Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi - barcha qurilmalar bitta razyomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni Plug-Play texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. Plug-Play texnologiyasi (ula va ishla) “issiq” almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni uzmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguratsiyalanadi. Shinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s.
Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish qobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar:
Fire Wire – “olovli sim” nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port - tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga еga, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi.
Fire Wire shinasi yordamida Plug-Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi.
Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydigan Fibre Channel shinasini tavsiya еtish mumkin
CEB tizimli platasining asosiy ko`rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |