Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
173 
FRAZEOLOGIZM MA`NOLARI DOIRASIDA ENANTIOSEMIYANING
NAMOYON BO`LISHI 
Usmonova Fotima Akramjon qizi 
Namangan davlat universiteti 
Filologiya fakulteti Lingvistika(o`zbek tili) 
yo`nalishi 2-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada bitta iborada ifodalangan qarama-qarshi ma`no, 
ya`ni frazeologizmlar doirasida enantiosemiyaning namoyon bo`lishi yoritib beriladi. 
Frazeologik enantiosemiyaning turlari misollar yordamida farqlanadi. O`zbek tilining 
beqiyos ekanligi ko`rsatib beriladi. 
Kalit so`zlarfrazeologizmlar, enantiosemiya, lison, nutq, simmetrik, asimmetrik. 
 
Enantiosemiya hodisasi frazeologik birliklar semantikasida ham uchraydi. Frazeologik 
birliklar o`zining tuzilishi, ma`nosi va vazifasiga ko`ra boshqa leksik sathdagi birliklardan 
farq qiladi. 
O`zbek tili frazeologik tizimi o`zbek xalqining tarixi, milliy-madaniy xususiyatlari va 
dunyoqarashini ko`rsatuvchi muhim manbadir. Zotan, tilimizdagi zuvalasi pishiq, zig`ir 
yog`day ko`ngliga urmoq, kavushini to`g`rilab qo`ymoq, og`ziga so`k solmoq kabi 
frazeologizmlarning yaratilishi ham shu millatning uzoq yillik turmush tajribasi va milliy 
ongning mahsulidir. Frazeologik birliklar millat mentaliteti va dahosining ko`zgusi ekan, 
ularni har tomonlama o`rganish, xususan, uning enantiosemik xususiyatlarini antroposentrik 
planda − lingvokulturologik, etnolingvistik, sotsiolingvistik jihatlari bilan mushtaraklikda 
tadqiq etish g`oyat muhim
1
. Enantiosemiya frazeologizmdagi faqat uzual yoki okkozional 
ma`nolar o`rtasida yuzaga kelishiga ko`ra, lisoniy va nutqiy enantiosemiyaga ajratiladi 
hamda shaxs, belgi, payt, miqdor, harakat-holat tushunchalari bilan bog`liq zidlanishlar 
tarzda guruhlanadi
2

Lisoniy frazeologik enantiosemiya nutqqa qadar ibora semantik strukturasida mavjud 
bo`lgan zid ma`nolar o`rtasida hosil bo`ladi. O`zbek tilidagi yo`lga tushmoq frazeologizmi 
anglatgan ma`nolari o`rtasida lisoniy enantiosemiyani ko`rish mumkin: ―jo`namoq, keta 
boshlamoq‖ va ―to`g`ri yo`lga qaytmoq‖. Solishtiring: Ukasining qaytganini, onasining 
topshirig`ini eshitib, soatiga qarab oldi – hali vaqt bor. Tezgina kiyinib, yo`lga tushdi (Tohir 
Malik, ―Shaytanat‖); Siz ham, ayajon, qattiq turgansiz, Rahimingiz yo`lga tushib qoladi 
(H.Nazir, ―So`nmas chaqmoqlar‖). 
Shuningdek, ko`z tikmoq iborasi ham ―Umidvor bo`lib qaramoq‖ yoki ―Hirs bilan 
qaramoq‖ ma`nolarida lisoniy enantiosemiyani hosil qiladi. Masalan, ammo siz 
hurmatlilarga ma‘lumdirki, bizning shul Otabekdan o‗zga farzandimiz bo‗lmay, dunyoda 
o‗zimizdan keyin qoldiraturg‗an tuyoqimiz va ko‗z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz 
1
. ОДИЛОВ Ё. ФЗБЕК ТИЛИДА ЛЕКСИК ВА ФРАЗЕОЛОГИК ЭНАНТИОСЕМИЯ,МОНОГРАФИЯ.- “TAFAKKUR” 
нашриёти, Тошкент – 2015,155-б. 
2
. ОДИЛОВ Ё.Узбек тилида энантиосемия: Автореф. Дисс. … Тош., 2016.−26-б. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling