Konchilik ishi va metallurgiya


Download 2.63 Mb.
bet181/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Assortiment – korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi.
Auditor xizmati – korxona moliyaviy holatini tekshiradi va mavjud kamchiliklarini izohlab beradigan moliyaviy xizmat turi.
Axborot – menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmui.
Axborot resurslari – boshqaruv faoliyatida foydalanadigan axborotlar.
Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo‘lib, ushbu tuzilma turli hujjatlar, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qamrab oladi.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlari tengligini tarkiban ifodalovchi, taqqoslash va solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha.
Bashorat qilish - kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli hodisa va jarayonlarni statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va b. turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda avvaldan aytib berish, prognozlash.
Biznes – faoliyat turi, ish, tijorat amaliyoti yoki korxonaning siyosati, savdo, tijorat.
Biznes-reja – korxonaning biznes faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi, korxona faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladigan muayyan chora-tadbirlar rejasi.
Boshqarish uslubi – boshqaruv jarayonida kelib chiqadgan muammolarni hal qilish usullarini qo‘llash tartibi.
Boshqaruv tuzilmasi – bir biri bilan bog‘liq holda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va uning funksiyalarini bajaruvchi turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui.
Boshqaruv funksiyasi – zamonaviy menejment funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, motivlash, marketing va b.

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling