Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
124 
savollar, javoblar, shaxsiy xayotiy kechinmalar va ularning muxokamasi orqali amalga 
oshiriladi. 
Syujetli (rolli) o‘yin. Boshqa o‘yinli texnologiyalardan farq qilib, faraz qilinadigan 
vaziyatni saxnalishtiriladi, o‘quvchilar esa belgilangan rollarni o‘ynashadi. Garchi ma‘ruza, 
munozarali, yozma ish kabi o‘qitish metodlari bilan xam o‘quvchilarga faktik materiallarni 
va zarur nazariy masalalarni muvofaqqiyatli yetkazib berish mumkin, ammo, o‘yinli tarzda 
olib noan‘anaviy bo‘lsa, ikkinchidan vaziyat ikki tomonlama (xam qiziqarli xam ilmiy) olib 
boriladi. Rolli o‘yin eksperimental ta‘limning eng noyob usullarini o‘zida namoyon qiladi, 
ya‘ni u o‘quvchilarga oldindan ma‘lum bo‘lmagan va qiyin vaziyatlarni xal qilishga yordam 
beradi. Boshqa tomondan an‘anaviy metodlar shaxsiy muomala va aloqa o‘rnatish 
ko‘nikmalarin to‘ldirishga extiyoji mavjud. O‘quvchi qanchalik ko‘p o‘qishi va kuzatishi 
mumkin lekin, baribir malakalarini rivojlantirish uchun o‘zaro aloqaga chiqishlari kerak[8]. 
Rolli o‘yin asosan (CHesler va Foks qarashlari): 
-o‘quvchiga yashirin xissiyotlarini namoyon qilishga yordam beradi
-o‘quvchiga atrofidagi voqea xodisalarga barcha sezgilari bilan kirishish va ularning 
sabab-moxiyatlarini tushunishga yordam beradi; 
-muomalaning turli ko‘rinishlarida mashq qilish imkoniyatini beradi
-rasmiy va norasmiy tarzda umumiy ijtimoiy muammolarni gurux faoliyatida yoritib 
berish. 
Musobaqalashish o‘yini – o‘zida yuqorida keltirilgan didaktik o‘yin elementlarini xam 
aloxida xam umumiy ifodalashi mumkin. Bu turdagi o‘yinni o‘tkazishda o‘quvchilar o‘zaro 
musobaqa olib boradigan guruxlar yoki komandalarga bo‘linishadi. O‘yinning o‘ziga xos 
tomoni shundaki, u bir vaqtning o‘zida o‘zaro kurash va o‘zaro xamkorlikni amalga 
oshiradi[9]. 
O‘yin faoliyatida asosan, musobaqalashish elementlari yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Musabaqa tarzidagi o‘yinlarda faqatgina qiziqarli materiallarni emas, balki, o‘quv 
dasturlarida mavjud bo‘lgan bir muncha qiyinroq topshiriqlarni keltirib, uni xal qilish 
mumkin. Aynan shu tomoni boshqa didaktik o‘yinlardan pedagogik qimmati va afzalliklari 
bilinib turadi. 
O‘yinning barcha turi amalda mustaqil va bir birini to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. 
Barcha o‘yinlarni va ularni turli variantlarini amalda qo‘llash o‘quv materialiga, o‘quvchi 
yoshiga va boshqa pedagogik omillarga asoslangan xolda tanalanadi. 
O‘yin – inson faoliyatining eng faol shaklidir. Ta‘limdagi o‘yinning ko‘p tizimli 
bo‘lishi unga bo‘lgan qiziqishni kuchayishirib, o‘yinlarni tanlash imkoniyatini oshirmoqda. 
O‘qitishning bunday modeli an‘anaviy o‘qitish bilan taqqoslaganda ancha perspektiv 
(kelajakda tez irvojlanadigan) dir. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling