Komyuter quyi tizimi, kompyuter funktsional birliklari oʻrtasida maʼlumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi
Download 167.07 Kb.
|
KTA Turg\'unov 4-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISA (Industry Standard Architecture) shinasi
- EISA (Extended ISA ) shinasi
Kengaytirish shinalari
Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga еga: PC/XT bus va PC/ AT bus. PC/XT bus shinasi - 4,77 MGc taktli chastotaga mo’ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga еga (DMA - Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprotsessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi. PC/AT bus shinasi - 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo’lishi mumkin; apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga еga. 80286 MP bilan ishlatiladi. ISA (Industry Standard Architecture) shinasi - 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo’lish koеfficienti ko’paytirilgan); PC/XT va PC/AT shinalariga nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko’paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko’paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o’tkazish qobiliyati 16 Mbayt/s ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish xossalariga bog’liq ravishda 4-5 Mbayt/s atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP lar paydo bo’lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to’siq bo’lib qoldi. EISA (Extended ISA ) shinasi - 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kеsh-TX kanali bo’yicha almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish razyomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to’liq mos keladi (ISA ni ulash uchun razyom bor), shina hisoblash tizimlarining ko’p processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi. Download 167.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling