Konchilik elektr mexanikasi


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1217871
  1   2
Bog'liq
Эл маш ва ЭЮ курс иши

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY-KON METALLURGIYA KOMBINATI DAVLAT KORXONASI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI


KONCHILIK FAKULTETI
KONCHILIK ELEKTR MEXANIKASI” KAFEDRASI



ELEKTR MASHINALAR VA ELEKTR YURITMA
fanidan kurs ishini bajarish uchun

USLUBIY KO’RSATMA

Navoiy – 2019
Tuzuvchi:
A.A.Xamzayev-Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi katta o’qituvchisi

“Elektr mashinalar va elektr yuritma” fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Konchilik elektr mexanikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun. Navoiy: NDKI, 2019y.


Uslubiy ko’rsatma talabalarga amaliyot mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlarni bajarish tartibi, bajarish uslublari to’g’risida tushuncha beradi.
Uslubiy ko’rsatma “Elektr mashinalar va elektr yuritma” fanining na’munaviy va ishchi dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Uslubiy ko’rsatma «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasining yig’ilishida muxokama qilingan va foydalanishga ruxsat etilgan.


Navoiy davlat konchilik instituti o’quv – uslubiy Kengashining «___»_________ 2019 yil ruxsati bilan chop etilgan.



Taqrizchilar:

NKMK markaziy loyihalash byurosi kon


elektr mexanikasi guruhi rahbari, t.f.n. Zaripov SH.U.

“Konchilik elektr mexanikasi”


kafedrasi mudiri dotsient. t.f.n. Maxmudov A.M

KIRISH
Konchilik korxonalaridan barcha mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida ishlatiladi.
Elektr yuritma deb elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartirish va mashina-mexanizmlarning ishchi organlarini xaraktlantirish uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga aytiladi.
Mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish liniyalarini texnologik ko’rsatkichlari asosan ularda qo’llaniladigan elektr yuritmalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi. Ma’lumki, elektr yuritma har qanday sanoat qurilmasining asosiy elementidir. SHuning uchun turli mashinalar yaratish ulardagi elektr jihozlari, shu jumladan elektr yuritmalarni hisoblash va loyixalashtirish bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Elektr yuritma boshqa turdagi yuritmalardan – yuqori boshqaruvchanli xususiyati, alohida mashina va mexanizmlarga bir yoki bir necha yuritgichlarni o’rnatish mumkinligi, ish mashinalarning kinematikasini soddalashtirish, yuqori FIK, ixchamliligi, katta ishga tushirish momenti, konstruktsiyasining soddaliligi, ishchanliligi, tezligini keng rostlash qobiliyati, hamda boshqarishni masofadan yoki avtomatik ravshda bajarishi mumkinligi bilan ajralib turadi.
Har bir bo’lajak elektr mexanikasi sohasidagi muxandis ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini va qurilmalarni yaxshi bilishlari, ulardagi elektr yuritmalarni xarakteristikalarini qurish, quvvatini hisoblash va tanlash, asosiy parametrlarini aniqlash, tezligini rostlash va ularni avtomat ravishda boshqarish kabi masalalarni yaxshi bilishlari kerak.
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar elektr yuritmalarning dvigatel va generator rejimlaridagi elektromexanik xususiyatlarini, boshqarish usullarini tahlil va tadqiqot qilish bo’yicha amaliy ko’nikma va malaka hosil qiladilar.
Uslubiy ko’rsatmada elektr yuritma asoslari bo’yicha elektr motorlarni ishga tushirish sxemalarini yig’adi va ular haqida ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Elektr motorlarni ishga tushirishda avzallik va kamchiliklari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling