterlar va noutbuklarda 
ishlatiladigan shunga oʻxshash Windows va Linux 
tizimlarining soddalashtirilgan versiyasidir. Android 
platformasi operatsion tizim, dasturiy interfeys va 
kuchli ilovalarni oʻz ichiga oladi. 
Chrome OS
kichik netbuklardan tortib to toʻliq 
oʻlchamli ish stollarigacha boʻlgan qurilmalar uchun 


operatsion tizim sifatida sotiladi va x86 hamda ARM 
protsessor arxitekturasini qoʻllab-quvvatlaydi. 
Yangi Google Chrome OS optimallashtirilgan Linux 
yadrosiga asoslangan ochiq manba hisoblanadi va 
Chrome brauzeri tomonidan boshqariladi. Asosiy 
xususiyat veb-ilovalarning oddiy operatsion tizim 
funksiyalaridan ustunligidadir. Bunda asosiy rol 
brauzerga yuklangan. 
Yangi mahsulotni yaratish strategiyasi Internetga 
kirish uchun foydalaniladigan shaxsiy kompyuterning 
apparat resurslariga mos kelmaydigan arxitekturani 
nazarda tutadi. 
Tizim tomonidan ishga tushirilgan barcha ilovalar 
veb-xizmatlardir. Aslida, kompyuterda sodir 
boʻladigan barcha harakatlar Internetda amalga 
oshiriladi, shu bois hech qanday oflayn ilovalarni 
oʻrnatishga hojat yoʻq. Shu munosabat bilan, 
Chrome OSʼda ishlash kompyuterning kuchli 
resurslarga ega boʻlishini talab qilmaydi, barcha 
jarayonlar kompyuterning oʻzida emas, balki tegishli 
xizmatlarning serverlarida ishga tushiriladi Biroq bu 
tizim internet bilan muammosi bor 
foydalanuvch
ilarda muammo tugʻdirishi mumkin. 

Download 428.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling