Konchilik ishi va metallurgiya
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - loyihada
3 - loyihada kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarining dvigatellaridan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ushbu innovatsion loyiha bo‘yicha Italiyaning “TURBODEN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi “Xo‘jaobod” er osti gaz saqlash omborlarining gaz haydash agregatlarida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Bunda gaz trubinali kompressor stansiyasida tabiiy gazning yoqilishidan hosil bo‘ladigan ko‘p miqdordagi issiqlik energiyasidan soatiga 1,0 MVt yoki yiliga 3,0 mln.kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga erishiladi. Ushbu texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, unda suv o‘rniga past haroratli suyuqlik ishlatiladi hamda ishlab chiqarish jaryonlari uchun deyarli tekin elektr energiyasidan foydalaniladi. “O‘ztransgaz” AJ tomonidan ushbu innovatsion loyihani 2025 yilga qadar yana 4 ta ob’ektga tadbiq etish va yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishni 200 mln. kVt/soatga etkazish rejalashtirilgan.
4 - loyiha bo‘yicha gaz transporti tizimi ishonchliligini oshirish maqsadida hozirda zamonaviy innovatsion diagnostik qurilmalariga ega bo‘lgan pilotsiz uchish apparatlari xarid qilinayotganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Bu apparatlar yordamida magistral gaz tarmoqlarini texnik talablar asosida o‘z vaqtida sifatli ko‘rikdan o‘tkazish, ulardagi nuqsonli uchastkalarni belgilash, magistral gaz quvurlari himoya zonalarida noqonuniy qurilmalarni aniqlash imkoni yaratiladi. Ahamiyatlisi, sohada ko‘rikdan o‘tkazishga mas’ul xodimlar ishi yanada engillashadi. SHuningdek, kompressor stansiyalari, gaz taqsimlash stansiyalari va boshqa ob’ektlarining texnik holatlari ko‘rikdan o‘tkaziladi, noqonuniy ulanishlar aniqlanib, bartaraf etish samaradorligi oshadi. 5 - loyihada taqsimlash stansiyalarida tabiiy gazni odarizatsiya qilishni avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning amalga oshirilishi natijasida tabiiy gaz etarli miqdorda belgilangan me’yor doirasida odarizatsiya qilinadi va insonlar gazning sizib chiqish holatlarida qurilma yordamida tezda ogohlantiriladi. Ma’lumki, tabiiy gaz aslida hidsiz bo‘lib, undan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida belgilangan me’yor bo‘yicha 1000 kub.m tabiiy gaz hajmi uchun 16 gr. odarant qo‘shiladi. Tizimning avtomatlashtirilishi — ish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlab, import qilinadigan mahsulotning tejashga imkon beradi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling