Komunikativ kompetentlik reja: O‘zbekiston Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat
Download 38.21 Kb.
|
KOMUNIKATIV KOMPETENTLIK
KOMUNIKATIV KOMPETENTLIK Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat 2. E.I. Litnevskaya kommunikativ kompetensiya 3. Kommunikativ kompetentsiya tushunchasi O‘zbekiston Respublikasidagi zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat madaniyatlarning yaqinlashishi, mamlakatimizning xalqaro maydonga chiqishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar mavjudligini taqazo qiladi. Ayniqsa, davlatning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, nufuzi, mavqei, o‘z navbatida, aholisining til bilish darajasi bilan belgilanadi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish masalasi davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli o‘quvchilarda ingliz tilini o‘rganish orqali ularda masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu ko‘p jihatdan so‘nggi yillarda globallashuv jarayonlarining turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi muloqot jarayoniga ta’sirining eng yorqin ifodasida o‘z aksini topmoqda. Bugungi kunda jamiyat va davlat o‘quvchilarning fanga va umumiy madaniy tayyorgarligiga, shu jumladan, turli tillarda va manbalarda taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil va sintez qilish qobiliyatiga, global miqyosda jahonning turli davlatlariga sayohat qilish malakalariga nisbatan juda keng talablarni belgilab berdi. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy olamda o‘z o‘rniga ega bo‘lish, namoyon qilish, vatandoshlar va boshqa madaniyat vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot strategiyasini topishda bu asosiy omil sifatida gavdalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ingliz tilini o‘rganish jarayonida maktab o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirish, shuningdek, ularning madaniyatlararo muloqot qilish qobiliyati va tayyorgarligini tarkib toptirishga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilariga ingliz tillarini o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetentlikni shakllantirish muammosini tahlil qilishda “kompetentlik”, “muloqot”, “kommunikativ kompetentlik”, “shakllantirish” kabi tushunchalarning mazmunini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. Dastavval, biz kompetensiya tushunchasini ko‘rib chiqishimiz kerak. Bugungi kunda ushbu konsepsiyani ko‘rib chiqishda ko‘plab yondashuvlar mavjud. Tadqiqotlarimiz jarayonida mazkur konsepsiyaga nisbatan berilgan ko‘plab ta’riflarni ko‘rib chiqamiz. Jumladan, N.Xomskiy til nazariyasi tizimida birinchi bo‘lib, 1965-yilda o‘zining “Sintaksis nazariyasining jihatlari” asarida “kompetentlik” tushunchasidan foydalangan. Olimning fikricha, lingvistik kompetensiya “so‘zlovchining – tinglovchining o‘z tilini bilishi”dan boshqa narsa emas va bu bilimlar tilning kundalik hayotda haqiqiy qo‘llanilishiga qarama-qarshi qo‘yiladi Ta’lim sohasidagi kompetensiyaviy yondashuvni shakllantirish va rivojlantirish sharoitida ta’lim sohasidagi tizimli o‘zgarishlar “kompetentlik” tushunchasining mazmuni doimiy ravishda o‘zgarishiga ta’sir qiladi va bu turli olimlar hamda mualliflar tomonidan o‘ziga xos tarzda talqin qilingan. S.I. Ojegovaning va N.YU. Shvedovaning izohli lug‘atida “kompetent” tushunchasiga nisbatan quyidagi ta’rif ilgari surilgan: bilimdon, qaysidir sohada obro‘li, o‘z sohasining etuk mutaxassisi, “kompetentlik” tushunchasi esa “har bir inson yaxshi biladigan masalalar doirasi”. S.E. SHishov va V.A. Kalney kompetensiya “ta’lim orqali olingan bilim, tajriba, moyillik, qadriyatlarga asoslangan umumiy qobiliyat” deb hisoblaydi. Mualliflar ushbu konsepsiyani har tomonlama ko‘rib chiqadilar va kompetentlik bilim va uni muayyan vaziyatdan keyin qo‘llash o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yishga imkon berishini ta’kidlaydilar. Ular ma’lum bir vaziyatda o‘z qo‘llanilish sohasini topilgandagina kompetensiya xususida fikr yuritish mumkinligini ko‘rsatib beradilar. O.V. Kudryashova o‘zining izlanishlarida barcha kompetensiyalarning asosi bilim va ulardan foydalanish qobiliyati ekanligini ta’kidlaydi. Kompetensiya va mahorat o‘rtasidagi muhim farq shundaki, u har doim turli muammolarni hal qilish uchun birgalikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sirga hissiy va psixologik tayyorlik bilan bog‘liq hamda o‘quvchilarning ma’lum shaxsiy fazilatlari, axloqiy va etnik qadriyatlari bilan tavsiflanadi. A.V. Xutorskiy: “Kompetensiya deganda, shaxsning o‘zaro bog‘liq xususiyatlari, ya’ni ob’ektlar va jarayonlarning ma’lum doirasiga nisbatan qo‘llaniladigan va ushbu jarayonlarga nisbatan yuqori sifatli faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va faoliyat usullari majmuini tushunamiz”, – deya ta’kidlagan. Yuqoridagilarni umumlashtirib, biz shunday xulosaga keldikki, kompetensiya nafaqat shaxsning ma’lum bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlari yig‘indisi, balki shaxsning individual qobiliyatlari majmui hamda bitiruvchini tayyorlash uchun berilgan talablar, shaxsiy hamda zarur sifatlarni shakllantirishning muayyan yakuniy natijasidir. Ma’lumki, “kommunikatsiya” tushunchasi (lotincha communico – umumiy ma’noni anglatadi) juda keng bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, menejment, huquqshunoslik, iqtisod va hokazolarda qo‘llaniladi. Bugungi kunda ushbu tushunchaga nisbatan berilgan qator ta’riflar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Kommunikatsiya, umumiy ma’noda, xabar, har qanday ma’lumotni uzatishdir. Muloqot jarayoni inson va jamiyat hayotining muhim asoslaridan biri sifatida taqdim etiladi. Shu bilan birga, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, muloqot jarayoni o‘zini ham, uning natijasini ham anglatadi. O‘z navbatida, shaxslararo muloqot ma’lumotni bir shaxsdan boshqa insonga maqsadli ob’ektga yoki ma’lum bir guruh ob’ektlariga o‘tkazish jarayonidan boshqa narsa emasligidan dalolat beradi. Kommunikatsiya xususida fikr yuritadigan bo‘lsak, bu muloqot qiluvchi tomonlarning g‘oyalari, fikrlari, bilimlari, his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi integral belgilar shakllanishining almashinuvi deb ta’kidlash mumkin. Yuqorida qayd etilgan qoidalardan kelib chiqqan holda, kommunikatsiya jarayonida axborot funksiyasi axborotni uzatishdan iborat bo‘lgan asosiy jarayonni amalga oshiradi. Shunga monand ravishda uning ikkinchi funksiyasi jamoani yaratish va uning a’zolari o‘rtasida olingan axborotlarni faol ravishda o‘zlashtiradilar hamda tushunadilar. Natijada, tomonlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashinish hamda o‘zaro tushunish jarayoni amalga oshadi. Ma’lumki, kommunikativ kompetentlik borasida olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, aynan kompetensiyalar ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarga nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish, nimalarni shakllantirish lozimligi muhim sanaladi. Bu jarayonda ingliz tili darslari ham bundan mustasno emas. Shu nuqtai nazardan olganda, “kommunikativ kompetentlik” tushunchasini tahlil qilish biz uchun dolzarb muammodek ko‘rinadi. E.I. Litnevskaya kommunikativ kompetensiyaga nisbatan quyidagi ta’rifini ilgari suradi: “Nutq faoliyatining barcha turlarini og‘zaki va yozma nutq madaniyati elementlarini, ma’lum bir yoshdagi muloqotning hayotiy sohalari va vaziyatlarida tildan foydalanishning asosiy ko‘nikmalari va malakalarini o‘zlashtirishdir”. Bir qator xorij tadqiqotchilarning fikricha, maktabda ingliz tilini o‘qitishdan maqsad kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdir. I.A. Zimnyaya, umuman olganda, ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha xorij olimlarining fikrlariga qo‘shilgan holda kommunikativ kompetentlik “inson ko‘nikmalari muloqotda kommunikativ faoliyat sub’ekti sifatida rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari surgan. N.I. Gez kommunikativ kompetentlikni “turli ijtimoiy jihatdan belgilangan sharoitlarda tilni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyati” deb tushunadi . Tilni bilishdan tashqari, kommunikativ kompetentlik nutqni muloqotning maqsadi va holati bilan taqqoslash qobiliyatini, shuningdek, kommunikativ xatti-harakatlarning madaniy va ijtimoiy me’yorlarini hisobga olgan holda muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. SHu o‘rinda kommunikativ kompetentlikka nisbatan mukammal ta’rif M.R. Lvov tomonidan keltirib o‘tilgan bo‘lib, uning ta’kidlashicha, “kommunikativ kompetentlik – bu til va uning fonetik xususiyatlarini, leksik va grammatik birliklarini, stilistikasini, nutq madaniyatini, ushbu til vositalariga ega bo‘lishni va nutq faoliyati turlarini bilishni bildiruvchi tushunchadir. Shuningdek, nutq, tinglash, o‘qish, yozish - insonning ijtimoiy, kasbiy, madaniy talablari doirasida va kommunikativ kompetensiya tabiiy nutq faoliyati hamda maxsus tayyorgarlik natijasiga ega bo‘ladi”. Kommunikativ kompetentlik bir qator olimlar tomonidan “til yordamida o‘zaro ta’sirni amalga oshirish, ya’ni suhbatdoshlar bilan muloqot qilish jarayonida o‘z fikrlarini ifodalash va ulardan turli sharoitlarda foydalanish, tilshunoslik tizimini to‘g‘ri qo‘llash qobiliyati”, deb talqin qilinadi hamda nutq me’yorlari, ma’lum muloqot sharoitlariga mos keladigan kommunikativ xatti-harakatlarni afzal ko‘radilar”. A.N. Kazarsevning fikriga ko‘ra, “kommunikativ kompetensiya – bu begonalarni tushunish va muloqotning maqsad, sohalar, vaziyatlariga mos keladigan nutq xatti-harakatlari orqali o‘z dasturlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning jamlanmasidir. U nutq lingvistikasining asosiy tushunchalari – uslublar, turlar, matndagi jumlalarni bog‘lash usullari va boshqalar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi; matnni tahlil qilish malakalari va qobiliyatlari va muloqot qila olish qobiliyatlari - qabul qiluvchi va maqsadni hisobga olgan holda muloqotning turli sohalari va vaziyatlariga nisbatan og‘zaki muloqot qilish ko‘nikmalari va qobiliyatlari”. N. Xomskiy tomonidan kiritilgan “lingvistik kompetentlik” atamasi “kommunikativ kompetentlik” (D. Xayms) kabi tushuncha bilan to‘ldiriladi. “Mazkur konsepsiyada gapning grammatika qoidalariga bo‘ysunadigan o‘ziga xos qoidalari mavjudligi va ularning o‘zlashtirilishi muloqot jarayonida tildan foydalanish qobiliyatini ta’minlaydigan ma’noga ega edi” . O‘quvchilarning kommunikativ kompetentligiga nimalar kiritilishi kerakligiga ko‘plab yondashuvlar mavjud. D.Xayms bu erga diskursiv (aytilayotgan gapning ma’nosini qurish qoidalari) va strategik (suhbatdosh bilan aloqani davom ettirish qoidalari), grammatik (til qoidalari) va ijtimoiy-lingvistik (dialekt nutq qoidalari) kompetensiyalarini kiritishni zarur deb hisobladi. Keltirilgan fikrlardan ko‘rinadiki, kommunikativ kompetentlik tushunchasi o‘zining tarkibiga kiruvchi kommunikatsiya, muloqot, kompetentlik nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilingan. Shuningdek, mazkur tushunchalarining shaxsda shakllanishi ularda kommunikativ kompetentlikning rivojlanishiga olib keladi. Shunga muvofiq quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: – shaxsda muomala, muloqot malakalarining rivojlanishi ularda kommunikativ kompetentlikning taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi aniqlandi; – kommunikativ kompetentlikning shaxsda shakllanishi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishiga hamda muloqotchanlik malakalarining rivojlanishiga olib keladi; – o‘quvchi shaxsida ingliz tilini o‘rganishda kommunikativ kompetentlikning shakllanishi ularda til ko‘nikmalarining rivojlanishi bilan belgilanadi. Ushbu atama tomonidan ishlab chiqilgan Dell Hymes 1966 yilda, ning etishmovchiligiga qarshi munosabatda bo'lish Noam Xomskiy o'rtasidagi farq (1965) tilshunoslik va ishlash. Xomskiyning mavhum vakolat tushunchasini hal qilish uchun Xeyms o'z zimmasiga oldi etnografik "kommunikativ shakl va funktsiyalarni bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda" o'z ichiga olgan kommunikativ kompetentsiyani o'rganish. Hymes tomonidan kashf etilgan yondashuv hozirgi kunda aloqa etnografiyasi. Kommunikativ kompetentsiya tushunchasi uning asosida yotgan nazariyalardan biridir kommunikativ yondashuv chet tilini o'qitishga. Kamida uchta asosiy model mavjud. Birinchi va eng ko'p ishlatiladigan Canale va Swain modelidir va keyinchalik Kanale tomonidan takrorlanish. Ikkinchi modelda ijtimoiy-madaniy tarkibni 1995 yilda Celce-Murcia, Dornyei va Thurrell aniqroq ko'rsatib berishgan. O'z navbatida ular kommunikativ kompetensiyani lingvistik kompetentsiya, strategik kompetensiya, ijtimoiy-madaniy kompetensiya, amaldagi kompetensiya va nutq kompetentsiyasini o'z ichiga olgan. Kanadada federal tilni o'qitishda keng qo'llaniladigan uchinchi model - Baxman va Palmerning modeli. Ta’lim jarayonida talabalar kommunikativ kompetentligini shakllantirish maqsadida o‘qituvchining kasbiy pozitsiyasi tipologiyasini rivojlantirish modellarining samarali imkoniyatlarini ish tajribamiz davomida aniqlashga muvaffaq bo‘ldik1: 1. “Suqrot” modelining imkoniyatlari. O‘qituvchi faol bahs-munozaralarni tashkil qilish orqali auditoriyada keng e’tiborga sazovor bo‘ladi. Faol munozarada o‘ziga xos individualikka, doimiy intellektual bellashuv muhitini yaratishga asoslanadi, talabalar o‘z qarashlarini asoslashga izchil harakat qiladilar. 2. “Guruhiy munozara” modelining imkoniyatlari. Munozara asosan juftlikda va shamoaviy shaklda amalga oshiriladi. O‘qituvchi uchun o‘quv jarayonidagi asosiy jihat talabalar pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. 3. ”Mahorat” modelining imkoniyatlari. O‘qituvchi ibrat namunasi sifatida harakat qiladi, o‘zining har bir harakatini talabalarning e’tiborini tortishga qaratadi. 4. “Intizom” modelining imkoniyatlari. O‘qituvchi har qanday noaniqlikdan qochadi, talabchanlikni ta’kidlaydi, har doim har qanday vaziyatni tezkor tahlil qiladi va ijobiy echim bo‘ladigan maqbul fikrni ilgari suradi. Bu uslub pedagogik amaliyotda ahamiyatlidir. 5. «Menejer» modelining imkoniyatlari. Talabalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini rag‘batlantiradigan sama1 Muallif tadqiqotlari asosida. rali, auditoriya muhiti bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lib unda o‘qituvchi har bir talaba bilan hal qilinayotgan muammoning ma’nosini, sifat nazorati va yakuniy natijani baholashni muhokama qilishga intiladi. 6. «Murabbiy» modelining imkoniyatlari. Auditoriyadagi muloqot muhiti o‘zaro hamkorlik ruhi bilan qoplangan. Bu holatda talabalar bitta jamoaning o‘yinchilariga o‘xshaydi, bu erda har biri alohida shaxs sifatida muhim emas, lekin ular birgalikda ko‘p ish qilishlari mumkin. O‘qituvchining asosiy maqsadi - yakuniy natija, ajoyib muvaffaqiyat va g‘alaba uchun guruh a’zolari harakatlarini ilhomlantirish hisoblanadi. O‘qituvchilar talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishlari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda auditoriyada quyidagilarga amal qilishi kerak deb hisoblaymiz2: 1. “Muloqotga doimiy tayyorlik”. Muloqot jarayonidagi umumiy va shaxsiy to‘siqlarning mavjudligi ko‘pincha ma’lumotlarni talabalar tomonidan chala va noto‘g‘ri tushunishiga olib keladi. 2. “Aniqlik”. O‘qituvchi mavhum iboralar va so‘zlardan foydalanmasligi va juda keng tarqalmagan atamalarni ishlatmaslik kerak. 3. “Hatti-harakatlarni tizimlashtirish”. O‘qituvchi faqat nutqi va muloqot tarkibini boshqarishi emas, balki, yuz ifodalarini, imo-ishoralarni, intonatsiyani va hulqatvorini ham nazorat qilish kerak. 4. “SHaxsiy xatolik”. Muloqotda har doim o‘z shaxsiy nuqtai nazarimizni noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin deb taxmin qilishimiz kerak. Bu bizni jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi. 5. “Joy va vaqt”. Agar biror ma’lumotni etkazish o‘z vaqtida va eng maqbul vaziyatda amalga oshirilsa, har qanday ma’lumotning ta’sirchanligi keskin oshadi. 6. “Ochiqlik”. O‘z nuqtai nazarimizni bahsli holatlar ta’sirida yuzaga kelgan yangi vaziyatlarda qayta ko‘rib chiqishga tayyorlik, suhbatdoshning fikrini qabul qilish va hisobga olish qobiliyati. “Kommunikatsiya” so‘zi lotincha“communico” so‘zidan olingan bo‘lib, “umumiy qilayapman, bog‘layapman, muomala qilayapman” degan ma’nolarni anglatadi. “Kommunikatsiya” so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lgan “kommunikabellik” – “muomala qilishga layoqati bor” ma’nosida, ”kommunikabel” – “kirishimli, dilkash” ma’nosini bildiradi, shuningdek “kommunikativ” – ya’ni “kommunikatsiyaga oid”. Kommunikatsiya – bu, birinchi navbatda, faoliyat usuli bo‘lib, u insonlarning o‘zaro muomalaga moslashishini namoyon qiladi. Demak, kommunikatsiya o‘ziga xos o‘zaro fikr almashish jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin, buning natijasida o‘zaro yordam ko‘rsatish va murakkablikning turli darajalaridagi harakatlar muvofiqligi ta’minlanadi. Shuningdek, kommunikatsiyani muloqotning tarkibiy qismlaridan biri sifatida belgilash mumkin. E.N.Zaretskayaning fikricha, kommunikativ faoliyat ma’lum tartibda amalga oshiriluvchi izchil harakatlar tizimi bo‘lib, ularning har biri xususiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan va muomala maqsadi tomon qo‘yilgan o‘ziga xos “qadam” sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin”. Taniqli tadqiqotchi A.N.Leontevning konsepsiyasiga tayangan holda, unda “kommunikativ faoliyat”ning, aniq strukturaviy komponentlardan iborat (1.1-chizma) ekanini ko‘rish mumkin. Britaniya maktablarida oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida olingan. Ularni shartli ravishda bir nechta guruhlarga birlashtirish mumkin. Asosiy kompetensiyalar: muloqotga kirishish; hisob-kitoblar yuritish; axborot savodxonligi. Keng ko‘lamli tayanch kompetensiyalar: boshqalar bilan ishlay olish; o‘qish va takomillashish malakasi; turli masala va muammolarni echish ko‘nikmasi. SHu bilan birga, fanda sinonimik ma’noda qo‘llanadigan “kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarini o‘zaro farqlash lozim. Ushbu tushunchalar o‘zbek pedagogik maktabi uchun yangilik emas, biroq shunga qaramay, ularni turlicha tushunish kerakligiga e’tibor qaratish kerak. ISSN: 2181-3337 SCIENC “Kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarini farqlashda A.V.Xutorskiyning fikri diqqatga sazovor. “Kompetensiya”– predmet va jarayonlarning ma’lum doirasiga nisbatan shakllanuvchi shaxsning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sifatlari (bilimlar, qobiliyatlar, malaka va ko‘nikmalar, faoliyat usullari) majmuasi bo‘lib, ularga nisbatan sifatli va samarali ta’sir ko‘rsatish demakdir. Kompetentlilik– kishi tomonidan mos kompetensiyaga ega bo‘lishni anglatib, o‘z ichiga shaxsning unga va faoliyat predmetiga nisbatan muloqotini ham qamrab oladi. Ko‘rinadiki, “kompetentlilik” psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda professional faoliyatning ma’lum turlari bilan bog‘liq sifatlargaega bo‘lishni bildiradi. S.I.Ojegovning izohli lug‘atida “xabardorlik, bilganlik, biror sohada obro‘-e’tibor qozonish”ni anglatadi. Shuningdek, L.Xell va D.Zigler kompetentlilikka “psixosotsiologik sifat bo‘lib, kuch va ishonchni bildiruvchi, o‘z ishining muvaffaqiyatli va foydali ekanligidan kelib chiqqan tuyg‘u bo‘lib, insonga uning atrofidagilari bilan SHaxs muloqot qilayotgan sheriklarining o‘z fikri, dunyoqarashi, g‘oyalarini to‘la-to‘kis ifodalashga psixologik sharoitlar yaratish, vositalarning boy, turli-tuman palitrasini tashkillash, adekvatlikning barcha perseptiv, kommunikativ, interfaol qirralarini egallashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak”. Shuningdek, har qanday soha mutaxassisi faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lgan ma’naviy-axloqiy,kasbiy kompetensiya tamoyiliga ham rioya qilishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi bir qator o‘ziga xos tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ular orasida samarali va foydali faoliyatni ta’minlashda kommunikativ kompetentlilik alohida o‘rin tutadi. SHunday qilib, ma’lum sohada kompetentli bo‘lgan mutaxassis,sohagaoid masalalarda o‘z harakatlarini samarali qo‘llash bilan asosli mulohaza yuritishi uchunmos ravishdagi kompetensiyalarni ham egallagan bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda professional kompetentlilik deganda, individual-psixologik struktura ham tushuniladi, u bilim, kasbiy tajriba va pedagogning psixologik tayyorligini o‘z ichiga oladi. “Kommunikativ kompetensiya», tushunchasi tilshunoslar bergan ta’rifga ko‘ra, “shaxs tomonidan til va nutq madaniyatini bilish asosida shakllantirilgan turli kommunikativ hodisa va vaziyatlardagi nutqiy axloq tizimi ekanini ta’kidlash lozim. Bu tizim tarkibiga kommunikativ rollarni(so‘zlovchi va tinglovchi), shuningdek, ijtimoiy rollarni, nutq strategiyasi va taktikalarini, etik va odob-axloq qoidalarini egallash kiradi, ularda ushbu madaniyatda qabul qilingan shaxsning turli ijtimoiy Pedagogik kompetentlilik quyidagilarda namoyon bo‘ladi: “Pedagogga xos bo‘lgan mahorat asosini tashkil etuvchi pedagogik muloqot madaniyati uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, pedagogning talabalar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo‘lishiga intiladi”. Zamonaviy ijtimoiy va kasbiy sharoitlarda kompetentlilik muloqotini rivojlantirish uni uyg‘unlashtirishning qator prinsipialmuhim yo‘nalishlarini taqozo qilishi mumkin. Biroq amaliyot uchun “kommunikativ kompetentlilikni to‘laqonli rivojlantirish uchun muloqotning xizmatga oid-amaliy yoki rolli, shuningdek, boshqa shaxsiy turlarini cheklash muhim. Odatda, tafovut uchun asos sheriklar orasidagi psixologik masofa bo‘ladi, bu “men – sen - kontakt”. Modomiki, gap nafaqat “tashqi” ma’lumotlar, balki birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan xizmatga oid namunali(tipovoy) vazifa haqida borar ekan shaxs sherigiga o‘zi, o‘z ichki dunyosini namoyon qiladi, bunda sherikka “yaqin inson” maqomini beradi, muloqot esa tom ma’noda ishonchli bo‘ladi”. Umuman kommunikativ kompetentlilik quyidagi o‘ziga xos integratsion xususiyatlardan iborat: 1. Muloqot amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kommunikativ vaziyatni negizini ijtimoiy-psixologik prognozlashtirish. 2. Muloqot jarayonini o‘zini ijtimoiy-psixologik dasturlash, bunda kommunikativ vaziyatning o‘z-o‘ziga xosligiga alohida e’tibor qaratiladi. 3.Kommunikativ vaziyatda muloqot jarayonlarini ijtimoiypsixologik boshqaruv xususiyatlari bilan amalga oshirish. Kommunikativ kompetentlilik “tug‘ma qobiliyat bo‘lmay, inson tomonidan ijtimoiy-kommunikativ tajribani egallash jarayonida shakllanuvchi qobiliyatdir. Kommunikativ-ijtimoiy tajriba, avvalo, munosabatlarni o‘zgartirish mexanizmini o‘z ichiga olib, nutqni stilistik jihatdan turli variantlarda qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishning asosida muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi rolli muloqotlarning o‘zgarishi yotadi”. O‘qituvchining kommunikativ kompetentliligi tushunchasi o‘z ichiga quyidagi harakatlar uchun zarur bo‘lgan uyg‘unlashgan kompetensiyalarni kiritishni talab etadi: - shaxslararo idrok qilish va kommunikativ muloqot(perseptiv komponent) vaziyatlarinibaholash; -kommunikativ muloqot (refleksiv komponent) jarayonida o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘z-o‘ziga baho berish; - shaxslararo muloqot uchun mos vositalarni tanlash; - muloqot jarayonini boshqarish va inson axloqini mos ravishda tartibga solish. Bunda konsepsiyaga mos ravishda darajalar tuzilishi qat’iy ierarxiyaga asoslangan – yuqori daraja quyidagilarini belgilaydi. XULOSA. Kommunikativ kompetentlilik pedagog tomonidan tanlangan kommunikatsiya uslubida va muloqotdagi rolli o‘rinlarda o‘z ifodasini topishi mumkin, ular etakchilik qiluvchi o‘zaro ta’sir qilish maqsadlari bilan ta’minlanib, barqaror ekspressiv xususiyatlar, shu bilan bir qatorda,muloqot vaziyati jarayonidagi kommunikativ harakatlar bilan tavsiflanadi. Pedagogning kommunikativ pozitsiyasi uning muloqotning belgilangan maqsadlariga erishish yo‘llari hamda suhbatdoshi shaxsiga nisbatan bo‘lgan munosabati, shuningdek, o‘zaro ta’sirning aniq muloqot uslubi jarayonida amalga oshishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos talablarini aks ettirishi mumkin. SHuningdek, muayyan muloqot uslubi ham mavjud bo‘lib, bunda biz insonning uni o‘rab turgan kishilar bilan o‘zaro bog‘lanishi sharoitlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday kommunikativ xulq-atvorining individual, barqaror shaklini tushunamiz. Odatda, rolli vaziyatning almashishi insonda muloqot uslubining almashinishiga olib keladi. Aynan shuning uchun muloqot uslubini muayyan nuqtai nazarni ifodalashning alohida shakli deb hisoblash mumkin. Kommunikativ kompetentlilikning mohiyati va tuzilishini sinchkovlik bilan o‘rganish bizga ikkita, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan darajalarni ajratish imkonini berdi: birinchi daraja bevosita muloqotning o‘zida kommunikativ kompetentlilikning namoyon bo‘lishini belgilab beradi, ya’ni insonning kommunikativ xulq-atvorida; ikkinchisi, o‘qituvchi kasbiy motivatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘naltirilishi, uning muloqotga alohida ehtiyoji orqali pedagogikkommunikativ qadriyatlarni kiritishi kerak. Ko‘rib chiqilgan komponentlarning barchasi jamlanganda, kommunikativ kompetentlilikning ma’lum mazmun-mohiyatini namoyon qiladi va inson shaxsining o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini taqozo qilgan eng murakkab sifatlarini shakllantiradi. Natijada kommunikativ kompetentlilik pedagogning muhim ahamiyatli kasbiy-yo‘naltirilgan tavsiflaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi, ushbu kompetentlilikning rivojlanishi esa oliy professional ta’limda birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichlari, ta’limdagi yangi paradigmalar - bularning barchasi kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muammosini yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Download 38.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling