Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet192/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
205 
onaning hayotga bo‗lgan kuchi dorida emas, balki onaning farzandiga muhabbati kuchliklik 
qilayotganligini nemis fashistlari anglab yetmaydi. Muallif bu borada shunday deydi: 
―Hisob-kitobga usta nemislar, ―madaniyatli‖, ―bilimdon‖ fashistlar bir narsani o‗ylamasdi. 
Ayolni shuncha narsaga bardosh berishga majbur qilgan kuch ukol emas! Onaning ko‗z 
o‗ngida qizchasi turibdi. U bolasidan umid uza olmayapti. O‗lolmayapti. ―Dono 
fashistlarning aqli qandoq yetsin bunga‖
20
Romandagi Qora amma, Xolposha va Nazokat xolalar timsolida urush davridagi 
barcha onalarning siymosi aks etgan. Qora amma, onaizor umri davomida bedarak ketgan 
o‗g‗lini kutadi. Garchi bu befoydaligini bilsa ham hech tan olgisi kelmas, aksincha umid 
qilishdan bir on to‗xtamasdi. Muallif uning tasvirida aynan ―Qora amma‖ obrazi qilib 
keltirishi bejiz emas. Muallif oddiygina bu obrazga ―Amma‖ deb nom bersa bo‗lar edi-yu, 
lekin ona ichidagi dard, alam-qayg‗udan yurak bag‗ri qorayib ketganligini, jussasi va yuzida 
ham aks etganligini kitobxonga yetkazishni maqsad qilgan. Yurtimizda noma‘lum ketgan 
askarlarga bo‗lgan e‘tibor, Qora ammaning farzandini topishga yordam berdi. Necha yillik 
satmlari, qalb tug‗yonlari, ko‘zlarning kutishlari endi yakuniga yetdi. Jismi va ruhida ham 
barqarorlikka erishdi. Bir vaqtlar Umar zakonchi aytgan haqoratomuz so‗zlar yolg‗on 
ekanligi, noma‘lum ketgan askarlar ham Vatan uchun jon olib jon bergani mana shu haykal 
misolida qaror topdi. Shundan so‘ng Qora amma farzandi, dilbandi Kimsanini kutmadi
uning o‗limini tan oldi. Ijodkor shu davr olamida ―Qora amma‖ larning sonini, ularning 
ichki-kechinmalarini, orzu-istaklarini Qora amma obraziga yuklatdi. Demak, urush davri 
onalarining dardi uni Qora amma qilib asar maydoniga olib kirdi deb xulosa qila olamiz. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, O‗.Hoshimov xalqimizning fidoiy, rostgo‗y 
yozuvchisi sifatida doim o‗z mavzusiga ega bo‗lib kelgan ijodkor. Xalq hayotini kuzatgan 
va aytilishi zarur bo‗lgan jihatlarini baralla ayta olgan yozuvchi. Adib asarlarida bizni
kitobxonni inson va uning qismati, dard-u quvonchlari bilan yonma-yon qo‗ya oladi. Uning 
asarlaridagi o‗zbek ayoli, o‗zbek onasi obrazi va uning tasviri, tuyg‗ulari chin bo‗lganligi 
uchun kitobxonni darrov tasirlantirgan, o‗ylantirgan va asarni qayta-qayta o‗qishga majbur 
qiladi. Hech bir ona obrazi kitobxonga notanish emas, balki qaysidir ma‘noda yonimizdagi 
onamizning qiyofasi desak bo‗ladi. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling