Konchilik korxonalarini loyihalashtirish mobaynida normativ hujjatlarni o‘rganib shiqish


Download 62.36 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi62.36 Kb.
#1833562
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy ish loyihalash

keng (hammaga) tarqalgan foydali qazilmalar – bu o‘zlarining tabiiy holatida ishlatiladigan (foydalaniladigan) yoki arzimaydigan miqdorda ishlov berilgandan va tozalangandan keyin foydalaniladigan foydali qazilmalardir;
konditsiyalar (konditsiya – mahsulot yoki tovar mos kelishi zarur bo‘lgan norma yoxud shart-sharoit) – bu er ostidagi foydali qazilmalar zapaslarini (neft, gaz va gaz kondensati bundan mustasno) hisoblashga qo‘yiladigan, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan talablar majmui bo‘lib, ushbu talablar majmuida foydali qazilmalar zahiralarining texnologik xususiyatlari, konlarni qazishning kon-geologik va boshqa sharoitlari, miniral xom ashyolarga hamda mahsulotlarga, shuningdek ularni qayta ishlashga nisbatan bo‘lgan bozor konyunkturasi (konyunktura – iqtisodning, moliyaviy munosabatlarning ayni paytdagi holatini tavsiflovshi belgilar majmui), energoresurslarning bahosi inobatga olingan bo‘ladi;
miniral xom ashyo – bu qazib olingan va birlamshi ishlovdan o‘tgan (birlamshi ishlov berilgan) foydali qazilmalardir;
er osti sanoat suvlari – bu tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalari mavjud bo‘lgan er osti suvlari va minirallar bilan to‘yingan namakoblar;
sanoat tajribasi tarzida qazib olish – bu er ostidagi foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab shiqish hamda foydali qazilmalar konlarini sanoat miqyosida qazishning, shuningdek texnogen tarzda paydo bo‘lishgan mineral hosilalardan foydalanishning ratsional (oqilona) usul va yo‘llarini tanlash maqsadida amalga oshiriladigan er osti boyliklarini qazib olish demakdir;
texnogen mineral hosilalar (texnikaning rivojlanishi natijasida, ishlab shiqarishning har xil texnologiyalarini qo‘llash oqibatida o‘z-o‘zlaridan paydo bo‘lib qolishgan minerallar) – bu tog‘-kon hamda qayta ishlash kabi ishlab shiqarishlarning tarkibida foydalanishga yaroqli bo‘lgan foydali komponentlari (komponent – biror narsaning tarkibiy qismi degani) mavjud shiqindilaridir;

Download 62.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling