"Konchilik ishi" kafedrasi


III-BOB. CHODAK KONI PIRMIROB SHAXTASI SHAROITIDA MAGAZINLAB QAZIB OLISH TIZIMIDA TAYYORLASH VA KESISH LAHIMLARINI О‘TISHNI HISOBLASH


Download 437,02 Kb.
bet7/17
Sana03.11.2023
Hajmi437,02 Kb.
#1743946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Abduraxmonov BMI-2023 (2) (3) (5) (3)

III-BOB. CHODAK KONI PIRMIROB SHAXTASI SHAROITIDA MAGAZINLAB QAZIB OLISH TIZIMIDA TAYYORLASH VA KESISH LAHIMLARINI О‘TISHNI HISOBLASH


3.1. Tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarni joylashtirishga
qо‘yiladigan asosiy talablar
Shaxta maydonini qazib olishga tayyorlash shundan iboratki uni asosiy gorizont lahimlari bilan qavatlarga bо‘lish -yuk tashiluvchi shtreklar, ortlar bilan va ya’ni qavatni qazib olinadigan uchastka - bloklarga vosstoyushiy lahimlari yordamida bо‘lish. Tayyorlovchi lahimlar kishilar harakatlanishi, kon jinslari massasini transport vositalari yordamida tashish, materiallar va uskunalarni yetkazib berish, gorizontdagi lahimlarni shamollatish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Kondagi foydali qazilma yotqizig‘i salgina qiya joylashgan bо‘lsa shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan bosh va panel shtreklariga ular panel va stolbalarga bо‘linadi. Bloklar, panellar va stolbalar doirasida bevosita rudani qazib olish uchun о‘tkaziladigan kesuvchi lahimlar maxsus guruhga bо‘linadi.
Kesuvchi lahimlarga quyidagi lahimlar taalluqli:
Qavat osti va tabaqa (qatlamidagi) blokni qazib olish uchun alohida qavat osti gorizontal yoki tabaqa shtreklariga bо‘ladi.
Skreperlash gorizontini lahimlari qо‘porib olingan rudani asosiy gorizontidagi lahimiga yetkazib berishga, nogobarit ruda bо‘laklarini ikkilamchi maydalash uchun xizmat qiluvchi shtreklar yoki ortlardan iborat lahimlar.
G‘alvirlash gorizontidagi lahimlar , qо‘porilgan rudani asosiy gorizontga tushirish va ikkilamchi maydalashga xizmat qiluvchi ortlar, shtreklar va kameralardan iborat lahimlar majmuasi.
Kesuvchi gorizontini lahimlari - qazib olinyotgan rudi massasini blok tagidan ajratish uchun xizmat qiladi. Kesuvchi vosstoyushiylar va tirqishlar gorizontal yoki tik о‘tilgan yо‘lak shamollatuvchi tutashma va qator boshqa lahimlar, bular rudani qazib olish bilan bevosita chambarchas bog‘liq bо‘lganligi uchun, qazish tizimlarini о‘rganishda ular alohida kо‘rib chiqiladi.
Tayyorlash ishlari hajmini xarekterlash uchun tayyolash ishlari hajmini solishtirma kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu kо‘rsatkich foizlar bilan ifodalanib, tayyorlovchi lahimlar hajmini, qavatdagi yoki blokdagi ruda hajmiga nisbati bilan belgilanadi. Bu kо‘rsatkich qо‘llanilayotgan qazib olish tizimiga, konni xarakteriga bog‘liq holda tayyorlash ishlarini solishtirma hajmiga kо‘ra 2÷15 % gacha о‘zgarishi mumkin. Kо‘pincha tayyolash ishlarining solishtirma hajmi tayyorlovchi lahimlarni ruda tanasidan о‘tkazganda undan chiqqan yо‘ldosh ruda hajmini, blokdan ajratib olinadigan ruda zahirasiga nisbati bilan belgilanadi. Lekin bu kо‘rsatkich tayyorlovchi lahimlarni puch jinslardan о‘tkazilgan hajmini ifodalamaydi.
Tayyorlash ishlari hajmi, о‘tilib tayyorlangan lahimlarning uzunlik о‘lchamini (pagon metrda ifodalangan) 1000 t rudaga tо‘g‘ri keladigan qazib olishga tayyor ruda zahirasi bilan xarakterlanadi.
Tayyorlashga qо‘yiladigan talablar. Qabul qilingan tayyorlash usullari, tayyorlovchi lahimlarni joylashishi va о‘lchamlari quyidagi talablarga muvofiq kelishi lozim: rudani qazib olish ishlari xavfsizligini ta’minalsh; qazib olinayotgan kovjoyni meyordagidek shamollatish; belgilangan о‘rtacha miqdordagi foydali birikmalarga ega bо‘lgan ma’lum ruda zahirasini qazib olish va uning doimiy bir xil о‘lchamdagi rezerviga ega bо‘lish uchun tayyorlangan va qazib olishga tayyor bо‘lgan bloklarni, qavatlarni о‘z vaqtida tayyor bо‘lishini ta’minlash; kishilar harakatlanishida, lahimlar bо‘ylab materiallar va uskunalar yetkazib berishda qulay va xavfsiz sharoit yaratish; tayyorlovchi lahimlarni muhofazalovchi seliklardagi rudani yо‘qotilishini minimal miqdorda bо‘lishini ta’minlash; rudani blokdan chiqarib yuklash uchun yetkazib berish; yuklash va tashishni unumli usulini belgilash; lahimlar turg‘inligini saqlab turish va mustahkamlagichlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda kam xarajatliligini tanlash; yer osti suvlarini miqdori anchagina bо‘lgan sharoitda о‘z vaqtida drenaj ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash.

Download 437,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling