"Konchilik ishi" kafedrasi


II BOB. CHODAK KONI " PIRMIROB " SHAXTASIDA


Download 437,02 Kb.
bet5/17
Sana03.11.2023
Hajmi437,02 Kb.
#1743946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abduraxmonov BMI-2023 (2) (3) (5) (3)

II BOB. CHODAK KONI " PIRMIROB " SHAXTASIDA
KON ISHLARI HOLATI


2.1. Shaxta maydonini ochish
Hozirgi vaqtda Chodak kon boshqarmasi Pirmirob shaxtasi quyidagi uchastkalarga bо‘linadi.

  • Markaziy uchastka;

  • Oq-buloq uchastkasi;

  • Shimoliy oq-buloq;

  • Qora-kutan;

  • Djulaysoy II;

  • Janubiy-g‘arbiy uchastkalari.

Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha uchastkalarda ochish ishlari olib borilgan bо‘lib, tayyorlash va qazib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Pirmirob shaxtasining absolyut balandligi 1240 m dan boshlanib, hozirgi paytda 1065 m gacha ruda zaxiralari borligi aniqlangan. Absolyut balandligi eng yuqorida bо‘lgan 1240 m gorizontda Shimoliy oqbuloq uchastkasi joylashgan bо‘lib, ushbu uchastkaning geologiya-qidiruv ishlari burg‘ulash ishlari orqali yer yuzidan amalga oshirilgan. Keyinchalik esa geologiya-qidiruv ishlari shtolnya №16 ni о‘tish bilan amalga oshirilgan.
Shtolnya №16 kelajakda asosiy tashish shtreki bо‘lishi sabab xavfsizlik qoidalariga javob beradigan qilib о‘tilgan. Ushbu uchastkada shamollatish ishlarini yо‘lga qо‘yish uchun shtolnya ichkarisidan yer yuzasiga ya’ni gor 1280 m ga shamollatish vosstayushiysi teshilgan. Ushbu vosstayushiydan faqat ishlatilgan havo oqimi yer yuzasiga chiqib ketishi mо‘ljallangan.
Ushbu Shimoliy oqbuloq usatkasida ya’ni bitta shtolnya №59 о‘tilgan bо‘lib, u asosan tashish ishlari uchun xizmat qiladi. Shtolnya №59 absolyut balandligi gor 1230 m ga tо‘g‘ri keladi va u shimol tomonga о‘tilgan bо‘lib, shtolnya №16 dan 10 metr pastda joylashgan.
Shtolnya №59 dan shtolnya №16ga qarab 2 ta ruda tushirgich о‘tilgan.Shtolnya №16 dan tashilayotgan rudalar shtolnya №59 orqali yer yuzasiga chiqariladi, chunki shtolnya №16 ning yuza qismiga borish uchun ruda tashiladigan avtomobillarning chiqish yо‘lining qiyinligi uchun, ayniqsa, qish mavsumida umuman iloji bо‘lmagani uchun shtolnya №16 rudalari shtolnya №59 ning yuzasi bilan olib ketiladi.Absolyut balandligi 1200 m da joylashgan qora-kutan uchastkasining ruda zaxiralari asosan shtolnyalar bilan geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Ushbu uchastkada dastlab g‘arb tomonga shtolnya №60 о‘tilgan. Ushbu shtolnyada olib borilgan geologik qidiruv ishlarga kо‘ra ushbu uchastkaning boshqa tomonlarida ham ruda tanalari borligi namoyon bо‘ldi.Keyinchalik ushbu uchastkaning shimoliy tomoniga qarab shtolnya №63 о‘tilishi amalga oshirildi. Ushbu shtolnyada shamollatish ishlarini bajarish uchun yer yuzasiga shamollatish vosstayushiylari teshildi.
Shtolnya №60 da esa shamollatish ishlarini yaxshilash uchun shamollatish shtreklari о‘tildi va ishlatilgan havo oqimi shtolnya orqali chiqib ketishi mо‘ljallandi. Absolyut balandligi 1150 m da geologik-qidiruv ishlari natijasiga kо‘ra Djulaysoy II-uchastkasi zaxiralari topilgan bо‘lib, ushbu uchastkada shtolnya №43 orqali ochish lahimi о‘tilgan.
Hozirgi vaqtda Djulaysoy II-uchastkasi zaxiralarini kengaytirish uchun zaxiraning janubiy qismida geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Shtolnya №43 dagi kon lahimlarining shamollatish ishlarini yaxshilash maqsadida shtolnya №63 ga shamollatish, vosstayushiy №4 va blok vosstayushiysi -376,313 lar shtolnya №63 ga teshilgan. Ruda zaxiralarini ochishda tog‘ kapital qurilish uchastkasi tomonidan barcha ochuvchi lahimlar ochilib borilmoqda.
Pirmirob shaxtasida ochiq usulda qazib olingan karyerlar mavjud bо‘lib, ularda hozirgi vaqtga kelib ish tugagan. Bular markaziy karyer, shimoliy va janubiy karyerlardir. Shimoliy va markaziy karyerlar ish tugagan bо‘lsada, suv bilan tо‘lmagan.
Markaziy uchastka esa oldin qazib olingan markaziy karyerning shimoliy bortida joylashgan. Markaziy karyer esa qazish ishlari tugagandan sо‘ng Djulaysoy suvlari bilan tо‘lgan edi. Aynan markaziy uchastka zaxiralari geologik-qidiruv ishlari natijasida aniqlangandan sо‘ng, markaziy karyerdagi suvlar karyerning eng tub qismi ya’ni gorizont 1065 m gacha chiqarib tashlandi.
Markaziy uchastka zaxiralari 1170 m dan 1065 m oralig‘ida joylashgan va 1150, 1100, 1065 m qadami 50 m dan 35 m gacha bо‘lganda qazib olinyapti. Gorizont 1170 m oldin geologik-qidiruv ishlari shtolnya №21 bilan ochilgan. Hozirgi vaqtda markaziy uchastka zaxiralarini kengaytirish uchun zaxiralarining shimoliy qismida geologik-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun lahimlar tiklaniyapti. Gorizont 1100 m geologiya qidiruv shtolnyasi №22 bis yordamida ochilgan va markaziy uchastka zaxiralarini dorazvedka olish uchun (janubiy uchastka zaxirasini Shimoliy oq-buloq uchastkasi zaxirasini) xizmat qiladi. Gorizont zaxiralari markaziy karyer bortidan о‘tiladigan shtolnyalar yordamida ochiladi. Markaziy karyerning ikki yonidan (bortidan) о‘tiladigan shtolnyalar №64 va №65 lardir.
Shtolnya №64 chi asosan markaziy uchastka zaxirasini qazib olishga mо‘ljallangan bо‘lib, bevosita boshqa ya’ni yuqorigi gorizontdagi boshqa uchastka zaxiralarini geologik-qidiruv ishlarini о‘tkazishga ham xizmat qiladi. Shtolnya №64 dan geologik-qidiruv ishlarini bajarish uchun shtolnya №22 bis ga qidiruv vosstayushiysi kо‘tarilgan. Qidiruv vosstayushiysi nafaqat qidiruv ishlari, balki shamollatish, yurish (harakatlanish) ishlari uchun ham xizmat qiladi.
Shtolnya №64 dan shamollatish, harakatlanish uchun blok vosstayushiylari 502, 511 ham о‘tilgan bо‘lib, ular bevosita qazib olish ishlarida qatnashadi. Shtolnya №65 markaziy karyerning g‘arbiy qismida joylashgan bо‘lib, u ham markaziy uchastka zaxiralarini qazib olishga mо‘ljallangan. Shtolnya №65 faqat markaziy uchastka zaxiralarini tо‘la tо‘kis о‘rganish uchun, uning shartli ravishda chegaralarini belgilab olish uchun о‘tilgan. Shtolnya №65 da shtolnya №22bis ga shamollatish, harakatlanishi uchun vosstayushiy №560, 561 lar о‘tilgan.
Shtolnyalardan chiqadigan ruda va atrof yon jinslarini shtolnyalarning yuzasida joylashgan otvallar estakadasiga tо‘kiladi. Shtolnyalar va boshqa gorizontal kon lahimlarini о‘tishda ularning kо‘ndalang kesim yuzasida elektrovoz 4KR-600, vagonetka VO-0,8 markalarini maksimal о‘lchovlarini inobatga olib, kommunikatsiya tarmoqlarini о‘rnatish uchun va odamlar harakatlanishini hisobga olib va gabaritlardan devorgacha xavfsiz masofani saqlagan holda о‘tiladi. Barcha kon lahimlarini о‘tishda asosan tog‘ jinsining qattiqligi qattiq bо‘lganligi sabab, mustahkamlagichsiz о‘tiladi. Faqatgina kon lahimlarini tektonik buzilishlar kesib о‘tgan joyda mustahkamlagich qо‘llaniladi. Mustahkamlagichlar monolit beton, temir beton sochma beton va profillar bilan amalga oshiriladi.


2-rasm. Markaziy uchastkaning ochish sxemasi
Chodak konida qо‘llanilayotgan ochish usuli eng xavfsiz, eng qulay , eng oson va eng arzon ochish usulidir. Chodak konida ruda tanalarining joylashish sharoitlari tog‘li hududda bо‘lgani bois, kon shtolnyalar yordamida ochilgan. Shtolnyalar yordamida ochishning qulaylik va afzalliklarini yuqorida kо‘rib chiqdik. Shtolnyalar orasidagi masofalar (gorizontlar orasidagi masofalar) 35 m dan 55 m gacha joylashgan. Ushbu gorizontlar orasidagi masofa yer yuzasining joylashish relyefiga qarab tanlangan.
Chodak konida qо‘llanilayotgan ochish usuli har tomonlama konning (shaxtaning) unumdorligiga, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini kо‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtga kelib eng uzun shtolnya 2200 m ga yetgan bо‘lsa-da u yerdagi foydali qazilma va atrof yon jinslarini tashish qо‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Shtolnya qanchalik uzoq bо‘lsa ham baribir о‘z qulayliklari bilan ajralib turadi. Shtolnyalar orqali toza havo miqdori yer ostidagi ish joyiga yetib borish imkoniyati yuqori. Bir-biriga vosstayushiylar bilan teshilgan shtolnyalarda toza havo doimo harakatlanib turadi va u yer ostida ishlaydigan ishchilarga yetarli darajada toza havoni yetkazib berishga yordam beradi. Bu bevosita konning (shaxtaning) ishlab chiqarish quvvatiga о‘zining ijobiy ta’sirini kо‘rsatadi.



3-rasm. Chodak konini ochish sxemasi



Download 437,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling