Konferensiyasi
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻzlar
KONFERENSIYASI
www . bestpublication. uz 126 HOZIRGI OʻZBEK ADABIY TILI KONSONANTIZM TIZIMI VA “CH” UNDOSHINING IFODA TARZI XUSUSIDA Joʻrayev Oybek Sherali oʻgʻli Nizomiy nomidagi TDPU, O‗zbek tili va adabiyoti yo‗nalishi 2-bosqich talabasi Annotasiya: Ushbu maqolada oʻzbek tili konsonantizm hamda vokalizm sistemasi, hozirgi oʻzbek adabiy tili undoshlar sistemasidagi muammoli va bir toʻxtamga kelinmagan fikrlar haqida hamda ―Сh‖ undoshining filologlar tomonidan berilgan izohlariga toʻxtalindi, muammoli masalalarga yechim topishga harakat qilindi va qiyosiy tahlil qilindi. Tayanch soʻzlar: Til, konsonantizm, statistika, unli, undosh, fonema, grafema, afrikat, sonor, korrelyativ, globallashuv. Ma‘lumki, qadimdan hozirgi kungacha shakllanib kelgan va rivojlanishda davom etayotgan oʻzbek tili fonemalarida oʻrganilmagan yoki rus istilosi natijasida singdirilgan rus fonemalaridagi tovushlarni oʻzbek tili uchun xos deb qarash farazlari mavjud. Biz ushbu qarashlar hamda farazlarni ilmiy manbalarga tayanilgan shaxsiy fikrlarimiz asosida ochib berishga harakat qildik. Hozirgi kundagi statistik ma‘lumotlarga tayanib aytadigan boʻlsak, dunyoda 2500 dan 5000 tagacha til mavjud. [4]. Ushbu tillarning hammasi ham oʻzining grafemalar tizimiga ega boʻlmasa-da, zohiran oʻzining fonemalar tizimiga egadir. Biz fikr yuritmoqchi boʻlgan oʻzbek tili oʻzining grafemalar va fonemalar tizimiga ega tillardan biri hisoblanadi. Oʻzbek tili fonemalar tizimi ikki guruhga ajraladi. Bular; 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlardir. Oʻpkadan chiqayotgan havoning ogʻiz boʻshligʻida qarshilikka (fokus) uchrashi natijasida hosil boʻluvchi tovushlarga undosh tovushlar deyiladi. Oʻpkadan chiqayotgan havoning ogʻiz boʻshligʻida un paychalariga tebranib oʻtishi tufayli hosil boʻladigan tovushlarni unli tovushlar deb ataymiz. Ba‘zi bir adabiyotlarda unli tovushlarga shunday ta‘rif beriladi: ―Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday toʻsiqqa uchramaydi [2.51]. Vaholanki, oʻpkadan chiqayotgan havo nutq organlarining hech qaysi qismida qarshilikka yoki sirgʻalishga uchramas ekan, bunday holatda havo na ovozga, na shovqinga aylanadi, oʻzining barqaror holatini yoʻqotmasdan tashqariga havo boʻlib chiqib ketdi. Ana shunday xato va kamchiliklarni maktab, kollej-litsey darsliklarida koʻp uchratishimiz mumkin. Oʻzbek tilida 24 ta undosh fonema bor [3.59]. Lekin tilshunos olim F.Abdullayev oʻzbek tilida 25 ta undosh fonema bor degan farazni ilgari suradi. Undoshlar tilshunoslikda konsonantizmlar deb ham ataladi. Undosh fonemalar 4 ta farqlovchi belgilar asosida guruhlarga boʻlinadi: 1. Hosil boʻlish oʻrniga koʻra 2. Hosil boʻlish usuliga koʻra 3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling