Konchilik elektr mexanikasi”kafedrasi «Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish» fanidan kurs loyihasi bajaradi


Download 0.62 Mb.
bet2/16
Sana14.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1266991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
pokiza el kurs2

20
25
27


30
32
35

Adabiyotlar ro’yxati________________________________________

36


Kirish
Konchilik - mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo’lib, xalq xo’jaligini rivojlantirish va samaradorligini yuqori bo’lishini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko’mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko’plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadilar.
Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapitaltalabligi, shuningdek kon qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakkablashi va nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, balki butunlay xalq ho’jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq ho’jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismi er yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xom ashyoning katta qismi (80-85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimi elektr iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bunyod etiladi. Sanoat korxonalarining sex elektr iste’molchilariga quyidagilar kiradi: har xil mexanizmlarning elektr yuritgichlari, elektr pechlari va elektrotermik uskunalar, elektroliz qurilmalari, elektr payvandlashlar uchun kerakli apparat va mashinalar, yoritish qurilmalari, elektr filtrlar va boshqalar.
Sanoat korxonalarining asosiy manbasi bo’lib tuman elektr tarmoqlari tizimi hisoblanadi. Sanoat korxonalarining elektr iste’molchilari va elektr energiya manbalari orasidagi masofalar juda uzoq bo’lganligi uchun, podstansiyalarda o’rnatilgan transformatorlar orqali kuchlanishni 110 kV va undan yuqori miqdorda oshirilib korxonalarga yuboriladi. Bu esa, o’z navbatida uzatish va taqsimlash liniyalarida energiya isrofini kamaytiradi.
Korxonalarning elektr energiyasini qabul qilish jarayoni podstansiyalarda kuchlanish miqdori pasaytirib iste’molchilarga uzatish orqali kuzatiladi.
Ushbu fanni, keyinchalik, talabalarni sanoat korxonalari miqyosida ishlashi davomida, loyihalash jarayonini, elektr qurilmalarni tanlash va hisoblashda, hamda davr talabidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy holatini hisobga olib, tejamkor elektr uskunalarni o’rnatishiga yordamchi hisoblanadi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling