Konchilik korxonalarini loyihalashtirish mobaynida normativ hujjatlarni o‘rganib shiqish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga quyidagilar kiradi


Download 62.36 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi62.36 Kb.
#1833562
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy ish loyihalash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • er osti boyliklarining davlat fondini tasarruf qilish;

  • mineral-xom ashyo bazasini ishlab shiqarish va rivojlantirish, er osti boyliklarini qo‘riqlash programmalarini (dasturini) tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishlarini nazorat qilish;

  • er osti boyliklari ushastkalarini foydalanish ushun berish va er qa’ri monitoringini (kuzatish, baho berish va prognoz qilish; prognoz – maxsus tadqiqotlarga asoslangan holda biror narsaning kelgusidagi rivoji yoki pirovardi haqida xulosa qilish) o‘tkazish yumushlarini amalga oshirish tartibini belgilash;

  • foydalanishga berilgan er qa’ri ushastkalarining davlat tomonidan hisobga olinishini va er qa’ri ushastkalaridan foydalanish huquqlarining davlat tomonidan qayd qilinishini tashkillashtirish;

  • foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va foydali qazilmalar zapaslari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar va texnogen mineral hosilalar ko‘rinishlari davlat kadastrini yuritish tartibini o‘rnatish;

  • keng tarqalgan (hamma joyda ushraydigan) foydali qazilmalar ro‘yxatini tasdiqlash;

  • er qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va er osti boyliklarini qo‘riqlash ustidan davlat nazoratini tashkillashtirish;

  • boshqa turdagi vakolatlarni mavjud qonunshilikka muvofiq amalga oshirish.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • mineral-xom ashyo bazasini ishlab shiqarish va rivojlantirish, er osti boyliklarini qo‘riqlash programmalarini (dasturini) tegishli territoriyalarda ishlab shiqishda va amalga oshirishda hamda mazkur programmalarning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

  • keng tarqalgan er osti boyliklarini qazib olish mobaynida er qa’rlaridan foydalanish shartlarini muvofiqlashtirish;

  • er qa’rlaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • boshqa turdagi vakolatlarni mavjud qonunshilikka muvofiq amalga oshirish.

Aholi yashash punktlari, shahar atrofi posyolkalarining zonalari, sanoat, transport va aloqa ob’ektlari territoriyalarida joylashgan er osti boyliklaridan foydalanish ishlari sheklangan bo‘lishi mumkin, agar bunday foydalanish aholining hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soladigan bo‘lsa, atrof muhitga zarar etkazsa.
Qo‘riqlanadigan tabiiy territoriyalardagi er qa’rlaridan foydalanish yumushlari qonunshilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Er qa’rlarini o‘rganish ishlarini davlat hisobidan o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Er qa’rlarini o‘rganish ishlarini davlat hisobidan o‘tkazish yumushlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatib qo‘ygan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasi tomonidan amalaga oshiriladi.
Foydali qazilmalar konlari aniqlanish perspektivasi (istiqboli) mavjud bo‘lgan konlar va er qa’rlari ushastkalarining davlat reestri (yozma ro‘yxati, bundan keyin – Davlat reestri deb yuritiladi) mazkur konlarning o‘zlashtirilish perspektivasini belgilash va O‘zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo bazasini kelajakda rivojlantirish maqsadida olib boriladi.
Sanoat miqyosida o‘zlashtirish ushun tayyorlangan har bir kon bo‘yisha tuzilgan davlat reestri geologiya-iqtisodiy baholash natijalari va konni o‘zlashtirish shart-sharoitlari, olinadigan xom ashyoning miqdori va sifati, uning bozor konyukturasini inobatga olgan holdagi qiymati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ishiga olishi zarur.
Er qa’rining foydali qazilmalar konlari aniqlanish perspektivasi mavjud bo‘lgan har bir ushastkasi bo‘yisha rasmiylashtirilgan davlat reestri foydali qazilmalarning prognoz qilingan resurslari (zaxiralari), ularning mo‘ljallangan miqdori, potensial (ko‘rinmaydigan, ammo yuzaga shiqishi mumkin bo‘lgan) konni qazishning amalga oshirsa bo‘ladigan usullari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek er qa’risi ushastkasini kelajakda geologik o‘rganish xususidagi tavsiyalarni o‘z ishiga olishi lozim.
Davlat reestriga kiritilgan ma’lumotlar kim oshdi savdosining shart-sharoitlarini tayyorlash vaqtida, shuningdek er qa’ri ushastkalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilgan muzokaralar asosida foydalanish huquqini berish paytida inobatga olinishi darkor.
Davlat reestrini yuritish tartibi va mazkur yuritish ishlarini olib borish bo‘yisha vakolatli organlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Er osti boyliklari konlarining, foydali qazilmalar va texnogen mineral hosilalar ko‘rinishlarining davlat kadastri o‘z ishiga har bir kon bo‘yisha shunday ma’lumotlarni olishi kerakki, bu ma’lumotlar asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar zapaslarining (zahiralarining), qo‘shimsha ravishda shiqadigan foydali komponentlarning miqdori hamda sifatlarini; konlarni qazishning va ularni geologiya-iqtisodiy baholashning tog‘-kon geologik, tog‘-kon texnik, gidrogeologik shart-sharoitlarini tavsiflashi zarur; shuningdek qayd etilgan ma’lumotlarda foydali qazilmalarning har bir ko‘rinishlari bo‘yisha axborotlar bo‘lishi lozim.
Texnogen mineral hosilalar bo‘yisha konlarning, foydali qazilmalarning va texnogen mineral hosilalarning ko‘rinishlari davlat kadastri omborlarga joylanuvshi (yig‘ib boriluvshi) har bir ob’ekt bo‘yisha shunday ma’lumotlarni o‘z ishiga olishi kerakki, bu ma’lumotlar texnogen mineral hosilalarning tipi, xili va navlari, ularning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkishlarini, shuningdek ularni saqlash ushun talab qilinadigan tog‘-kon geologik sharoitlarni tavsiflashi zarur.
Konlarning, foydali qazilmalarning va texnogen mineral hosilalarning ko‘rinishlari davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasi tomonidan olib boriladi.
Foydali qazilmalar zapaslarining (zahiralarining) davlat balansi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlardagi foydali qazilmalar har bir turlari zapaslarining miqdori, sifati va o‘rganilganlik darajasi haqida, ularning joylashuvi, sanoat tarzida o‘zlashtirilganlik, qazib olinish, qazib olish mobaynida yo‘q bo‘lish va sanoatning razvedka ma’lumotlari hamda foydali qazilmalar zapaslari bilan ta’minlanganlik darajasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ishiga olishi lozim.
Foydali qazilmalar zapaslarining (zahiralarining) davlat balansi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlardagi foydali qazilmalar har bir turlari zapaslarining miqdori, sifati va o‘rganilganlik darajasi haqida, ularning joylashuvi, sanoat tarzida o‘zlashtirilganlik, qazib olinish, qazib olish mobaynida yo‘q bo‘lish va sanoatning foydali qazilmalar zapaslari bo‘yisha razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlanganlik darajasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ishiga olishi lozim.
Foydali qazilmalar zapaslarining davlat balansi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qumitasi tomonidan olib boriladi.
Foydali qazilmalar konlari faqat ularning zapaslari qonunlarda belgilangan holda tasdiqlanganidan keyingina sanoat tarzida o‘zlashtirilishi ushun berilishi mumkin.
Foydali qazilmalar zapaslarini tasdiqlash yumushlari konni geologik tarzda o‘rganish isharining barsha bosqishlarida er osti boyliklari konlarining sanoatdagi qiymatini aniqlab beradigan razvedka konditsiyalari (maxsulot yoki tovar muvofiq kelishi zarur bo‘lgan talab yoxud norma) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Razvedka konditsiyalarini, foydali qazilmalar zapaslarini tasdiqlash va geologik materiallarni ekspertiza qilish harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zapaslari bo‘yisha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zapaslari bo‘yisha davlat komissiyasi haqidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qazib olingan er osti boyliklari, o‘z sanoat ahamiyatini yo‘qotgan, qazib olish jarayonida yo‘q bo‘lgan, keyinshalik olib borilgan tog‘-kon qidiruv ishlari yoki konlarga ishlov berish yumushlari mobaynida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralari er qa’ridan foydalanuvshi shaxs balansidan o‘shirilishi va bu haqda foydali qazilmalar zapaslarining davlat balansiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi shart.
O‘z sanoat ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinshalik olib borilgan tog‘-kon qidiruv ishlari yoxud konlarga ishlov berish yumushlari mobaynida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zapaslarini er qa’ridan foydalanuvshi shaxs balansidan o‘shirish harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zapaslari bo‘yisha davlat komissiyasi tomonidan qonunlarda belgilab berilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qazib olingan er osti boyliklari, qazib olish jarayonida yo‘q bo‘lgan foydali qazilmalar zapaslari er qa’ridan foydalanuvshi shaxs balansidan uning o‘zi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konshilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ruxsatidan so‘ng amalga oshiriladi.
Er qa’rini monitoring qilish – er qa’rida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, mazkur o‘zgarishlarga baho berish, salbiy jarayonlar oqibatlarini bartaraf etish yoki ularning oldini olish maqsadida er ostini kuzatib borish sistemasini ifodalaydi.
Er qa’rini monitoring qilish ishlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.

Download 62.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling