Konchilik elektr mexanikasi”kafedrasi «Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish» fanidan kurs loyihasi bajaradi


-rasm. Elektr iste’molchilarni ta’minlash manbaiga ulash sxemasi


Download 0.62 Mb.
bet9/16
Sana14.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1266991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
pokiza el kurs2

3-rasm. Elektr iste’molchilarni ta’minlash manbaiga ulash sxemasi
3.a-rasmda sex podstansiyasining taqsimlash punktidan (RP) sexning turli joylarida joylashgan kichik guruhdagi motorlarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi va yuqori quvvatli iste’molchilarni (nasos motorlarini, kompressorlarni, yirik presslash qurilmalarini va boshqalar) elektr energiya bilan ta’minlash esa 3.b-rasm bo’yicha amalga oshiriladi.


Radial sxemalardaelektr energiyasi BPP yoki MTP dan to’g’ridan to’g’ri sex podstansiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar moslanuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi, hamda quvvati o’rta va katta bo’lmagan korxonalarda markazdan har tomonga tarqalgan iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar, o’zgartirish qurilmalari, sex podstansiyalari) elektr energiyasi bilan ta‟minlashda ishlatiladi. Radial sxemalar manbadan sex podstansiyalarining yig’ma shinalarigacha bo’lgan oraliqdagi elektr ta’minoti sxemasini seksiyalash imkonini beradi.
Magistral sxemalarda bir nechta transformator podstansiyalari yakka yoki qo’sh magistralga shoxobchalar orqali ulanadi.Magistral sxemalarning qo’llanilishi kommutatsiya apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlar qurishni arzonlashtirib, korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistral sxemalarning ishonchlilik darajasi kichik bo’lganligi uchun ushbu sxema uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo’sh magistral sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bitta magistral sxema orqali
2-5 podstansiyalarni elektr energiya bilan ta’minlaydi.
Transformator podstansiyalarining seksiyalari normal holatda alohida-alohida ishlaydilar.Biror magistral sxemada favqulodda (авария) holat sodir bo’lsa, transformator podstansiyalarining yuklamalari ikkinchi magistral sxemaga o’tkaziladi.Bu vazifa seksiyalararo uzgich orqali bajariladi.
Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud:
- bir yoki ikki tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar;
- halqasimon sxemalar;
- ikki va undan ko’p parallel magistral sxemalar.
Bir tomondan ta’minlanuvchi yakka liniya va halqasimon magistral sxemalarning ishonchlilik darajasi radial sxemalarga nisbatan past hisoblanadi. Halqasimon va ikki tomonlama ta’minlanadigan 10 kV li magistral sxemalarda himoyalash tizimlarining murakkabligi uchun ular normal rejimda yopiq holatda bo’lmaydilar.
Korxonaning ichki elektr ta’minoti tizimida faqat radial yoki faqat magistral tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi. Odatda yuqori quvvatli iste’molchilarning elektr ta’minoti radial sxemalarda, o’rta va kichik quvvatli iste’molchilar esa magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi korxona ichki elektr taminoti tizimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashiga olib keladi.
Magistral sxemalar quyidagi xususiyatlarga ega:
- magistral sxemaning ishonchliyligi radial sxemaga nisbatan bir muncha kam;
- magistral sxemaning tannarxi radial sxemaga nisbatan arzon;
- magistral tarmoqlarni tez ta’mirlash (монтаж) imkoniyati bor;
- magistral tarmoqlarda kuchlanish va quvvat isroflari kichik, ammo qisqa tutashuv toki katta bo’ladi.

Magistral tarmoqlarning sxema ko’rinishlari quyidagi rasmlarda keltirilgan:




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling