Konchilik ishi va metallurgiya
Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
11.2 Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar.
Investitsiya loyixasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish kuvvati va boshka sifat kursatkichlarini kuchaytirish maksadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish buyicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyixasini tayyorlash va amalga oshirish kuyidagilarni uz ichiga oladi: investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish; g‘oyaning dastlabki asoslanishi; loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili; sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish; axborot memorandumini tayyorlash. YUqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyihani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion muljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug`iladi. Investitsiyalar avvaldan o‘ylab ko‘rilgan maqsad va birinchi o‘rinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baxolanadi xamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida xal kilinishi lozim bo‘lgan chetga og‘ish va kamchiliklar aniqlanadi. Samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U saraflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar kanchalik kam va natijalar kanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik xam shunchalik yuqori bo‘ladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi butun ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida investitsiyalarning iloji boricha ko‘prok foyda, kaytim keltirishi asosiy vazifa kilib belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo‘kotish, jamiyatning ilgarigi va xozirgi mehnatini yo‘kka chiqarishga olib kelishi mumkin. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolash zarurati, ko‘shimcha kapital ko‘yilmalar kiritilishini talab kiluvchi yangi kurilish, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jixatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi barcha xollarda yuzaga keladi. Ba’zan maxsulotlarning yangi turini ishlab chiqarish xam investitsiya va boshqa mablag‘lar kiritilishini, demak, xarajat va natijalar nisbatini avvaldan baxolashni talab qiladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baxolashda korxonalar ikkita vazifani xal qilishlari lozim: " kapital ko‘yilmalarning koplanish muddati va daromadliligi nuktai nazaridan, eng makbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha samaradorligini baxolash; " mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baxolash (ko‘shimcha maxsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va xokazo). Birinchi vazifaning echimi mos keluvchi marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni ko‘zda tutib, bu tadqiqot davomida talab va undan kelib chikuvchi taklif, bozor segmentasiyasi, baxoni shakllantirish strategiyasi, moliyalashtirish manbalari va boshqalar aniqlanishi lozim. Investitsion loyihalarning samaradorligini baxolashda kuyidagilar asosiy ko‘rsatkich xisoblanadi: 1) Sof diskontlangan daromad (SDD) - butun xisobot davri uchun joriy samaralar yigindisining boshlangich kadamga keltirilgan miqdori yoki integral natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U kuyidagi formula asosida xisoblanadi: bu erda: Nt – xisob-kitoblarning t- kadamida erishiluvchi natijalar; Xt – xuddi shu kadamda amalga oshiriluvchi xarajatlar; T – xisob-kitoblarning vaqt muddati; E - diskont normasi. SHu bilan birga koplanish muddati loyihaning daromadliligi kursatkichi xisoblanmaydi. SHu sababli amaliyotda investitsiyalar birlamchi kapital (kuyilma)ga nisbatan daromadlilik kursatkichi orqali kurib chiqiladi xamda kuyidagi formula asosida xisoblanadi: Bu erda: Du – investitsiyalar daromadi, % da; Mn – soliklar tulangandan sung kolgan foyda, so‘m; K - investitsiyalar (boshlang‘ich). U yoki bu investitsion loyihani tanlash tugrisida qaror qabul qilishda korxonalar quyidagi savollarga javob berishi lozim: * ishlab chiqarishdagi bugungi xolat kancha davom etishi mumkin va bozorda maxsulotga (ish, xizmatga) bulgan talab qanday; * kapital kiritish uchun imkoniyatlar qanday; * raqobatchilik faoliyati qanday; * qanday muvaffakiyat omillari mavjud; * yangi bozorga kirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling