"Konchilik ishi" kafedrasi
Bitiruv ishining mavzusi 2023 yil 24.02. da № 01-9-19-41 sonli buyruq bilan tasdiqlangan
Download 437,02 Kb.
|
Abduraxmonov BMI-2023 (2) (3) (5) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Bitiruv malakaviy ishi hisoblash-tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar rо‘yxati)
- 5. Grafik ishlar rо‘yxati
- 7. Bitiruv malakaviy ishini bajarish rejasi
- Mundarija Kirish
- II BOB. Chodak koni " Pirmirob " shaxtasida kon ishlari holati
- IV BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi
Bitiruv ishining mavzusi 2023 yil 24.02. da № 01-9-19-41 sonli buyruq bilan tasdiqlangan.2. Bitiruv malakaviy ishini topshirish muddati 11.06.2023y 3. Bitiruv malakaviy ishini bajarishga doir boshlang‘ich ma’lumotlar: Tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsiyenti prof.Protodyakonov shkalasi bо‘yicha f =12÷16; ruda zichligi γ = 2.68t/m3; ruda tanasining qalinligi m=3 ÷ 7m; ruda tanasining og‘ish burchagi =750÷800. tog‘ jinslarining maydalanish koeffitsiyenti Kr= 1,5÷1,7; Shaxtaning yillik unumdorligi 10 ming.tonna. 4. Bitiruv malakaviy ishi hisoblash-tushuntirish yozuvlarining tarkibi (ishlab chiqiladigan masalalar rо‘yxati): 1. Kirish. 2.Konning qisqacha kon-geologik va kon-texnik tavsifi. 3. Shaxta maydonini ochish 4. Qо‘llanilayotgan qazib olish tizimi 5. Tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarni joylashtirishga qо‘yiladigan asosiy talablar. 6. Magazinlab qazib olish tizimini tanlash va koʻrsatkichlarini hisoblash. 7. Texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblash. 8. Hayot faoliyati xavfsizligi. 9. Xulosa. 10. Foydalanilgan adabiyotlar. 5. Grafik ishlar rо‘yxati: 1.Konning geologik xaritasi 2. Konni ochish 3.Shamollatish sxemasi 4. Qazib olish tizimi 6. Bitiruv malakaviy ishi bо‘yicha maslahatchilar
7. Bitiruv malakaviy ishini bajarish rejasi
Topshiriq berilgan sana «_____» __________________________ 2023 y. Bitiruv ishi rahbari: U.T.Toshtemirov______________________ (F.I.SH) (imzo) Topshiriqni bajarishga oldim: «_____» ______________________ 2023 y Bitiruvchi - talaba Sh.A. Abduraxmonov _ (F.I.SH) (imzo) Mundarija Kirish..................................................................................................................3 I BOB. Chodak koni "Pirmirob" shaxtasining kon-geologik va kon- texnik tavsifi 1.1." Pirmirob " shaxtasining kon-geologik tavsifi...................................8 1.2. " Pirmirob " shaxtasining kon-texnik tavsifi.....................................12 II BOB. Chodak koni " Pirmirob " shaxtasida kon ishlari holati 2.1. Shaxta maydonini ochish....................................................................21 2.2. Qо‘llanilayotgan qazib olish tizimi.....................................................27 III BOB. Chodak koni Pirmirob shaxtasi sharoitida magazinlab qazib olish tizimida tayyorlash va kesish lahimlarini о‘tishni hisoblash 3.1. Tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarni joylashtirishga qо‘yiladigan asosiy talablar……..............................................................................29 3.2. Magazinlab qazib olish tizimini tanlash va ko’rsatkichlarini hisoblash.............................................................................................................40 3.3.Texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblash.........................................52 IV BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi 4.1. Kon ekologiyasi...................................................................................54 4.2. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi..........................................57 Xulosa................................................................................................................64 Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................65 KIRISH О‘zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari MDH dagi boshqa mamlakatlarnikidan о‘zining juda katta zaxiralari bilangina emas, balki bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bir qator foydali qazilmalar, oltin, kumush, uran, mis, volfram, kaolinlar bо‘yicha О‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham Shavkat Miromonovich Mirziyoyev konchilik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Prezident tavsiyasi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Amantaytau oltin foydali qazilma koni asosida beshinchi gidrometallurgiya zavodi qurilishi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1”(eski nomi “Dalneye”) va “Yoshlik-2”(eski nomi “Qizota”) mis foydali qazilma konlarini о‘zlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Masalan oltin zaxiralari bо‘yicha respublika dunyoda 4- о‘rinda, uni qazib olish bо‘yicha 7- о‘rinda, mis zaxiralari bо‘yicha 10-11- о‘rinda, uran zaxirasi bо‘yicha 7-8- о‘rinda turadi. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bо‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini о‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bо‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potensial 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib о‘tish kerak. Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qо‘shilmoqda. Kо‘pchilik mineral xom ashyoning tayyorlangan zaxiralari mavjud tog‘-kon sanoati komplekslarining uzoq muddat davomida ishlab turishini ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga bir qator strategik foydali qazilmalarni qazib olish quvvatlarini oshirishga ham imkon beradi. Hozirning о‘zidayoq О‘zbekiston iqtisodiyotida mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash yetakchi о‘rinlardan birini yegallamoqda. U sanoat va qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishga katta ta’sir kо‘rsatmoqda. Qidirib topilgan zaxiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari ishlab turibdi. Bu xususiyatlardan quyidagilarni kо‘rsatib о‘tish mumkin. Foydali qazilmalarning kо‘pgina turlari tarkibidagi foydali kompanentlar yuqori darajada bо‘libgina qolmay, katta miqdorda yо‘ldosh elementlarga ham ega. Tabiiy va mineral-xom ashyo zaxiralari yirik konlarda tо‘plangan bо‘lib, ularni qazib olingan joyning о‘zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor. Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog‘-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlari tizimi mavjud. Konlarning kо‘pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnalogiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya foydali kompanentlarni kо‘p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi. Kо‘pgina foydali qazilma konlari yaxshi о‘zlashtirilgan,aholi zich yashaydigan mintaqalarda joylashgan.Ular transport yо‘llariga va hududlar о‘rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega. О‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bо‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Hozirgi Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlarining va Ohangaron daryosining atrofidagi konlar (Lashkerak, Naugarzan, Qizil-olma, Kо‘chbuloq, Olmaliq ) dan kumush, mis, rux, oltin qadim davrlardan boshlab qazib olingan. Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining о‘zida Markaziy Qizilqumda joylashgan bо‘lib, tasdiqlangan zaxiralari bо‘yicha respublikani dunyoda tо‘rtinchi о‘ringa olib chiqadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga kо‘ra foydali qazilmalarni kovlab olishning boshlanishi V- VI asrlarga tо‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, qadimgi ajdodlarimiz sifatli ruda qazib olishgan. Masalan 1 tonna ma’dandan 100-14500 grammgacha kumush olingan. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. U Yevroosiyo qit’asidagi ruda tarkibidagi oltin yuqori darajada bо‘lgan eng yirik kondir. Konchilik sanoati xalq xо‘jaligining eng muhim sohalaridan biridir. U mamlakatni yoqilg‘i, har xil ruda, kimyo sanoati uchun xom ashyo, qurilish materiallari, mineral о‘g‘itlar va boshqa zarur bо‘lgan narsalar bilan ta’minlaydi. Foydali qazilmalarni kovlab olish yil sayin qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sababi konlardagi qazish ishlarini tobora chuqur yer ostida olib borishga tо‘g‘ri kelishidir. Natijada qazish tannarxi ham qimmatlashib ketmoqda. Hozirgi paytda mavjud konlarning chuqurligi 200-500 m, ba’zilariniki esa 1000-1200 metrga yetib bordi. Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bо‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom ashyolarini yetkazib beradi. Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bо‘yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t indusrial mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3 -5 % dangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. qolgan 95-97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi. Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. О‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi о‘rinlarda turadi. Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bо‘lib, ular: yoqilg‘i qazib chiqarishda:
rangli metallurgiyada:
kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarishda:
tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarishda:
Hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо‘prog‘i tо‘la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga tо‘g‘ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bо‘lib, kon massasi bо‘yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. Chodak kon boshqarmsi 1968-yilda tashkil qilingan bо‘lib, 1970-yilda dastlabki xom-ashyo zavodga topshirilgan. Chodak kon boshqarmasi Namangan viloyati, Pop tumanida joylashgan bо‘lib, u о‘ziga yaqin shaxarlar bilan Namangan -120km, Qо‘kondan -65km, Popdan-40km, Angrendan-120km, Olmaliqdan-185km uzoqda joylashgan. Chodak koni Chodak qilog‘idan -8km uzoqda joylashgan. Chodak konida ishlaydigan asosiy ishchilar Chodak qishlog‘i axolisidan tashkil topgan. Chodak qishlog‘ining axolining 35% ini Chodak Koni ishchilari tashkil qiladi. Chodak qishlog‘ining xarorati о‘rtacha qishda -15°С, yozda esa +38°С, +42°С gacha о‘zgarib turadi. Chodak qishlog‘ining axolisi asosan tog‘ ishchilar hisoblanadi. Chodak kon boshqarmasi 2002-yildan boshlab “Olmaliq Kon-metallurgiya Kombinati” Aksiyadorlik Jamiyati tarkibiga kiritilgan. Chodak kon boshkarmasi asosiy va yordamchi uchastkalardan tashkil topgan. Asosiy uchastkalar: -Go’zaksoy shaxtasi: -Pirmirob shaxtasi: -Oltin saralash fabrikasi: Yordamchi uchastkalar: -Mexanika tamirlash sexi: -Qurilish tamirlash uchastkasi: -Suv taminoti uchastkasi: -Avtomobil korxonasi: Chodak kon boshqarmasi elektr energiya bilan Namangan elektr tarmog‘i 110kv va Angren elektr energiyasi bilan taminlanadi. Chodak kon boshqarmasining asosiy ishlab chiqarish mahsuloti oltin va kumush hisoblanadi. Download 437,02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling