Konchilik” fakulteti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi
Download 1.47 Mb.
|
Geologiya amaliy
Geoxronologik jadval
Geoxronologik jadval
Nazorat savollari Absolyut geoxronologiya deb nimaga aytiladi? Era deb nimaga aytiladi? Davr deb nimaga aytiladi? Arxey, proterazoy, paleozoy, mezazoy, kaynazoy eralarining kelib chiqishi va qanday ma’nolarni anglatishini ayting? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil. 2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil. 3. Hayitov O.G’ Geologiya. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2005 yil 4. B.Toshmuhammedov. Umumiy geologiya. “Noshir” 2011 yil 5. Tarqatma materiallar.
Burg’ qudug’i ma’lumotlari, millimetrovkali qog’oz, joyning geoliogik kartasi, rezinka va qalam.
Gеоxrоnоlоgiya - Yerning tаriхiy gеоlоgik vа pаlеоgrаfik rivоjlаnish yilnоmаlаrning (shаjаrа) tаrаqqiyotini аniqlаydi. Gеоhrоnоlоgiya - lоtinchа gео - Yer, хrоnоs - vаqt, lоgоs - fаnni o’rgаnish. Gеохrоnоlоgiyadа gеоlоgik vаqtning uzоq оrаliq vаqti - 2 tа e’оn mаvjud. 1.Kriptоzоy eоni: Kаtаrхеy, Аrхеy vа Prоtyerоzоy erаlаrini O’z ichigа оlаdi. 2.Fаnyerаzоy eоni: Pаlеоzоy, Mеzоzоy vа Kаynаzоy erаlаridаn tаshkil tоpgаn. Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik va mukammal geologiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan qismlar orqali aniqlangach, qatlamlarning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi. Stratigrafiya ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlarning geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarus, indeks, tog' jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jinslarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog' jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma-ket joylashtirilib, har bir bo'linmalarning yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi. Stratigrafiya ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi. Stratigrafiya bo'linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chiziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichiga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalarning qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi. Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi. Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stratigrafiya ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi. Amaliy ishni bajarish tartibi: Geologik kartada burg’ulangan quduqlarning natijalariga asoslanib, ko’rsatilgan maydonda poleozoy, mezazoy va kaynazoy eralariga mansub bo’lgan tog’ jinslari yotqiziqlari tarqalgan bo’lib ular cho’kindi, magmatik, effuzif va intruziv hamda metamorfik genetik turlardan iborat. Stratigrafik kolonka tuzish uchun berilgan maydonning geologik kartasiga asoslanib quduqdan olingan metamorfik tarkiblarni maxsus chizilgan kolonkaga masshtabda geologik yoshi, qatlamning qalinligi, stratigrafik indeksi, tog’ jinslarining qisqacha xususiyati, eralar, davrlar, bo’limlar kiritiladi. Qo’yidagi geologik kartada tabiiy hosil bo’lgan joyning hududda mezazoy, kaynazoy, yotqiziqlari ularning tarqalish hududlari chegaralari, to’rtlamchi Q4 davr yotqiziqlari ularning qatlamlardagi nomutanosibligi ko’chkilar sodir bo’lishi mumkin bo’lgan era relefi, qirqim chizig’i, buloqlar, burg’quduqlari va tartib nomlari daryodagi suv sathi va absalyut balandligi hamda rel’efni ifodalovchi gorizontallar o’tkazilgan bo’lib, shu kartadagi asosiy ko’rsatgichlarga asoslanib kartada sizga berilgan topshiriqni variantingiz bo’yicha qo’yidagi tartibda bajaring kartada trassalarni, qirlarni, suv ayirgich qirralarini, botqoqlikni, soylarni, yoshlari bilan farq qiluvchi tog’ jinslari komplekslarini, hamda geologik jarayonlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlang. Shundan keyin kartada hosil bo’lgan bir xil jinslar tarqalgan xududlar rayonni ajrating. Daryolarni trassasi, uzanni ajrating, vodiyning haqiqiy bortlarini aniqlang, suv bo’linadigan maydonlarni ajrating, vodiy soylarini va jarlarini aniqlang. Ajratilgan rayonlarni gidrogeologik va gruntlar turlaruni sharoitiga qarab rayonlarga bo’ling. Masalan: xududlarni botqoqli hududlarga bo’lsa bo’ladi.Undan keyin jadvalni kartaga qarab, o’tkazilgan kesimdan, burg’ quduqlari ma’lumotlariga va boshqa kesimlar natijalariga qarab to’ldiring. Stratigrafik ustun nima? Relyefning dengiz sathi bilan barobar bo'lgan qismi qanday belgilanadi? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling