Konduktometriya. Usulning mohiyati. Konduktometrik titrlash Nazariy asoslari va tasnifi


-jadval Ba’zi kation va anionlar uchun (25


Download 0.54 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1572955
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzuKonduktometriya

28.1-jadval

Ba’zi kation va anionlar uchun (25°C) ekvivalent eletkr




o’tkazuvchanlik (λ°) qiymatlari.







Kation

λ0, Smsm2/mol

Anion




λ0, Smsm2/mol




H3O+

350,1

OH–




197,6




1/2Pb2+

71

1/4[Fe(CN)6]4-




110,4




1/3Fe3+

69

1/3[Fe(CN)6]3-




100,9




1/3Cr3+

67

CrO42-




85




1/2Fe2+

53,5

1/2SO42-




80,0




NH4+

73,7

Br–




78,1




K+

73,5

I–




76,8




Ag+

61,9

Cl–




76,3




1/2Co2+

53

1/2C2O42–




74,1




1/2Ca2+

59,5

NO3–




71,4




1/2Ba2+

63,9

1/2CO32–




69,3




1/3 Al3+

61

1/3PO43–




69,0




1/2Mg2+

53,1

ClO4–




67,3




1/2Cu2+

56,6

SCN–




66,5




1/2Mn2+

53,5

ClO3–




64,6




Na+

50,1

F–




55,4




1/2Zn2+

52,8

HCOO–




54,6




1/2Ni2+

50

CH3COO–




41







Li+

38,7
C6H5COO–


32,4




Kationlar orasida eng yuqori molyar elektr o’tkazuvchanlikni gidroksoniy kationi, anionlar orasida esa gidroksid ionlari namoyon qiladi. Bu ularning o’z zaryadlarini erituvchining molekulalar orqali alohida “estafetali” mexanizmi bo’yicha uzatish qobiliyati bilan bog’liq va bunga elektrodga bevosita elektrodga ko’chishiga nisbatan sezilarli kam vaqt sarflanadi.


Solishtirma va molecular elektr o’tkazuvchanlikka erituvchining tabiati ta’sir qiladi. Bu ta’sir erituvchining qovushqoqligi va ularning dielektrik o’tkazuvchanligi bilan bog’liq. Dielektrik o’tkazuvchanlik qancha kichik bo’lsa, elektr o’tkazuvchanl;ik ham shuncha kichik bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik ham shuncha kichik bo’lishi aniqlangan. Past dielektrik o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan erituvchilarda elektrolitlarning dissotiatsiya konstantasi kamayib boradi. Mutlaq dielektrik o’tkazuvchanlik – dielektrikning xossasini tavsiflaydigan kattalik bo’lib, Em harfi bilan belgilanadi va u Faradeyning metrga nisbati bilan o’lchanadi:


Em = F/m

Dielkometriya yuqori chastotali kuchlanish yordamida dielektrik o’tkazuvchanlikni bevosita o’lchashga asoslangan. O’lchash uchun yuqori chastotali usulda ishlatiladigan yacheyka qulay. Dielektrik o’tkazuvchanlikni o’lchash uchun elektrolitsiz tizimlar (R→∞) yoki katta chastotali tok talab qilinadi. Buning uchun o’lchash tebranish zanjirida yoki ko’prikli sig’im qurilmasida o’tkaziladi. Bunday o’lchangan nisbiy dielektrik o’tkazuvchanlik (E = C/C0) standart eritmalarni darajalab yoki


aniq konsentratorlar yordamida hisoblanadi. Dielektrik o’tkazuvchanlik qiymatlari asosida moddalarning tozaligini tekshirish va sinash mumkin.

Eritmaning elektr o’tkazuvchanligi temperaturaga bog’liq bo’lib, temperatura oshirilganda u 1,5 – 2,0 % ortadi. Temperatura oshirilganda eritmaning qovushqoqligi va ionlarning solvatlanishi kamayadi, hamda mos ravishda ionlar harakatining tezligi bu jarayonlarga, albatta, bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ish paytida doimiy saqlanishi maqsadga muvofiqdir.




Konduktometrik usullarning tasnifi.

Eletkrod bilan elektrolit orasidagi o’zaro munosabatga (kontaktiga) ko’ra konduktometrik o’lchashlar tutash va tutashmagan usullarga bo’linadi. Foydalaniladigan tok turiga ko’ra esa: 1. O’zgaruvchan tokli;





  1. O’zgarmas tokli (kamdan kam hollarda ishlatiladi) konduktometriyaga farqlanadi. O’zgaruvchan tokli konduktometriya, o’z navbatida, past chastotali (foydalaniladigan tokning chastotasi 0,1 MGs dan kam) va yuqori chastotali (0,1 MGs dan ko’p) bo’ladi. Konduktometriyaning qo’llanilishiga ko’ra esa bevosita va bilvosita (konduktometrik titrlash) konduktometriya usullariga bo’linadi.



Analitik signalni o’lchash

Tutash konduktometrik o’lchashlar elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash uchun mo’ljallangan yacheykalarda bajariladi.


Oddiy konduktometrik yacheyka parallel joylashtirilgan platina yoki grafit elektrodlari mahkamlangan shisha idishdan (28.1-rasm) iborat. Konsentratsion qutblanishni kamaytirish uchun katta sirt maydoniga ega bo’lan platina kukuni bilan qoplangan platinadan foydalaniladi. Yacheykadagi eritma doimiy aralashtirib turiladi. Yacheyka taxminan 1000 Gs chastotaga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok manbasiga ulanadi. Elektrolit eritmasi orqali elektr toki o’tganda elektrokimyoviy reaksiyalar amalga oshishi elektrodlar qutblanishi ro’y berashi mumkin. Bu hodisalar o’zgaruvchan tok ta’sirida kam ifodalanadi.


28.1- rasm. Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash uchun yacheykalar


1- qat’iy qayd qiladigan elektrodlar bilan; 2- konduktometrik titrlash uchun


Bir necha turdagi konduktometrik yacheykalar ma’lum: idishga mahkamlangan elektrodli yacheykalar ma’lum hajmli eritmaga ega; elektr o’tkazuvchanlikni o’lchashdan oldin eritmaga tushiraladigan qo’zg’almas o’qqa o’rnatilgan elektrodli konduktometrik titrlash uchun mo’ljallangan yacheykalar; oquvchan tipdagi yacheykalar.


Konduktometriyada bevosita o’lchanadigan kattalik qarshilikdir. Eritmaning qarshiligini Uinston ko’prigi yordamida o’lchash mumkin. O’zgaruvchan tok ko’priklari tenglashtirilgan yoki tenglashtirilmagan bo’lishi mumkin. O’zgaruvchan ko’prik holatida (k-rasm) R1, R2 va R3 qarshilik qiymatlari shunday bo’lishi kerakki, bunda ko’prik muvozanat holatiga kelishiga kerak vat ok kuchi o’lchov dioganalida nolga teng bo’lishi (yoki minimal qiymatli bo’lishi) lozim.


28.2 – rasm. Konduktometriyada qo’llaniladigan Uinston ko’prigi: 1-o’zgaruvchan standart qarshilik; 2- konduktometrik yacheyka.


O’lchanadigan qarshilik va solishtirma elektr o’tkazuvchanlik

qiymati quyidagilarga teng:
















Rx =

3 2




(8)

K=







(9)

























1



















l va S qiymatlarni qoniqarli aniqlik bilan o’lchash qiyin, shuning uchun oldin solishtirma elektr o’tkazuvchanligi ma’lum bo’lgan
eritmaning qarshiligi o’lchanadi. Bunday standart sifatida KCl eritmasi ishlatiladi. Adabiyotlardagi turli ma’lumotnomalarda har xil temperaturalardagi kaliy xloridning turlicha konsentratsiyali (molyallik va massa ulushlarda) eritmalari uchun solishtirma elektr o’tkazuvchanliklari qiymatlarini topish mumkin. δ-jadvalda misol sifatida olingan kaliy xlorid eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanlik qiymatlari keltirilgan.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling