Konchilik elektr mexanikasi”kafedrasi «Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish» fanidan kurs loyihasi bajaradi


Download 0.62 Mb.
bet6/16
Sana14.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1266991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
pokiza el kurs2

3-jadval




Sexlarning nomlanishi

Qx.ku

КУ soniva turi

Qn.ku

Qx.kk

Sx.kk

cosф

tgф

1

Transmissiya sexi

538,5




558

261

790,67

0,94

0,35

2

Nasosxona

560,9




558

454

1435,73

0,95

0,33

3

Quyuv sexi

341,2




375

390

1325,98

0,96

0,31

4

Yig’ish sexi1

3518,3




3750

477,37

1951,62

0,97

0,25

5

Bo’yash va ajratish sexi

643,0




648

258,75

824,84

0,95

0,33

6

Shesteren sexi

619,2




648

273,375

870,90

0,95

0,33

7

Zavod boshqarmasi zavodi

88,8




108

72

267,81

0,96

0,28

8

Yig’ish sexi 2

689,4




750

228,88

807,14

0,96

0,30

9

Markaziy ta’mirlash

236,4




258

82,48

284,27

0,96

0,30

10

Tanlash binosi

141,9




150

92

301,11

0,95

0,32

11

Motor sexi

2241,5




2250

429,3

1268,89

0,94

0,36

12

Shtamp preslash binosi

627,4




633

279,6

853,05

0,94

0,35

13

Yordamchi moslama ombori

70,7




75

56,04

147,62

0,93

0,41

14

Oshxona

51,9




75

20,256

119,51

0,99

0,17

15

Kompressorxona

476,7




450

401,2

1198,67

0,95

0,36



2.3 Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning o‘rnini topish. Elektr
yuklamalar kartogrammasi
Sanoat korxonalarining bosh pasaytiruvchi podstansiyalarida, elektr energetikasi tizimidan uzatilgan yuqori kuchlanishli (35, 110, 220, 500 kV) elektr energiyasini
6-10 kV li kuchlanishga pasaytiradi. Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning o’rnatish joyini to’g’ri tanlash, sanoat korxonasining elektr ta’minoti tizimini optimal loyihalashdagi asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Korxonaning elektr ta’minotini loyihalash jarayonida, uning bosh plani berilib, unda barcha sexlar va boshqa ob’yektlar ko’rsatilgan bo’ladi. Sexlarning joylashish tartibi korxonaning texnologik jarayonidan kelib chiqadi. Planda sex va boshqa ob’yektlardagi qurilmalarning o’rnatilgan quvvatlari ko’rsatiladi. Bulardan tashqari ayrim sex va korxonaning aktiv va reaktiv quvvatlarining yozgi va qishki fasllariga tegishli bo’lgan xarakterli kunlik grafiklari beriladi.
Korxonaning bosh pasaytiruvchi podstansiyasining joylashish o’rinlarini to’g’ri tanlash elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf- xarajatlarni kamaytiradi. BPP ni joylashish o’rnini to’g’ri tanlash uchun, korxonaning bosh planiga elektr yuklamalar kartogrammasi chiziladi.
Elektr yuklamalar kartogrammasi deb, har bir ob’yekt va sex maydonlarida chizilgan doiralar tushuniladi. Ularning markazlari sifatida, ob’yekt va sex bosh planlarining markazlari olinadi. Chizilgan doiralarning yuzalari, olingan masshtab bo’yicha sex yuklamalariga teng bo’ladi.Sex yoki korxona yuklamalarining markazlari, elektr energiyasini qabul qiluvchi iste’molchilarning simvolik markazi hisoblanadi. Bosh pasaytiruvchi podstansiya va sex podstansiyalarining imkoniyat chegarasida ushbu markazga joylashtirish kerak. Bu esa, yuqori kuchlanishli elektr energiyasini iste’molchilarga yaqinlashtiradi, yuqori va past kuchlanishli tarqatuvchi elektr tarmoqlarining uzunligini qisqartiradi, sarflanadigan o’tkazgichlar uzunliklarini kamaytiradi va elektr energiyasini nobudgarchiligining kamayishiga olib keladi. Bulardan tashqari, elektr yuklamalar kartogrammasi asosida elektr yuklamalarni korxona hududida qanday taqsimlanganligini tasavvur qilish imkoniyati yaratiladi(2-rasm)


- sexning 10 kV kuchlanishli elektr yuklamalari sektori.
- sexning hisobiy yoritish yuklamasi sektori, (ya’ni, sexning 220 V kuchlanishli elektr yuklamalari)
- sexning hisobiy yuklamasi sektori, (ya’ni, sexning 380 V kuchlanishli elektr yuklamalari)
2–rasm. Sex quvvatlarining sektorlarga bo’lingan tasviri

Elektr yuklamalar kartogrammasini aktiv va reaktiv yuklamalar uchun alohida-alohida qurish maqsadga muvofiqdir. Chunki aktiv va reaktiv quvvat iste’molchilarning korxona maydoni bo„yicha joylashishlari har xil bo’lib, ular ayrim-ayrim manbalarga ulanishlari mumkin.


Nasosxona uchun elektr yuklamalar kartogrammasini quramiz, bunda,
m=10 kVt/sm2 ga teng deb qabul qilamiz.
Elektr yuklamalar kartogrammasini aktiv yuklamalar uchun quramiz va doira radiusini 2-jadval ma’lumotlari asosida aniqlaymiz.

π– matematik doimiy bo’lib, π=3,14 ga tengdir va hisoblashlarda o’zgarmas qiymat deb qabul qilamiz;
m – doira yuzini aniqlash uchun tanlangan mashtab.
Sektorlarning markaziy burchaklari quyidagicha aniqlanadi:

Xuddi shu tartibda, qolgan sexlar uchun doira radiusi va quvvatlar sektorini aniqlab, natijalarini 4-jadvalga kiritamiz.
Elektr yuklamalarining shartli markazini aniqlaymiz. Elektr yuklamalarining shartli markazini aniqlash uchun, har bir sexni X va Yo’qidagi ko’rsatkichlarini Pum ga ko’paytirib, natijalarini 4-jadvalga kiritamiz va ularning summasini aniqlaymiz (masalan, Nasosxona x=19,4sm va y=10,8sm ga teng).
Elektr yuklamalar kartogrammasini qurishda, doiralarning markazlari sex shakllarining geometrik markazlariga joylashtiriladi.Qurilgan elektr yuklamalar kartogrammasi asosida korxona yuklamalarining shartli markazi aniqlanadi.Sex yuklamalarining yuzasi uning yuzasi bo’yicha tekis taqsimlangan deb faraz qilinsa, yuklamalarining shartli markazi sex geometrik shaklining markazida deb qabul qilinadi. Korxona yuklamalarining shartli markazini kordinatlari quyida formuladan hisoblanadi: 4-jadval






Sexlarning nomlanishi

X

Y

Pum*x

Pum*y

R

a.ёр

1

Transmissiya sexi

11,6

20,4

8657,64

15225,50

3,98




2

Nasosxona

1,5

13,5

2042,85

18385,61

5,37




3

Quyuv sexi

34,3

20,3

43462,14

25722,49

5,18




4

Yig’ish sexi1

34,2

33,5

64718,31

63393,67

6,3




5

Bo’yash va ajratish sexi

40,6

9,4

31798,29

7362,17

4,0




6

Shesteren sexi

14,6

35,5

12072,44

29354,23







7

Zavod boshqarmasi zavodi

57,3

17,7

14780,59

4565,73







8

Yig’ish sexi 2

48,9

33,4

37848,81

258551,74







9

Markaziy ta’mirlash

26,3

10,8

7154,75

2938,07







10

Tanlash binosi

51,5

28,8

14765,84

8257,40







11

Motor sexi

41,9

39,5

50031,34

47165,58







12

Shtamp preslash binosi

44,8

20,7

36105,62

16682,73







13

Yordamchi moslama ombori

30,4

42,7

4151,56

5831,30







14

Oshxona

57,3

12,3

6748,71

1448,68







15

Kompressorxona

12,6

45,4

14232,07

51280,64













bu yerda, Pumi; xi; yi i chi sexning umumiy hisobiy aktiv quvvati va uning geometrik markazining koordinatlari hisoblanadi.


Agar har xil sabablarga (texnologik, arxitekturaviy, ekologikvah.k) ko’ra, bosh pasaytiruvchi podstansiyani korxonaning yuklamalarining shartli markazi aniqlangan nuqtada o’rnatishning iloji bo’lmasa, uni tashqi elektr manbasi tomonga siljitish tasviya etiladi.


Agar korxona sexlariga elektr energiyasini tizimdan markaziy tarqatish punkti orqali uzatiladigan bo’lsa, uni o’rnatish joyini aniqlash dayuklamalarining shartli markazini hisoblash shart emas.Markaziy tarqatish punkti o’rnitanlanganda elektr energiyasini teskari tomonga uzatilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.Bunday talab bajarilganda o’tkazgich materiallari tejaladi va elektr energiyasi nobudgarchiligi kamayadi.
Sex transformator podstansiyalarini iloji boricha iste’molchilar guruhiga yaqin joylashtirish zarur. Bundan tashqari podstansiyaning o’rnini tanlanganda, ishlab
chiqarish binosining shaklini, texnologik qurilmalarini joylashishini, sovitish
sharoitlarini, yong„indan xavfsizligini va ishlatiladigan elektr jihozlarining turlarini hisobga olish kerak bo„ladi.
Ko’p hollarda, podstansiyalar sex ichida, sex binosiga ichki yoki tashqi tomonidan biriktirilgan tarzda quriladi. Sanoat korxonalari elektr ta’minotida komplekt transformator podstansiyalari keng ishlatiladi.
Bunday komplekt transformator podstansiyalar zavod tomonidan to’la yig’ilgan holatda keltiriladi. Ular transformatorlar va komplekt taqsimlash qurilmalaridan tashkil topgan bo’lib, manzilga yetkazish oson, kam joyni egallaydi, hamda ta’mirlash ishlarini tezkorlik bilan bajarish mumkin.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling