Kon mashinalariga texnik xizmat ko’rsatish tizimlari reja


KON MASHINALARINING YURISH ORGANLARI


Download 164.61 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi164.61 Kb.
#1506637
1   2   3
Bog'liq
KON MASHINALARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH TIZIMLARI

KON MASHINALARINING YURISH ORGANLARI. YURISH ORGANLARINING TURKUMLARI

Kon mashinalarining yurish organlari ularni ish va manyovr jarayonida lozim bo‘lgan tortish kuchi ta’sirida yurishi uchun xizmat qiladi.


kon mashinalari yurish organlarining asosiy xususiyatlari ular ishchi-yurish tezligining (0,l—0,2 dan 6—l0 m/min gacha) ki- chikligi hamda yurgizish uchun tortish kuchining yuqoriligi (l50— 200 kN) dir. Qirg‘ich qurilmalarining qirqish tezligi 0,5—0,7 m/s, o‘rtacha tortish kuchi 200—240 kN bo‘lganda qirqish tezligini l,5—3,0 m/s gacha ko‘paytirishga zarurat borligi ko‘zga tashlan- moqda. katta quvvatli lahim o‘tish kombaynlarining (Mk8, Mk9, uMM2, Mkl0) zaboyga bosim kuchi 300—600 kN gacha yetadi,
«Cods—l9M» lahim o‘tuvchi shitning bosim kuchi 2000 kN va undan ham ko‘proqdir.
kombaynlar yurish organlarining turi va konstruktiv tomoni- dan qanday bajarilganligidan qat’iy nazar ular quyidagi asosiy talablarga javob bera olishi kerak:

  • qo‘l yoki avtomatik ravishda tartibga solinadigan uzatish tezligiga aniq fiksatsiya qilinishi, shuningdek, yurish tezligini o‘zgartirish mumkin bo‘lishi;

  • zarur bo‘lgan tortish kuchini ta’minlashi mumkinligi;

  • ishonchli chegaralanadigan katta tortish kuchi va ikkita har xil tezlikka bir vaqtda ulashni blokirovka qilish mumkinligi;

  • zanjirning tebranishini to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi;

  • yuqori ishlatish ishonchliligi va ishlatishda xavfsiz hamda qulay bo‘lishi, kon mashinalari ish rejimining optimallashtiril- ganligi, ishchi uzatish tezligini zaboyning qarshiligiga va boshqa tashqi qarshiliklarga bog‘liq holda rejalashtirilganligi, shuningdek, qamrash balandligi va kengligiga bog‘lab tezligini o‘zgartirish mumkinligi talab qilinadi.

Yuruvchi organlari ish rejimlarining dinamik ravishda o‘zgari- shida, shuningek, qisqa muddatda ishchi kuchining oshib ketishida mashinaning to‘xtamasligini ta’minlovchi saqlagich (mpepoxpa- mmteua)ga ega bo‘lishi kerak. Qiya va tik qatlamlarda ishlaganda saqlagich yoki to‘xtatkich (ctomop)ga ega bo‘lishi kerak, bu mos- lamalar sim arqon uzilganda mashinani ushlab qolishi uchun kerak bo‘ladi. Hamma yuruvchi organlar ikkita bosh organlardan: kerak bo‘lgan tortish kuchini ma’lum tezlikda tashkil qilish uchun — uzatish mexanizmidan va mashinaning yurishini tashkil qiluvchi shaxsiy tortuv bosim organidan tashkil topgan bo‘ladi.
Asosiy rejim va konstruktiv belgilarga qarab yurish organlari quyidagi turkumlarga bo‘linishi mumkin:

    1. ish rejimiga qarab, shu jumladan:

  • surilish usuliga ko‘ra — flanga (bir tomon)dan va frontal (birdaniga) suriladigan;

  • uzatish usuliga ko‘ra — tortish kuchi va zo‘riqish kuchi bilan;

  • uzatish xarakteriga ko‘ra — uzlukli va uzluksiz uzatuvchi;

  • tartibga solinmaydigan va tartibga solinadigan;

  • uzatish tezligining xarakteri va tartibga solish sistemasiga ko‘ra — qo‘l bilan yoki avtomatik, pog‘onali yoki bir me’yorda tartibga solinadigan;

    1. konstruktiv tayyorlanishiga qarab, shu jumladan:

  • yurish organining konstruksiyasiga ko‘ra — sim arqon (ka- mat), zanjir, g‘ildirak, gusenitsa, domkrat, friksion sevochniy va h.k.;

  • uzatish mexanizmining yuritmasiga ko‘ra — elektrik, pnev- matik, gidravlik va aralash;

  • yuritmaning soniga ko‘ra — bitta, ikkita va ko‘p yuritmali;

  • boshqarish sistemasiga ko‘ra — joyidan va masofadan bosh- qariladigan;

  • kon mashinasining kompanovkasiga ko‘ra — yurish organ- lari o‘zining ichiga va tashqariga joylashtirilgan.




Download 164.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling