"Konchilik ishi" kafedrasi
Asosiy gorizontni tayyorlash usullari
Download 437,02 Kb.
|
Abduraxmonov BMI-2023 (2) (3) (5) (3)
3.1.2. Asosiy gorizontni tayyorlash usullari
Asosiy gorizontni tayyorlash usullari ruda tanasini qalinligiga uning og‘ish burchagini о‘lchamiga, ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga, qavatdagi rudani ajratib olish tartibiga va foydali qazilmalarni transport vositalarida tashish usullariga bog‘liq. Rudani qazib olish texnologik operatsiyalari ichida yuk tashiladigan asosiy gorizont lahimlarini joylashtirilishiga, eng kо‘p ta’sir etivchi operatsiya, rudani tushirish va yuklash jarayonidir. Texnologik operatsiyalarning u yoki bu elementlarini о‘zgartirish, yuk tashiladigan shtrek va ortlarning joylashish sxemasini о‘zgartirishga sabab bо‘lishi mumkin. Masalan, rudani skreperda sidirib yetkazib berish о‘rniga titratma ruda tushirgich о‘rnatilsa, u holda asosiy gorizont lahimlarini о‘lchamlari va uskunalarni joylashtirish sxemasi ham о‘zgaradi. Asosiy gorizont lahimlarning joylashtirilishi kon bosimining ta’siriga bog‘liq. Bu omillarni tayyorlash ishlari olib borishga ta’sirini, rudani qazib olish tizimlarini о‘rgangan vaqtda batafsil kо‘rib chiqiladi. Yuk tashiladigan lahimlarni joylashtirish sxemasini eng kо‘p tarqalgan variantlari haqida tо‘xtalamiz. Yupqa va juda yupqa tomirli ruda tanasi bо‘ylab asosiy gorizontdan shtrek о‘tkaziladi, uni shunday joylashtirish kerak-ki blokdan chiqariladigan rudani vagonetkalarga yuklash qulay va oson bо‘lsin. Agar ruda blokdan lyuk orqali chiqarilsa, lyuk yuk tashiladigan shtrekni yuqorigi burchaklaridan biriga joylashtirilgan bо‘lishi kerak (5-rasm, a). 5-rasm. Yuk tashiladigan shtrekni yupqa aida tanasida joylashishi. Ikkinchi holatda rudani yuklash ishlari bevosita ortda amalga oshiriladi, ortlar rudali yoki rudasiz jinslardan о‘tkazilgan shtreklar bilan tutashtiriladi. Qalin va о‘ta qalin qatlamli rudada yuk tashiladigan lahimni joylashtirish sxemasi 6-rasmda keltirilgan. Ruda tanasi bitta rudali shtrek bilan tayyorlanganda (6-rasm, a, b), agar ruda tanasi tashqarisidagi jinslardan shtrek о‘tib, tayyorlanganida 6-rasm, b da keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu sxema rudani qalinligi 1CH-20 m yetadigan bо‘lgan holatda qо‘llaniladi. Ruda tanasi о‘ta qalin bо‘lgan konlarda bir necha shtrek rudadan yoki bitta shtrek ruda tanasi tashqarisidan о‘tqazilib rudani yetkazib beruvchi maxsus lahim, skreperlash orti bilan tutashtiriladi. (6-rasm, g). О‘ta qalin ruda tanasini qazib olish uchun ham yuk tashiladigan bitta shtrek ham yetarli bо‘lishi mumkin,agar unga qavat ostidagi shtrekdan ruda tushiriladigan lahim orqali massivdan ajratib olingan rudani chiqarib yetkazib berilsa. Bunda qavat ostidagi qо‘porilgan ruda massasi, ruda tushiriladigan lahimga mexanizatsiyalashtirilgan usulda yotqizib beriladi. 6-rasm. Qalin va о‘ta qalin ruda tanasida joylashtirilgan asosiy gorizont lahimlari: 1 - ikkita temiryо‘l izli shtrek: 2 - ortlar: 3 - bitta temir yо‘l izli shtrek: 4 - yordamchi bitta temir yо‘l izli shtrek: 5 - kvershlaglar Ortlar bilan tayyorlash (6-rasm, d), boshi berk yoki aylanma (6-rasm, ye) shaklida bо‘lishi mumkin. Birinchi holatda ikki temir yо‘l izli yuk tashiladigan rudali shtrek-1 yoki puch jinslardan о‘tilgan shtreklardan ort - kirili 2 utkaziladi. Aylanma sxemada ortlar bir temir yо‘l izli shtrek yoki puch jinslardan о‘tilgan shtrek-3 oralig‘idan va ikki temir yо‘l izli puch jinslardan о‘tilgan shtrek-1 oralig‘idan о‘tiladi. Ikkita shtrekni mavjudligi asosiy gorizontda transport qatnashishi va shamollatish sharoitini yaxshi bо‘lishi uchun qulaylik vujudga keltiradi. Turg‘un bо‘lmagan jinslardan о‘tilgan kо‘ndalang kesim yuzasi 20 m gacha bо‘lgan ikki temir yо‘l izli yuk tashiladigan shtrekni turg‘unligini konchilik ishlari ta’siri zonasida uzoq muddat ta’minlab turish ancha qiyin. Shuning uchun ikki temir yо‘l izli shtreklarni ruda tanasidan ancha uzoqlikda puch jinslar massividan о‘tkaziladi. Kesuvchi ortlar uzunligini cheklash (qisqartirish) maqsadida ruda tanasiga yaqin joydan bir temir yо‘l izi yotqizilgan yordamchi shtrek-4 о‘tiladi (6-rasm, j). Osilgan yon jinslardan yuk tashiladigan bir temir yо‘l izli shtrek о‘tkaziladi, yotgan yon tomondagi shtreklar bir biri bilan kvershlaglar orqali tutashtiriladi. Bunday tayyorlash variantlari Krivorog ruda havzasi rudniklarida qо‘llanilgan. Kon bosimi katta bо‘lganida chuqurlashtirilgan yuk tashiladigan shtrek ruda qazib olinayotgan qavatdan tikkasiga 60; 120 m chuqurlikdan о‘tkazilib qazib olingan ruda massasi ruda tushiruvchi lahimlar tizimi orqali yuk tashiladigan shtrekga tushiriladi. Asosiy gorizont lahimlarini bunday joylashtirish ularning mustahkamlashga sarflanadigan xarajatlarini kamaytirish, lahim uzunligini kamaytirish imkonini beradi. Yuqori quvatli elektrovozlardan foydalanganda uning kesim yuzasini kengaytirish yaratadi. Rudani rudatushiruvchi lahimda tо‘planishi shaxta transportini va kо‘tarish qurilmasini bir maromda ishlash imkonini ta’minlaydi. Tayyorlovchi lahimni ruda tanasi tashqarisidan va ruda tanasi bо‘ylab joylashtirish sxemasini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq: ruda tanasini qalinligiga, rudani qazib olish yо‘nalishiga, shamollatish usuliga (markaziy yoki flangadan) va boshqa omillarga bog‘liq. Ruda qatlami qalin va о‘ta qalin bо‘lganida tayyorlovchi shtrek kо‘pincha ruda tanasi tashqarisidan о‘tkaziladi. Bunday tayyolash sxemasining qator afzalliklarga ega: Mustahkamlagichlarni ta’mirlashga sarflanadigan xarajatlarini kamiga, qavat oralig‘idagi seliklarda rudani yо‘qotilish darajasini kamayishi bilan xarakterlanadi. Blokda ruda qazib olishi ishlarini tugashi bilan shamollatish sxemasini о‘zgartirmasdan seliklarni qazib olish ishini boshlash mumkinligi. Ruda tanasi deyarli qalin bо‘lmasdan egri - bugri konturga ega bо‘lsa, yuk tashish uchun elektrovoz qо‘llanishni imkoni bо‘lmaydi. Ruda tanasi tashqarisida tayyorlash ishini asosiy kamchiligi: ruda tanasini ochish uchun kvershliglar utkazish zarurligi tufayli boshlang‘ich xarajatlarini katta bо‘lishi. Rudali shtrekdan farqi ruda tanasi tashqarisidan о‘tilgan shtrekdan yо‘ldosh ruda olaolmaganligi sababli xarajatni yuqoriligi; Ayrim holatda olinish ishlari murakkablashadi. Qо‘shimcha razvedka qilishga imkon bо‘lmaydi ayniqsa 6-rasmda kо‘rsatilgan sxemalar qо‘llanilsa. Ruda tanasi bо‘ylab yoki ruda tanasi tashqarisidan tayyorlash usulini tanlash bilan bog‘likligi. Download 437,02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling