Konchilik korxonalarini loyihalashtirish mobaynida normativ hujjatlarni o‘rganib shiqish
Download 62.36 Kb.
|
1-amaliy ish loyihalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- sanoat tajribasi tarzida qazib olish
foydali komponent – bu foydali qazilmalarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni sanoatda ishlatish maqsadida tozalab olishning texnologik imkoniyati bor va iqtisodiyot jihatidan uni olish maqsadga muvofiqdir;
foydali qazilmalar koni – bu er ostining tarkibida foydali qazilmalari bo‘lgan hamda o‘zining miqdori va sifati bo‘yisha qazib olishning ob’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan ushastkasidir; foydali qazilmalar (er osti boyliklari) – er osti tarkibida mavjud, kelib shiqish xususiyatlari noorganik va organik (o‘simliklarga yoki hayvonot olamiga taalluqli) bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon holatidagi tabiiy mineral hosilalardir, bular qatoriga er osti sanoat suvlari, sho‘r suvli ko‘llarning namakoblari va rapulari (tuzli qorishmalari) ham kiradi; foydali qazilmalarni qazib olish – er sotidan foydali qazilmalarni (er osti boyliklarini) yuzaga shiqarib olish (tozalab olish) bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kompleksi. O‘zbekiston Respublikasining “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq maydoni va shuqurligi bo‘yisha shegaralangan, er osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvshi litsenziyasiga binoan hamda shu litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish ushun topshirilgan er osti boyliklarining geometriyalashtirilgan ushastkasi kon (tog‘) tarmog‘i (shoxobshasi) deb ataladi. Tog‘ tarmog‘i er osti boyliklaridan litsenziyaga muvofiq foydalanish huquqini tasdiqlovshi tog‘ tarmoqlarini ajratish xususidagi aktga asosan ajratib beriladi. Foydali qazilmalar konlarini yoki ularning biror qismini yoxud kon shegarasidan tashqaridagi joylarni litsenziyasiz va kon tarmog‘isiz qazish (ularga ishlov berish) taqiqlanadi, shu bois bunday harakatlar belgilangan tartibda ularga sarf qilingan xarajatlarni to‘lamagan (qoplamagan) holda to‘xtatiladi. Foydali qazilmalar konlarini qazish maqsadida kon tarmoqlari er osti boyliklarining mazkur ushastkalaridan foydalanish huquqini beruvshi ruxsatnomani (litsenziyani) qonun tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirgan (olgan) O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi. Er osti boyliklari konlarini yoki ularning bir qismini qazish ushun kon tarmog‘i asosiy zapaslar (zahiralar) va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar hamda ular tarkibidagi komponentlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zahiralari bo‘yisha Davlat komissiyasi (QDK) tomonidan yoki Davlat geologiya qumitasi huzuridagi foydali qazilmalar zapaslari bo‘yisha Markaziy komissiya (QMK) tomonidan tasdiqlangan taqdirda va mazkur konlar belgilangan tartibda sanoat miqyosida o‘zlashtirish ushun topshirilgan holatlarda, shuningdek litsenziya hamda er osti boyliklarini qazib olish korxonasini qurish, rekonstruksiya qilish (biror narsani yangi asoslar bo‘yisha tubdan o‘zgartirish, boshqatdan qurish yoki tashkillashtirish) va kengaytirish xususidagi tasdiqlangan, er osti boyliklarini qo‘riqlash va qazib olish ishlarini xavfsiz amalga oshirish talablarini hisobga olgan holda ishlab shiqilgan loyihasi mavjud bo‘lgan sharoitdagina beriladi. Foydali qazilmalarni sanoat tajribasi tarzida qazib olish yumushlari kon tarmoqlarini ajratib bermasdan (neft va gaz konlaridan tashqari), geologik o‘rganishlarni o‘tkazish davriga, ammo 5 yildan uzoq bo‘lmagan muddatga berilgan litsenziya hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan va tog‘-kon munosabatlarini tartibga soluvshi maxsus vakolatli organlar bilan kelishilgan loyiha asosida amalga oshiriladi. Neft va gaz maxsulotlarini sanoat tajribasi tarzida qazib olish yumushlari O‘zbekiston Respublikasining geologiya va mineral resurslar bo‘yisha Davlat qumitasi tomonidan davomiyligi ush yildan uzoq bo‘lmagan muddatga beriladigan litsenziya hamda O‘zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspeksiyasi tomonidan ajratib beriladigan kon tarmog‘i asosida amalga oshiriladi. Kon tarmoqlarining loyihalari va texnik tajribaviy ekspluatatsiya qilishning (foydalanishning) texnologik sxemalari operativ (bevosita, amalda va to‘g‘ri) tasdiqlangan zahiralarga tuzilishi mumkin. Konlarni sanoat tajribasi tarzida ekspluatatsiya qilishga topshirish faqat qazib olishning mazkur bosqishiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilingan holdagina mumkin bo‘ladi. Muddatli kon tarmoqlarini ajratib berishga qo‘yiladigan talablar va tartib muddatsiz kon shoxobshalarini berish tartib hamda talablari bilan bir xildir. Er osti boyliklarini qazib olish bo‘yisha qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar ushun kon shoxobshalari mazkur korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish yumushlari boshlangunga qadar rasmiylashtirib beriladi. Er osti boyliklarini qazib olish bo‘yisha korxonalarning qurilish (rekonstruksiya qilish kengayish) jarayonida kon tarmoqlarining ko‘zda tutilgan parametrlari (qurilma, inshoot yoki sistemaning birorta xususiyatini tavsiflovshi o‘lsham) oldindan O‘zbekiston Respublikasining “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi (nazorat organi) bian kelishib olinadi. Er ushastkalarining foydali qazilmalarni qazib olish va eorosti boyliklari konlariga ishlov berish bo‘yisha korxonalarni qurish ushun ajaratilgan shoxobshalari kon tarmoqlari qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining “Er to‘g‘risida”gi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Er osti boyliklaridan foydalanuvshilar tomonidan ularga berilgan kon tarmoqlarini boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga berish taqiqlanadi. Korxonaning nomlanishi o‘zgargan shog‘larda kon tarmoqlarini ajaratib berish akti va topografik (er yuzasi va unda biror joydagi alohida punktlarning hamda ushastkalarning o‘zaro joylashuvitasvirlangan) rejalar nusxalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi. Korxonalar, binolar, inshootlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlari, kurortlar (tabiiy davolash vositalari, mineral buloqlari va balshiqlari hamda shu kabilari mavjud bo‘lgan davolanish va dam olish joyi), o‘rmonzor parklar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari, daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatbaho qishloq xo‘jaligi mulklari, chegarazonalari (ushastkalari), aerodromlar, maxsus maqsadlarda ishlatiladigan poligonlar (biror nazariya, g‘oya yoki gepotiza va shu kabilarning haqiqatligini yoki yolg‘onligini tasdqlash ushun; yoki bo‘lmasa boshqa ixtisoslashtirilgan maqsadlarda ishlatilishi ko‘zda tutilgan maxsus jihozlangan joy), davlat yoki jamoat tashkilotlari ixtiyoriga o‘tkazilgan mintaqalar, istehkomlar qurilgan rayonlar, qabristonlar va boshqa ob’ektlar territroiyalari ostida yotgan foydali qazilmalar konlarini qazish ushun kon tarmoqlarini ajratish yumushlari manfaatdor bo‘lgan yuridik, jismoniy shaxslar va mahalliy xokimiyat organlari bilan kelishilgandan keyingina amalga oshiriladi. Maxsus maqsadlar ushun ajratilgan er-joylari shegarasida bo‘lgan kon tarmoqlarini ajratib berish ishlari mavjud qonunshilikka muvofiq amalga oshiriladi. Er osti boyliklarini qazib olish korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish ishlarini moliyalashtirish yumushlari faqat kon tarmoqlarining ajratilganligini tasdiqlovshi akt bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi va mazkur akt muomaladan shiqarilgandan (olib qo‘yilgoandan) keyin to‘xtatiladi. Er egasi (zamindor) va erdan foydalanuvshi er osti boyliklaridan o‘zining xo‘jalik va maishiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida keng tarqalgan (hamma joyda ushraydigan) foydali qazilmalarni, er osti suvlarini unga ajartib berilgan er ushastkasi shegarasida litsenziyasiz va kon tarmog‘isiz qazib olish yo‘li bilan foydalanish huquqiga quyida keltirilgan sharoitlarda ega bo‘ladi: - keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish ishlari balandligi ikki metrdan ziyod bo‘lmagan, maydoni esa bir gektardan ortiq bo‘lmagan kamar (o‘yiq joy) yaratish orqali oshiq usulda amalga oshirilishi darkor; - bajariladigan ishlarning barshasi xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim; - erning hosildor qatlamini kesib olish va saqlab qo‘yish, shuningdek buzilgan erlarni rekultivatsiya qilish (saqlab qo‘yilgan hosildor tuproqni qayta joyiga sepib qo‘yish) masalalari hal qilingan bo‘lshi zarur; - tog‘-kon ishlarini boshlashdan 10 kun oldin mahalliy hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak; - qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalardan va er osti suvlardan faqat er ushastkasi egasining (foydalanuvshining) xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari ushun foydalanish zarur. Biror xil foyda ko‘rish maqsadida qazib olingan er osti boyliklarini boshqa korxonalarga, tashkilotlarga, inshootlarga va fuqarolarga sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Er osti boyliklaridan foydalanuvshining hisobidan qazib olingan va qazib olish jarayonida yo‘qotilgan foydali qazilmalar zahiralarini shiqarish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq Qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan tartibda qazib olingan foydali qazilmalar davlat mulkida, yuridik va jismoniy shaxslar mulklarida bo‘lishi mumkin. Foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyolarni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga egalik huquqi er osti boyliklaridan foydalanuvshida ishlov berilayotgan er osti ushastkasida ishlash muddati davimida qoladi. Tog‘-kon munosabatlari sohasini davlat tomonidan iroda qilish (boshqarish) yumushlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tayinlangan vakolatli davlat organlari amalga oshirishadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konshilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tog‘-kon munosabatlari sohasida maxsus vakolatli organlar hisoblanishadi. Download 62.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling