“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
120
ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni. // Barkamol avlod
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
2. Boshlang‘ich ta‘lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshl. ta‘l. jurnali.
Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar.
3. Rafiev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003.
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
121
KIMYO FANINI O`QITISHDA DIDAKTIK O`YINLARNING
O`RNI VA TURLARI
Xojiyeva Komila Ravshanovna
Farg`ona shahar 15-o`rta ta`lim maktabi
o`qituvchisi,QDPI 1-kurs magistranti.
Annotatsiya: maqolada kimyo fanidan o`qitish jarayonida didaktik o`yinlarning o`rni
va turlari haqida mu`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar: didaktik o`yin, didaktik o`yin turlari, didaktik o`yin talablari.
Zamonaviy o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish, o‘quvchi shaxsiga murojaat qilish,
uning yaxshi fazilatlarini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga
e‘tibor qaratish bilan tavsiflanadi. Shu munosabati bilan ta‘limning o‘yin shakllari,
jumladan, didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda diqqat
va xotirani rivojlantirish imkoniyatini beradi. O‘yin vazifalari zukkolik,
topqirlikni
rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Aksariyat, didaktik o‘yinlar faqat aqliy, lekin kuchli
irodali harakatlarni, ya‘ni tashkilotchilik, chidamlililik, o‘yin
qoidalariga rioya qilish
qobiliyatlarini talab qiladi.
Didaktik o‘yinlar - har qanday fanni o‘qitishda ta‘lim berish vazifalarini hal etish
maqsadida o‘yinli vaziyat yaratgan holda bilim olish uchun foydalaniladigan topshiriqlardir.
Ular o‘quvchi va talabalarning mantiqiy fikr yuritishi va topqirligini kuchaytiradi hamda
ularning fanga va yangiliklarga qiziqishini orttiradi. Bunday o‘yinlarning kimyo ta‘limida
ham yaxshi samara berishi ma‘lum[1]. Afsuski, aksariyat umumiy o‘rta ta‘lim
maktablarining kimyo o‘qituvchilarida bunday o‘yinlarning stsenariylarini tuzish va ulardan
amalda foydalanish malakasi yetishmaydi. SHu boisdan taklif qilinayotgan mazkur didaktik
o‘yinlar umumiy o‘rta ta‘lim maktab kimyo kursini o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni
qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quvchilarning o‘z
iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini
namoyon etish, ijodiy yondashuv va mantiqiy fikr yuritish,
jamoaviy muloqat qilish
madaniyatini shakllantirishdan iborat.
O‘qitish
samaradorligi
muammosi
o‘quvchilarning
faolligi,
mustaqilligi,
o‘rganilayotgan fan asoslarini o‘rganishga bo‘lgan ongli intilishlari bilan chambarchars
bog‘liq bo‘lib, ularning ta‘lim jarayonida kognitiv motivlaridan kelib chiqadi. Kimyoni
o‘rganish jarayonini rag‘batlantirishning samarali vositasi didaktik o‘yindir[2].
Fan o‘qituvchisi o‘yin tanlashda
darsga ajratilgan vaqt, o‘quvchilarning tayyorgarligi,
o‘quv materiallarining mazmuniga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Dars jarayonida o‘yinlarni
amaliyotga tadbiq etishda suhbat, ko‘rgazmali, amaliy usullardan foydalanish mumkin.
Mashg‘ulot yakunida o‘yin natijalari tahlil qilinadi. O‘quvchilarga
kerakli tavsiyalar
beriladi. Demak, ta‘lim jarayonida pedagogik o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchidan
ijodkorlik, tashabbus va kasbiy mahoratni talab qiladi. Bu esa dars samaradorligini oshirishda
asosiy omil hisoblanadi[3, 4, 5].