Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 127 4. Tovush paychalarining ishtirokiga koʻra. Hosil boʻlish oʻrniga koʻra yana 3 guruhga boʻlinadi: a) lab undoshlari: b, p, m, v, f b) til undoshlari: g, dj, j, z, y, k, l, n, ng, r, s, t, x, q, g‘, sh, ch, ng d) boʻgʻiz undoshi: h Hosil boʻlish usuliga koʻra 2 guruhga boʻlinadi: a) portlovchi: j, m, n, ch, ng, q, p, d, g, k, t, b b) sirgʻaluvchi: v, f, s, z, y, r, sh, x, l, gʻ, x, h, dj Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra 2 guruhga: a) shovqinlilar: b, d, g, gʻ, sh, dj, f, h, j, k, p, q, s, t, v, x, z, ch b) sonorlar: l, m, n, r, ng, y Tovush paychalari ishtirokiga koʻra: a) jaranglilar: b, v, z, d, j, ch, g, gʻ, y, m, r, l, ng, n b) jarangsizlar: p, f, s, t, sh, ch, k, x, h, q Albatta, undoshlarni farqlovchi belgilar asosida yanada koʻproq guruhlarga boʻlgan filologlar ham yoʻq emas. Masalan, oʻzbek konsonantizmlarini hosil boʻlish usuliga koʻra uch guruhga boʻlib, uchinchi guruh sifatida portlovchi-sirgʻaluvchi yoki boʻlmasa afrikatlar sinfi deya deya izohlovchi filologlar ham bor. H.Jamolxonovning ―Hozirgi oʻzbek adabiy tili‖ darsligida ―Ch‖ undoshiga qorishiq-portlovchi afrikat undosh deb ma‘lumot berilsa [2.68], Abdulhamid Nurmonov esa sirgʻaluvchi afrikat deya ma‘lumot keltirib oʻtadi [1.194]. Ushbu tovushga yuqorida keltirib oʻtgan ma‘lumotlarimizga zid ravishda boshqa ma‘lumotlar ham yoʻq emas. Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan 5-sinf ona tili darsligida ―ch‖ tovushini portlovchi undosh deya ma‘lumot berilgan. Yuqoridagi ma‘lumotlarga tayanib, fikrlarimizni berib oʻtsak. ―Сh‘‘ fonemasini portlovchi undosh sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻladi deb oʻylaymiz. Endi ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra shovqinlilar va sonorlarga boʻlingan tovushlarga toʻxtalib oʻtsak. ―l, m, n, ng, r, y‖ tovushlari sonor tovushlar hisoblansa, qolgan tovushlar shovqinlilardir. Sonorlarni biz sonantlar [5] ham deb ataymiz. Sonorlarda hatto boʻgʻin hosil qilish xususiyati ham bor. Masalan: zayl (za-yil), mayl(ma-yil), shakl(sha-kil).[ 2.62] Sonorlar talaffuz etilganda ovoz shovqinga nisbatan koʻproq boʻlgani uchun shunday fikr yuritiladi. Lekin bu ma‘lumot oʻzbek vokalizm sistemasi uchun xos emas, deb oʻylaymiz. Negaki, oʻzbek tilida faqatgina unlilar boʻgʻin hosil qila oladi. Bundan tashqari sonorlar soni tilshunoslik kitoblarida turlicha beriladi hamda filologlar tomonidan turlicha tavsiflanadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida m, n, ng, l, r, y undoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi [2.61]. M, n, ng, l, r undoshlari barcha adabiyotlarda sonor deya qayd etilgan. Y undoshi esa ba‘zi bir adabiyotlarda sonor undosh deb ma‘lumotlar berilgan. Taniqli turkolog E.V.Sevortyan oʻzbek tili sonorlari qatoriga ―v, g‗‖ undoshlarini ham kiritadi. ―V‖ undoshining sonantligi S.Otamirzayeva va A.Abduazizov ishlarida qayd etilgan. Mirtojiyev sayoz til orqa «ng» dan tashqari chuqur til orqa shu tovushga yaqin tovush borligi haqida ma‘lumotlar keltiradi, ammo «y» undoshini sonorlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling