Kalit so‘zlar
Axborot, shovkin, axborotni siqish, axborot aylanishi, axborot resurslari.
Nazorat savollari
1. "Axborot" tushunchasini aniqlang.
2. Menejerlar mehnatining asosiy predmeti nima?
3. Axborotni tasniflash.
4. Axborot manbai nima?
5. Perspektiv axborotning shakllari qanday?
6. Menejment aspektlari bo‘yicha ma’lumotlarning tasnifi.
7. Iqtisodiy axborot turlari.
8. Axborotga bo‘lgan asosiy talablar.
9. Axborot tizimi nima?
10. Elektr energetikasida axborot tizimlari.
11. Elektr energetikasi sohasidagi ma’lumotlarga bo‘lgan maxsus talablar.
12. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy omillarni aytib o‘ting.
8- mavzu. Ishlab chiqarish harajatlari (2 soat)
Reja:
8.1. Ishlab chiqarish harajatlarini tasniflash
8.2.Korxona ishlab chiqarish harajatlari turlari
8.3.Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
8.4. Iqtisodiy elementlar va kalkulyasiya bandlari bo‘yicha harajatlar
8.5.Uchastka, sex, ishlab chiqarish, zavod mahsulotining tannarxi.
8.6.Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq harajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish harajatlarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaga maxsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan harajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:
- ishlab chiqarish harajatlari;
- noishlab chiqarish harajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |